Labne ( ) — arab, yunon oshxonasiga mansub taom. Tvorog yoki koʻpirtirib, ivitilgan sutning suvi olib tashlanishi bilan tayyorlanadigan yegulikdir. Bu jarayon oddiy pishloq tayyorlash jarayoniga oʻxshash.
Labne Livan, Sharqiy Oʻrta Yer dengizi mamlakatlari, Yaqin Sharq, Markaziy Osiyo va Janubiy Osiyoda tarqalgan. Iordaniyada esa labneni yalpiz va zaytunga aralashtirib, sendvich bilan isteʼmol qilinadi. Misrda labne yoʻq, biroq labnega oʻxshash pishloq tayyorlanadi. Ushbu pishloqning labnedan farqi shundaki, matoga solib, osib qoʻyilmaydi. Qizdirib tayyorlanadi. Eronga kelsak, labneni deyarli barcha yeguliklar bilan qoʻshib, isteʼmol qilishadi. Masalan, bodring, piyoz, arpabodiyon, yalpiz, ismaloq va boshqa sabzavotlar.
left|thumb|Labnening suvidan ajratilishi holati
Tayyorlanish uslubi
Labneni tayyorlash uchun: Sut ivitib olinadi; Suvini chiqazib yuborish uchun yupqa matoga solinadi; Har kim oʻz taʼbiga koʻra turli xildagi quyuq massaga aylanguncha osib qoʻyadi; Quruq massaga aylanganda zaytun moyi bilan kichkina sharcha shaklida yumaloqlanadi va likopchalarga solib dasturxonga tortiladi; Biroz suyuq massaga aylanganda likopchaga suziladi va ustiga zaytun moyi surtib, tanovul qilinadi.
Ozuqaviy qiymati
100g labne tarkibidagi moddalar ulushi: Kaloriya: 52; Yogʻ: 8 Toʻyingan yogʻlar: 5 Xolesterin: 32 Uglevodlar: 12 Oqsillar: 9
Manbalar
Havolalar
Labne tayyorlanishi videosi
Turkum:Taomlar Turkum:Arab dunyosi Turkum:Arab milliy taomlari