Cenk Tosun (; 1991-yil 7-iyunda Germaniyada tugʻilgan) — nemis futbolchisi. „Beşiktaş“ futbol klubi va Turkiya terma jamoasida markaziy hujumchi sifatida oʻynaydi.
Klublardagi faoliyati Cenk Tosun Frankfurt shahrining „Eintracht Frankfurt“ futbol klubi tarbiyalanuvchisi boʻlib, u klubga 1997-yilda kelib qoʻshilgan. U oʻn yildan koʻproq vaqtni turli xil „Eintracht Frankfurt“ yoshlar jamoalarida oʻtkazgan, 2008-yilda u zaxira jamoada oʻynay boshlagan. Tosunning kattalar jamoasidagi „Eintracht Frankfurt“dagi toʻliq debyuti 2010-yil 8-mayda Germaniya Bundesligasining 34-turida „Wolfsburg“ futbol klubiga qarshi oʻyinning 75-daqiqasida Martin Fenin oʻrniga Tosun maydonga tushgan. Oʻyin „Eintracht Frankfurt“ klubining 1:3 hisobidagi magʻlubiyati bilan yakunlangan. Bu oʻyin Jenk uchun Germaniya chempionatidagi yagona oʻyin boʻlib qolgan.
2020-yilning 10-yanvarida u mavsum oxirigacha ijara asosida premyer liganing boshqa klubi — „Crystal Palace“ futbol klubiga o‘tgan. 18-yanvar kuni u yangi jamoasidagi ilk golini urib, „Manchester City“ futbol klubi darvozasiga zarba bergan. Mart oyida u tizzasidan jarohat olgan va muddatidan oldin „Everton“ futbol klubiga qaytgan va „Crystal Palace“ futbol klubi safida ligada atigi beshta oʻyinda maydonga tushgan.
2021-yilning 1-fevralida 2020—2021-yilgi mavsum oxirigacha ijara asosida „Beşiktaş“ futbol klubiga qaytgan. Turkiya chempionatining 2020—2021-yilgi mavsumida u uchta oʻyin oʻtkazib, uchta gol urgan. 2021-yil 10-aprelda u jiddiy jarohat olgan, shu sababli u bir necha oyga safdan chiqqan.
Xalqaro faoliyati Tosun Germaniyaning oʻsmirlar va yoshlar terma jamoalarida turli yosh toifalarida toʻp surgan. 2010—2011-yillarda u 21 yoshgacha boʻlgan Germaniya terma jamoasida ikkita oʻyin oʻtkazgan va Angliya yoshlar terma jamoasi darvozasiga gol urgan.
2011-yilning 25-fevralida Turkiya terma jamoasi bosh murabbiyi Guus Hiddink bilan uchrashuvdan so‘ng Tosun Turkiyani xalqaro miqyosda himoya qilishni davom ettirish istagini bildirgan. Oʻsha yilning 14-noyabrida u Norvegiya jamoasiga qarshi ikkinchi turk jamoasi tarkibida maydonga tushgan. 2012-yilning 1-iyunida Tosun Turkiya yoshlar terma jamoasi safida Vengriya termasiga qarshi Yevropa chempionati saralash bahsida maydonga tushgan. Uning Turkiya terma jamoasidagi debyuti 2013-yilning 15-oktyabrida Gollandiyaga qarshi jahon chempionati saralash oʻyinida boʻlgandi. Tosun 74-daqiqada Selçuk İnan oʻrniga maydonga tushgan. Uchrashuv gollandlarning 2:0 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlangan. 2016-yilning 25-mart kuni Shvetsiya terma jamoasi bilan o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvida u dubl qayd etib, jamoasiga g‘alaba keltirgandi.
Statistika JamoaMavsumLigaKubokUEFABoshqaJamiOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolEintracht Frankfurt2009—20101000––––10Gaziantepspor2010—2011141042––––18122011—201232611406543122012—2013321031––––35112013—2014311311––––3214Jami1093995406512849Beşiktaş2014—20151852381––2892015—20162988762––43172016—20173320101241047242017—20181681164112414Jami9641121132112114264Everton2017—201814500—001452018—201925321—202942019—20205100—30812020—20215021—00712021—20221020—0030Jami5096200506111Crystal Palace (ijara)2019—202051———51Beşiktaş (ijara)2020—20213310——43Umumiy faoliyatida2649328183611136341128
Manbalar
Havolalar
Profile at the Beşiktaş J.K. website
Official website
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1991-yilda tugʻilganlar Turkum:7-iyunda tugʻilganlar Turkum:Turkiyalik erkak futbolchilar Turkum:Germaniyalik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar
Turkum:Turkiya Super Ligasi futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:UEFA Yevro 2016 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 2024 oʻyinchilari Turkum:Turkiyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Germaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar