Alyona Savchenko (; 1984-yil 19-yanvarda tugʻilgan) — Ukrainada tugʻilgan juftlikda konkida uchish musobaqalarida qatnashuvchi figurali uchuvchi.
Sobiq sherigi Robin Szolkowy bilan birga 2010 va 2014-yilgi Olimpiada bronza medali sovrindori, besh karra jahon chempioni (2008, 2009, 2011, 2012, 2014), toʻrt karra Yevropa chempioni (2007—2019), toʻrt karra Gran-pri finalining chempioni (2007, 2010, 2011, 2013) va sakkiz karra Germaniya chempioni (2004—2009, 2011, 2014) boʻlgan.
Faoliyati
Szkolkowy bilan Germaniya vakili sifatida
2003—2004 va 2004—2005-yilgi mavsumlar Oʻzlarining birinchi mavsumida Savchenko / Szolkowy juftligi Germaniya milliy chempionligini qoʻlga kiritgan. Juftlik terma jamoa tarkibi sifatida 2004—2005-yilgi mavsum boshida debyut qilgan. Juftlik yana Germaniya milliy chempionligini qoʻlga kiritgan, 2005-yilgi Yevropa chempionatida toʻrtinchi va 2005-yilgi Jahon chempionatida oltinchi oʻrinni egallagan.
2005—2006-yilgi mavsum Savchenko / Szolkowy juftligi Skate Canada International musobaqasida ishtirok etgan, ikkala dasturda ham birinchi oʻrinni egallagab, oʻzlarining birinchi Gran-pri oltin medalini qoʻlga kiritgan va va Gran-pri finalidagi debyutida bronza medalini qoʻlga kiritgan. Oʻzining uchinchi milliy chempionligini qoʻlga kiritgandan soʻng, Savchenko / Szolkowy juftligi Yevropa chempionatida ikkinchi marta kumush medalni qoʻlga kiritgan. Ular chempion Tatyana Totmianina / Maksim Marinind juftligidan 7,79 ochko ortda qolib ketgan.
2006—2007-yilgi mavsum Savchenko / Szolkowy juftligi 2006 Cup of China musobaqasida uchinchi oʻrinni egallagan va 2006-yilgi Rossiya kubogini qoʻlga kiritgan hamda 2006—2007-yillarda Sankt-Peterburgda boʻlib oʻtgan Gran-pri finaliga yoʻllanma olgan. Juftlik oltin medalni qoʻlga kiritgan Shen Xue / Chjao Xongbo juftligidan 22,52 ball ortda qolib, jami 180,67 ball bilan ikkinchi oʻrinni egallagan. 2007-yil yanvar oyida juftlik Germaniya milliy chempionligini toʻrtinchi marta qoʻlga kiritgan.
Dasturlari
Szolkowy bilan MavsumQisqa dasturErkin dastur2013—2014 The Pink Panther
When Winter Comes The Nutcracker 2012—2013 Kismet Flamenco Bolero 2011—2012 Angels & Demons Pina 2010—2011 Korobushka The Pink Panther 2009—2010 Send In the Clowns Out of Africa
You’ll Never Walk Alone
Szolkowy bilan Germaniya vakili sifatida Xalqaro Tadbir 2003—2004 2004—2005 2005—2006 2006—2007 2007—2008 2008—2009 2009—2010 2010—2011 2011—2012 2012—2013 2013—2014 Olimpiada 6 3 3 Jahon chemp 6 6 3 1 1 2 1 1 2 1 Yevropa chemp 4 2 1 1 1 2 1 WD 2 WD finali 3 2 1 3 3 1 1 1 Bompard 1 3 1 WD Chinsese Cup 3 1 Rossiya kubogi 3 1 2 1 1 NHK Trophy 2 1 3 Skate Canada 1 1 1 1 Skate America 1 1 1 Nebelhorn 3 1 1 1 1 Ondrej Nepela 1 NRW kubogi 1 Milliy Germaniya chemp. 1 1 1 1 1 1 1 1 WD = Musobaqani tark etgan
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar