Marco Friedl (; 1998-yil 16-martda tugʻilgan) — avstriyalik professional futbolchi, Bundesliganing Werder Bremen klubi va Avstriya terma jamoasida markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi.
Klublardagi faoliyati
Ilk faoliyati Friedl ilk faoliyatini 2002-yilda oʻz shahrining „SV Kirchbichl“ klubida boshlagan, 2007-yilda Avstriyaning FC Kufstein klubiga oʻtgan. 2008-yilda Germaniyaning Bayern klubi yoshlar akademiyasiga oʻtdi.
2017-yilda Friedl 2016—2017-yilgi A-Junioren Bundesliga Süd/Südwestda „Bayern“ning 19 yoshgacha bo‘lgan jamoasi bilan mavsum davomida beshta gol urdi.
Bayern Munich Friedl professional faoliyatini 2015—2016-yilgi mavsumda Bayernda boshlagan. 2015-yilning 22-noyabrida Regionalliga Bayern ligasida TSV 1860 Munich II ga qarshi derbida (2:0) maydonga tushgan.
Werder Bremen (ijara) 2018-yilning 25-yanvarida Friedl Werder bilan 2019-yilning 30-iyuniga qadar 18 oylik ijara shartnomasini imzoladi.
Werder Bremen 2019-yilning may oyida Bremenning „Werder“ klubi 2019—2020-yilgi mavsum uchun Friedl bilan doimiy shartnoma imzolaganini eʼlon qildi. Friedl klub bilan „uzoq muddatli“ shartnomaga kelishib oldi. Transfer narxi 3 million yevro yoki ehtimoliy bonuslarni hisobga olgan holda 3,5 million yevrogacha etib belgilangan.
Friedl Bundesligadagi ilk golini mavsumning oltinchi oʻyinida Dortmundning „Borussia“siga qarshi oʻyinda (2:2) kiritdi.
2022-yil iyul oyida, 2021—2022-yilgi mavsumda „Werder“ Bundesligaga qaytganidan so‘ng, Friedl klub bilan shartnomani uzaytirishga rozi bo‘ldi.
Xalqaro faoliyati
Yosh Friedl 2017-yil 8 iyun kuni 21 yoshgacha boʻlgan Avstriya terma jamoasida Gibraltarga qarshi 2019-yilgi 21 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati saralash bahsida debyut qildi. 6-daqiqada hisobni (3:0) ochdi.
Milliy terma jamo Friedl 2020-yilning 7-oktyabrida Gretsiyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida milliy terma jamoadagi debyutini oʻtkazdi.
Faoliyat statistikasi
Klub
+Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollarKlubMavsumLigaKubokQitʼaBoshqaJamiDiviziyaIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarBayern Munich II2015—2016Regionalliga Bayern40———402017—2018101———101Jami141—141Bayern Munich2017—2018Bundesliga1000100020Werder Bremen (ijara)2017—2018Bundesliga9000——902018—20197020——90Jami160200000180Werder Bremen II (ijara)2017—20183. Liga10———10Werder Bremen2019—2020Bundesliga27131—203222020—202132020—-3402021—20222. Bundesliga27410—-2842022—2023Bundesliga11010—-120Jami9757100201066Jami faoliyati12969110201417
Yutuqlari Bayern
DFL-Superkubogi: 2017-yil
Manbalar
Turkum:UEFA Yevro 2020 oʻyinchilari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1998-yilda tugʻilganlar