Edson Raúl Puch Cortés (; 1986-yil 9-aprelda Chilining Iquique shahrida tugʻilgan) — Chililik futbolchi, „Universidad Católica“ futbol klubida hujumkor yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Klublardagi faoliyati Edson Puch „Deportes Iquique“ futbol klubi va „Huachipato“ futbol klublari tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Edson Puch 2009-yilda „Universidad de Chile“ futbol klubiga koʻchib oʻtgan. 23-iyul kuni „Palestino“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qilgan. 2- avgust kuni „Union Espanyol“ futbol klubiga qarshi bahsda Edson Puch „Universidad de Chile“ futbol klubi safidagi ilk golini raqib darvozasiga kiritgan. 2011-yilda Edson Puch klubga Chili premyer ligasida gʻalaba qozonishda yordam bergan.

2011-yilda Edson Puch jamoa bosh murabbiyi Diego Maradonaning taklifiga binoan „Al Wasl“ futbol klubiga oʻtgan. Transfer summasi 2,8 million yevroni tashkil qilgan. 16-oktabr kuni „Sharjah“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Fors koʻrfazi mamlakatlari arab ligasida debyut qilgan. 25-noyabr kuni Edson Puch jamoadagi ilk golini „Sharjah“ futbol klubiga qarshi o‘yinda kiritgan.

2016-yil boshida Edson Puch Ekvadorning „LDU Quito“ futbol klubiga koʻchib oʻtgan.

Xalqaro faoliyati 2009-yil 27-mayda Edson Puch Chili terma jamoasi safida Yaponiyaga qarshi Kirin kubogi bahsida debyut qilgan.

2016-yilning yozida Edson Puch Qoʻshma Shtatlarda boʻlib oʻtgan Amerika kubogi gʻolibi boʻlgan edi. Turnirda u Boliviya, Panama, Meksika, Kolumbiya va Argentina terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan. Meksikaliklarga qarshi kechgan bahsda Edson Puch terma jamoadagi ilk gollarini urib, „dubl“ga erishgan.

2017-yilda Edson Puch Rossiyada boʻlib oʻtgan Konfederatsiyalar kubogining kumush medali sohibiga aylangan. Turnirda u Kamerun va Germaniya jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan.

Statistika Jamoa  MavsumLigaMilliy kubokXalqaro kubokJamiOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolDeportes Iquique2009176——176Universidad de Chile2009113—501632010326—1224482011228——228Jami6517001728219Al Wasl20116160—121Deportes Iquique2012152——1522013110—70180Al Wasl201410110—111Jami1627000232Huracán2015601130101Jami601130101LDU de Quito2016153—51204Jami1530051204Necaxa2016—2017351511—3616Jami351511003616Pachuca2017—20189230—122Jami923000122Querétaro2017—201814510—1552018—20198110—91Jami2262000246Umumiy faoliyatida2726320356635972

Manbalar

Turkum:Copa América Centenarioda gʻolib boʻlgan oʻyinchilar Turkum:Chililik erkak futbolchilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1986-yilda tugʻilganlar Turkum:9-aprelda tugʻilganlar Turkum:Erkak futbolchilar