Colin Andrew White () (1997-yil 30-yanvarda tugʻilgan) — amerikalik professional xokkeychi. Colin White hozirda Milliy xokkey ligasi (NHL) vakili "Florida Panthers' xokkey jamoasida faoliyat olib bormoqda. Colin White dastlab "Ottawa Senators' xokkey klubi safiga 2015-yilgi NHL kirish loyihasida 21-oʻrindagi tanlov asosida qabul qilingan edi.

Oʻyin faoliyati Colin White AQSh milliy xokkey jamoasini rivojlantirish dasturiga (AQSh NTDP) qoʻshilishdan oldin Noble va Greenough maktabida xokkey oʻynay boshlagan edi. Colin White AQSh NTDP aʼzosi sifatida Qoʻshma Shtatlar xokkey ligasida (USHL) 2013—2014 va 2014—2015-yillardagi mavsumlarda faoliyat olib bordi. AQSh NTDP bilan yakuniy mavsumida Colin White 20 ta oʻyinda 17 ochko toʻpladi.

Colin White 2015-yilgi NHL kirish loyihasida „Ottawa Senators“ xokkey klubi safiga 21-oʻrindagi tanlov asosida qabul qilindi.

Colin White 2015-yildan 2017-yilgacha Boston kollejidagi xokkey jamoasi bilan xokkey oʻynadi. Colin White 2016-yilning 8-yanvarida „Providence“ klubiga qarshi o‘yinda o‘zining birinchi kollegial xet-trikini qayd etdi.

Colin White oʻzining birinchi professional mavsumini „Ottawa Senators“ xokkey klubi safida oʻtkazdi. 2018-yil 6-fevralda Colin White NHL faoliyatidagi ilk golini „New Jersey Devils“ xokkey klubiga qarshi uchrashuvda (5-3 hisobida g‘alaba) kiritdi. Colin White „Ottawa Senators“ klubidagi birinchi mavsumini 21 oʻyinda olti ochko bilan yakunladi.

Klub safidagi keyingi mavsumida Colin White 71 ta oʻyinda maydonga tushib, 41 ochko qayd etdi. 2019-yil 21-avgustda 'Ottawa Senators" klubi Colin White bilan olti yillik 28,5 million dollarlik shartnoma imzoladi.

Xalqaro oʻyinlardagi faoliyati Colin White 2014-yilgi IIHF U17 Jahon chempionatida AQSh milliy xokkey terma jamoasi aʼzosi sifatida ishtirok etdi. Ushbu musobaqada Colin White oltita oʻyinda 18 ochko toʻplagan holda AQSh rekordini oʻrnatdi. Yakunda AQSH milliy xokkey terma jamoasi Kanada milliy xokkey terma jamoasini magʻlub etib, oltin medal sovrindoriga aylandi.

Faoliyat statistikasi

Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari Muntazam mavsumPley-off oʻyinlariMavsumKlubLigaOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenaltiOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenalti2011—2012Noble va Greenough maktabiUSHS291628442—————2012—2013Noble va Greenough maktabiUSHS2218143210—————2013—2014U. S. NTDP JuniorsUSHL3514142850—————2013—2014U. S. NTDP U17USDP4733316479—————2013—2014U. S. NTDP U18USDP81234—————2014—2015U. S. NTDP JuniorsUSHL204131710—————2014—2015U. S. NTDP U18USDP5423315428—————2015—2016Boston kollejiHE3719244346—————2016—2017Boston kollejiHE3516173346—————2016—2017Binghamton SenatorsAHL31232—————2016—2017Ottawa SenatorsNHL20000100002017—2018Belleville SenatorsAHL4711162743—————2017—2018Ottawa SenatorsNHL212468—————2018—2019Ottawa SenatorsNHL7114274124—————2019—2020Ottawa SenatorsNHL617162339—————2019—2020Belleville SenatorsAHL10220—————2020—2021Ottawa SenatorsNHL451081816—————2021—2022Ottawa SenatorsNHL2437104—————NHL jami2243662989110000

Xalqaro Yil Jamoa Tadbir Natija GP G A Pts PIM 2014-yil Qoʻshma Shtatlar U17 6 10 8 18 4 2015-yil Qoʻshma Shtatlar WJC18 7 6 3 9 0 2016-yil Qoʻshma Shtatlar WJC 7 3 4 7 4 2017-yil Qoʻshma Shtatlar WJC 7 7 1 8 4 2018-yil Qoʻshma Shtatlar WC 10 2 1 3 6 2019-yil Qoʻshma Shtatlar WC 7 8 2 1 3 4 Oʻsmirlar safida 27 26 16 42 12 Kattalar safida 18 4 2 6 10

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1997-yilda tugʻilganlar Turkum:AQSh xokkeychilari