Elías Fernando Aguilar Vargas (; 1991-yil 7-noyabrda tugʻilgan) – Kosta-Rikalik futbolchi, „Jeju United“ futbol klubi yarim himoyachisi, „Incheon United“ futbol klubi ijara asosida oʻynamoqda va Kosta-Rika terma jamoasida yarim himoyachi vazifasini bajarib kelmoqda.

Klublardagi faoliyati Aguilar Vargas oʻz shahrining „Herediano“ futbol klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2011-yil 1-sentyabrda „Belén“ futbol klubiga qarshi oʻyinda premyer ligada jamoa safida debyut qilgan. 28-oktyabr kuni „Uruguay“ futbol klubiga qarshi kechgan bahsda Elías Fernando „Herediano“ futbol klubi safidagi birinchi golini urgan. CONCACAF Chempionlar ligasida u Amerikaning „Real Salt Lake“ va „Los Angeles Galaxy“ jamoalariga qarshi oʻyinlarda ikkita gol urgan. 2013-yilda Aguilar Vargas Kosta-Rika chempioniga aylangan.

Oʻsha yilning yozida Elías Fernando Meksikaning „Atlético Zacatepec“ futbol klubiga koʻchib oʻtgan. 19-oktyabr kuni „Delfín“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Liga Assensoda debyut qilgan. 2014-yilning 1-fevralida „Estudiantes Tecos“ futbol klubiga qarshi kechgan bahsda Aguilar Vargas „Atlético Zacatepec“ futbol klubi safidagi birinchi golini urgan.

Mavsum oxirida Elías Fernando „Herediano“ futbol klubiga qaytgan. 22-avgust kuni CONCACAF Chempionlar ligasi doirasida Salvadorning „Isidro Metapán“ jamoasiga qarshi oʻyinda u gol urgan. 2015, 2016 va 2017-yillarda Aguilar Vargas klubning uch marta chempion boʻlishiga yordam bergan.

Xalqaro faoliyati 2015-yilning aprel oyida Aguilar Vargas Kosta-Rika terma jamoasida Panamaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida debyut qilgan. Oʻsha yili Elías Fernando CONCACAF oltin kubogida ishtirok etgan. Turnirda u Yamayka, El Salvador va Meksika jamoalariga qarshi bahsda oʻynagan.

2019-yilda Aguilar Vargas ikkinchi marta CONCACAF oltin kubogi uchun yoʻl oladigan milliy terma jamoaga kiritilgan. Turnirda u guruh bosqichining birinchi oʻyinida Nikaragua va ikkinchi oʻyinda Bermudaga qarshi bahslarda ikkita gol urgan.

Statistika JamoaMavsumLigaMilliy kubokXalqaro kubokJamiOʻyinGolUzatmaOʻyinGolUzatmaOʻyinGolUzatmaOʻyinGolUzatmaC.S Herediano2011—20121000000001002012—201341480006204768Jami42480006204868C.A Zacatepec2013—201413100000001310Jami13100000001310C.S Herediano2014—2015366441061146852015—2016332121040139322016—201747120000300501202017—201840550001004155Jami156251062014121762812Incheon United FC2017—20183531300000035313Jami3531300000035313Jeju United FC2018—2019264511000027552019—2020300000000300Jami29451100003055Incheon United FC2019—2020172300000017232020—2021335600000033562021—2022220100000022012022—2023000000000000Jami7271000000072710Umumiy faoliyatida34744467302033741675048

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Kosta-Rikalik erkak futbolchilar Turkum:Sportchilar