Benjamin Neil Reeves (; 1991-yilda 19-noyabrda Buyuk Britaniyada tugʻilgan) – Shimoliy Irlandiyalik futbolchi, „MK Dons“ jamoasida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Klublardagi faoliyati Ben Reeves „Sautgempton“ futbol klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2011-yil 21-sentyabrda „Preston North End“ futbol klubiga qarshi Liga kubogi bahsida debyut qilgan. „Ben Reeves“ chempionatdagi debyutini 2012-yilning 2-yanvarida „Brighton & Hove Albion“ futbol klubiga qarshi oʻtkazgan va ikkinchi boʻlimda Adam Lallan oʻrniga almashtirilgan. 2012-yil boshida Ben Reeves ijara asosida oʻyin amaliyotiga ega boʻlish uchun „Dagenham & Redbridge“ futbol klubiga koʻchib oʻtgan. 25-fevral kuni „Plymouth Argyle“ futbol klubiga qarshi bahsda u yangi jamoada debyut qilgan. 28-avgust kuni Liga kubogi doirasidagi „Stevenage“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u „Southampton“ futbol klubi safida birinchi golini urgan. Mavsum yakunida klubning elit ligaga kirishga yordam bergan. 29-sentyabr kuni „Everton“ futbol klubiga qarshi bahsda Ben Reeves Angliya premyer ligasida debyut qilgan.

2013-yil boshida Ben Reeves „Southend United“ futbol klubiga oʻtgan. 2-fevral kuni „Oxford United“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qilgan. 12-fevral kuni „Cheltenham Town“ futbol klubiga qarshi bahsda Ben Reeves „Southend United“ futbol klubi safida ilk golini urgan. Mart oyida klub rahbariyati Ben Reevesning ijara muddatini yozgacha uzaytirgan.

Yozda Ben Reeves bepul transfer evaziga „MK Dons“ futbol klubiga oʻtgan. 10-avgust kuni „Crewe Alexandra“ futbol klubikga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qilgan. 19-oktyabr kuni „Rotherham United“ futbol klubiga qarshi bahsda Ben Reeves „MK Dons“ safida birinchi golini urgan. 2014—2015-yilgi mavsum yakunida u jamoaning chempionlikka chiqishiga yordam bergan.

Xalqaro faoliyati 2014-yil 14-oktyabrda Gretsiyaga qarshi Yevropa chempionati saralashida Ben Reeves Shimoliy Irlandiya terma jamoasi safida debyut qilgan.

Statistika Jamoa MavsumLigaKubokLiga kubogiBoshqaJamiOʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Southampton2011—2012203020—702012—2013300031—61Jami503051—131Dagenham & Redbridge (ijara)2011—20125000000050Southend United (ijara)2012—2013101000031132Milton Keynes Dons2013—201428733212035112014—20153072040003672015—20161832120—2242016—20173474210314110Jami11024116914113432Charlton Athletic2017—20182931210523672018—2019294100020324Jami5872210726811Milton Keynes Dons2019—2020171100010191Plymouth Argyle2020—2021280210021322Gillingham2021—20222022010302622022—2023130202010170Jami332403040432Umumiy faoliyatida2663523918222532851

Manbalar

Turkum:1991-yilda tugʻilganlar Turkum:19-noyabrda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Angliyalik erkak futbolchilari Turkum:Shimoliy Irlandiyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Southampton F.C. futbolchilari Turkum:Southend United F.C. futbolchilari Turkum:Dagenham & Redbridge F.C. futbolchilari Turkum:Milton Keynes Dons F.C. futbolchilari Turkum:Plymouth Argyle F.C. futbolchilari Turkum:Charlton Athletic F.C. futbolchilari Turkum:Gillingham F.C. futbolchilari Turkum:Eastleigh F.C. futbolchilari Turkum:Angliya futbol ligasi futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar