Younes Namli (; 1994-yil 20-iyunda Daniyaning Kopengagen shahrida tugʻilgan) — daniyalik futbolchi, Gollandiyaning „Sparta“ klubi vingeri.
Klublardagi faoliyati Namli oʻzining professional faoliyatini „Gladsax Fiske AB“ futbol klubida boshlagan. 2013-yilning 28-iyulida u Daniya birinchi divizionida „Horsens“ futbol klubiga qarshi debyut qilgan. 2014-yilning 12-aprelida „Hobro IK“ futbol klubiga qarshi kechgan bahsda Younes „Gladsax Fiske AB“ futbol klubi safidagi birinchi golini urgan.
2015-yil boshida Namli Gollandiyaning „Heerenveen“ futbol klubi bilan ikki yarim yillik shartnoma imzolagan. 2015-yil 24-yanvar kuni „Vitess“ futbol klubiga qarshi uchrashuvida u Erediviziyada debyut qilgan.
2017-yilning yozida futbolchining shartnomasi tugagan va Younes erkin agent sifatida „PEC Zwolle“ futbol klubi bilan shartnoma imzolagan. 2017-yilning 13-avgust kuni „Rhoda“ futbol klubiga qarshi uchrashuvida u yangi jamoasida debyut qilgan. Bu oʻyinda u Dirk Marcellis kiritgan golga assistentlik qilgan. 2017-yil 28-oktabr kuni „ADO Den Haag“ futbol klubiga qarshi uchrashuvida Younes „Zwolle“ futbol klubi safidagi ilk golini urgan.
2019-yilning 22-mayida Namli to‘rt yillik shartnoma imzolab, Rossiyaning „Krasnodar“ futbol klubiga ko‘chib o‘tgan. 2019-yilning 14-iyulida „Akhmat“ futbol klubiga qarshi mehmon o‘yinida u „Krasnodar“ futbol klubi safida RPLda debyut qilgan. 2019-yilning 20-iyul kuni „Ufa“ futbol klubiga qarshi kechgan mehmondagi oʻyinda u gol urgan.
2020-yil 15-yanvarda Namlini „Colorado Rapids“ futbol klubi sotib olish opsiyasi bilan ikki yillik ijaraga olgan. U Amerika ligasida debyutini 2020-yilning 29-fevralida „DC United“ futbol klubiga qarshi mavsumning birinchi turidagi o‘yinda o‘tkazgan. 2020-yil 7-mart kuni „Orlando City“ futbol klubiga qarshi o‘yinda u MLSdagi ilk golini urgan. 2021-yilda toʻpigʻidan olgan jarohati tufayli u toʻrt oyni — 8-maydan 19-sentabrgacha oʻtkazib yuborgan. 2021-yilgi mavsum oxirida „Colorado Rapids“ futbol klubi „Krasnodar“ futbol klubidan Namlini sotib olmagan.
2022-yilning 11-yanvarida Namli 2022-yilning yozigacha Gollandiyaning „Sparta Rotterdam“ jamoasiga ijaraga berilgan. U „Sparta“ futbol klubi safidagi debyutini 2022-yilning 16-yanvarida „Cambuur“ futbol klubiga qarshi oʻyinda oʻtkazgan.
2022-yil 11-iyulda u „Sparta“ futbol klubi bilan toʻliq uch yillik shartnoma imzolagan.
Statistika JamoaMavsumLigaMamlakat kubogiLiga kubogiXalqaro turnirBoshqaJamiOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolAB2013—201430200–––3022014—201517400–––174Jami47600000000476Heerenveen2014—201512000–––1202015—20163000–––302016—201718032–––212Jami33032000000362PEC Zwolle2017—201832542–––3672018—201933430–––364Jami659720000007211FC Krasnodar2019—202010110–70–181Colorado Rapids (ijara)2020172–––101822021111–––00111Jami28300000010293Umumiy faoliyatida1831911400701020223
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Daniyalik erkak futbolchilar