Arina Vadimovna Ushakova (; 2002-yil 27-iyunda tugʻilgan) — Rossiya vakili sifatida muz ustida raqs musobaqalarida qatnashgan sobiq muz raqqosasi. Konkida uchish boʻyicha sherigi Maksim Nekrasov bilan birga 2018-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatining bronza medali sohibi va 2018 — 2019-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri finali kumush medali sovrindori boʻlgan. Shuningdek, Arina Xalqaro konkida uchish ittifoqi tomonidan oʻtkazilgan Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri seriyasida oltita medalni qoʻlga kiritgan, jumladan 2017-yilda Italiyada, 2018-yilda Litvada va 201- yilda Armanistonda boʻlib oʻtgan bosqichlarning barchasida oltin medallar bilan taqdirlangan.
Shaxsiy hayoti Arina Vadimovna Ushakova 2002-yil 27-iyunda Rossiyaning Chelyabinsk shahrida tugʻilgan.
Faoliyati Ushakova 2005-yilda konkida uchishni oʻrgana boshlagan. 2014-yilgacha Chelyabinskda yakka holda konkida uchuvchi sifatida mashq qilgan; keyin Moskvaga koʻchib oʻtgan va muz raqqosasi sifatida oʻzini mashqlarda sinab koʻrgan. Arina 2014 — 2015-yilgi mavsumda Anton Spiridonov bilan juftlik hosil qilgan. Keyin Maksim Nekrasov bilan juftlikda musobaqalarda qatnasha boshlagan. Bu juftlikka Aleksey Gorshkov va Maksim Bolotin murabbiylik qilgan.
2016 — 2017-yilgi mavsum Ushakova / Nekrasov juftligi 2016 — 2017-yilgi mavsumdaalqaro konkida uchish ittifoqi tomonidan oʻtkazilgan Osmirlar oʻrtasidagi Gran-pri (JGP) musobaqasida qatnashish uchun tanlanib olindi. Juftlik avgust oyi oxirida Chexiyaning Ostrava va oktyabr oyida Germaniyaning Drezden shahrida boʻlib oʻtgan bellashuvlarda bronza medallarini qo‘lga kiritgan.
2016-yil noyabr oyida juftlik 2016 Ice Star musobaqasida kumush medalni qoʻlga kiritgan. Juftlik 2017-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Rossiya chempionatida yettinchi oʻrinni egallagan.
2017 — 2018-yilgi mavsum 2017-yilgi JGP seriyasida qatnashgan Ushakova / Nekrasov juftligi avgust oyida Belarusiyaning Minsk shahrida boʻlib oʻtgan bosqichda bronza medalini qoʻlga kiritgan. Ular oktyabr oyida Italiyaning Egna shahrida boʻlib oʻtgan musobaqada oʻzlarining ilk oltin medalini qoʻlga kiritib, kumush medal sohiblari, jamoadoshlari Polishchuk / Vaxnov juftligini ikki ochkoga ortda qoldirganlar. Ushbu natijalar bilan Ushakova / Nekrasov juftligi 2017 — 2018 JGP finaliga yoʻllanma olgan va u yerda beshinchi oʻrinni egallagan.
2018-yil yanvar oyida Ushakova / Nekrasov juftligi 2018-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Rossiya chempionatida ishtirok etib, bronza medalini qoʻlga kiritgan. Mart oyida juftlik Bolgariyaning Sofiya shahrida boʻlib oʻtgan 2018-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida ham bronza medali sohibi boʻlgan.
Dasturlari (Nekrasov bilan) MavsumQisqa raqsErkin raqs2020 — 2021 All That Jazz Kill Bill soundtrack2019 — 2020 All That Jazz Milord2018 — 2019 Libertango
Flamenco Black Cat, White Cat
Natijalari JGP: Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri
Nekrasov bilan Xalqaro Musobaqa 15 — 16 16 — 17 17 — 18 18 — 19 19 — 20 20 — 21 21 — 22 Oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatlari 3 5 4 finali 5 2 Armaniston 11 Belarus 3 Chexiya 3 Germaniya 3 Italiya 11 Litva 11 Ice star 2-J Open Ice Mall Cup 1-J Tallin Cup 5-J Milliy Rossiya chempionati 7 Oʻsmirlar oʻrtasidagi Rossiya chempionati 7 3 2 2 11 J = Oʻsmirlar darajasi
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:2002-yilda tugʻilganlar