Annika Maria Hocke (talaffuzi: Annika Mariya Xokke; 2000-yil 16-iyulda tugʻilgan) — Germaniya vakili sifatida juftlikda konkida uchish musobaqalarida qatnashuvchi figurali uchuvchi. Konkida uchish boʻyicha sherigi Robert Kunkel bilan birga 2022 Gran Prix de France turniring bronza medali sovrindori va Xalqaro konkida uchish ittifoqi musobaqasining uchta medalni qoʻlga kirigan, shu jumladan 2022 CS Finlandia Trophy turnirida oltin medal bilan taqdirlangan.

Sobiq sherigi Ruben Blommaert bilan birga 2017 CS Ice Star musobaqasining, 2018-yilgi Bavarian Open turnirining, 2018-yilgi International Cup of Nice musobaqasining va 2018-yil Germaniya milliy chempionatining kumush medali sovrindori boʻlgan. Juftlik 2018-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlarida 16-oʻrinni egallagan.

Hocke avval ayollar oʻrtasida yakka holda konkida uchish musobaqalarida qatnashgan. U 2017-yilgi Germaniya chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritgan va 2016-yilgi O‘smirlar oʻtasidagi qishki Olimpiya o‘yinlarida 11-o‘rinni egallagan.

Shaxsiy hayoti Annika Hocke 2000-yil 1- iyulda Berlinda tugʻilgan. Faoliyati

Kunkel bilan 2019 — 2020-yilgi mavsum Annika Robert Kunkel bilan juftlik hosil qilgan. Juftlik Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran pri musobaqasining Xorvatiyada va Polshada boʻlib oʻtgan bosqichida ikkita bronza medalini qo‘lga kiritgan va rossiyalik bo‘lmagan yagona jamoa boʻlgan. Juftlik Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran pri finaliga yoʻllanma olish uchun yetarli natija koʻrsatishgan. Kattalar toifasida Hocke / Kunkel juftligi 2019 CS Warsaw Cup musobaqasida debyut qilib, oltinchi oʻrinni egallagan, keyin Germaniyaning milliy chempionatlarida va 2020 Bavarian Open chempionatida kumush medallarni qoʻlga kiritgan. Juftlik 2020-yilgi Yevropa chempionatida ishtirok etib, yettinchi oʻrinni egallagan.

Hocke / Kunkel juftligi 2020-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatidan soʻng oʻz mavsumini yakunlagan, ushbu chempionatda ular toʻrtinchi oʻrinni egallagan. Juftlik Monrealda boʻlib oʻtgan Kattalar oʻrtasidagi Jahon chempionatida debyut qilishlari kerak edi, ammo koronavirus pandemiyasi tufayli chempionat bekor qilingan.

Dasturlari

Kunkel bilan MavsumQisqa dasturErkin dastur2022 — 2023 Lay All Your Love On Me Voulez-Vous Without You 2021 — 2022 Lay All Your Love On Me Voulez-Vous The Other Side 2020 — 2021 Shout The Other Side 2019 — 2020 Wasting My Young Years Do You Love Me (Now That I Can Dance) Cry to Me Wipe Out

Natijalari GP: Gran-pri ; CS: ISU Challenger seriyasi ; JGP: oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri

Kunkel bilan Xalqaro Musobaqa 19 — 20 20 — 21 21 — 22 22 — 23 Jahon chempionati C 13 Yevropa chempionati 7 13 GP Cup of China C Fransiya C 3 Italiya WD Rostelecom Cup WD Finlandiya 11 11 Golden Spin WD Nebelhorn 2 4 3 Warsaw Cup 6 Bavarian Open 2 NRW Trophy 11 Xalqaro: Oʻsmirlar Jahon chempionati 4 finali 6 Xorvatiya 3 Polsha 3 Milliy Germaniya chempionati. 2 WD WD = musobaqani tark etgan; C = musobaqa bekor qilingan

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar