Sinead Houston Kerr (talaffuzi: Sined Hyuston Ker; 1978-yil 30-avgustda tugʻilgan) – Buyuk Britaniya vakili sifatida musobaqalarda qatnashgan sobiq ingliz muz raqqosasi. 2000-yilda ukasi John Kerr bilan juftlik hosil qilgan. Juftlik ikki karra (2009, 2011) Yevropa chempionatining bronza medali sohibi va 2004 – 2010-yillarda Britaniyaning milliy chempioni boʻlgan. 2010-yillarda Britaniyaning milliy chempioni boʻlgan. Juftlik 2006-yilda Italiyaning Turin shahrida boʻlib oʻtgan qishki Olimpiya oʻyinlarida 10-oʻrinni, 2010-yilda Kanadaning Vankuver shahrida boʻlib oʻtgan qishki Olimpiya oʻyinlarida 8-oʻrindan joy olgan.
Kerrlar juftligi 2011-yil aprel oyida konkida uchishdan isteʼfoga chiqqan.
Faoliyati Sinead Kerr 8 yoshidan konkida uchishni boshlagan va taxminan bir yildan keyin figurali uchishga qiziqib qolgan. U 15 yoshida muz ustida raqs sport turi bilan shugʻullanishdan oldin yakka holda konkida uchuvchi sifatida mashq qilgan.
John Kerr bilan Sinead Kerr 2000-yilda ukasi John bilan juftlik hosil qilgan. Kerrlar 2000-yilda oʻzlarining birinchi British Nationals musobaqasida ishtirok etib, kumush medalni qoʻlga kiritgan va oʻzlarining xalqaro debyutida – Ondrej Nepala xotirasiga bagʻishlangan 2000 Ondrej Nepela Memorial turnirida toʻrtinchi oʻrinni egallagan.
Juftlik 2001-yilda oʻzlarining ilk Britaniya chempionligini qoʻlga kiritgan va oʻzlarining birinchi Yevropa chempionatida kuchli oʻntalikka kirgan hamda 2004-yilgi Jahon chempionatida oʻn toʻrtinchi oʻrindan joy olgan. Juftlik 2005-yilgi Jahon chempionatida bellashib,12-oʻringa koʻtarilgan. Ular Jayne Torvill va Christopher Dean juftligidan keyin Yevropa chempionatida kuchli oʻnlikka kirgan birinchi britaniyalik muz raqqoslari boʻlgan.
Kerrlar 2009 – 2010-yillarda oʻzlarining ilk Gran-pri finaliga yoʻllanma oldilar va u yerda 4-oʻrindan joy oldilar. JuftlikYevropa chempionatida 5-oʻrin, 2010-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida 8-oʻrin va Jahon chempionatida ham 5-oʻrinni egallagan.
Dasturlari MavsumQisqa dasturErkin dastur2010 – 11 At Last Shut Up and Let Me Go Exogenesis: Symphony Part 3 Original raqs2009 – 10 I’ve Been Everywhere Krwlng 2007 – 08 Erin Shore Auld Lang Syne Enigma The Landing Turn Around Gravity of Love
Natijalari GP: Gran-pri
Kerr bilan Xalqaro Musobaqa 00 – 01 01 – 02 02 – 03 03 – 04 04 – 05 05 – 06 06 – 07 07 – 08 08 – 09 09 – 10 10 – 11 Olimpiada 10 8 Jahon chempionati 14 12 11 11 8 7 5 Yevropa chempionati 10 8 8 5 6 3 5 3 Finali 4 Bompard 3 3 GP Cup of China 5 GP Rostelecom 9 5 4WD Skate America 5 5 3 Skate Canada 7 2 Finlandia Trophy 1 1 Nebelhorn Trophy 7 4 1 Golden Spin 6 Schäfer Memorial 2 Milliy Britaniya chempionati 2 3 2 1 1 1 1 1 1 1 Shotlandiya chempionari 1 1 WD: musobaqani tark etgan
Manbalar
Turkum:1978-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar