Ambarella — bu oʻsimlikning Lotin Amerikasi nomi; u „Cythera olmasi“ sifatida ham tanilgan.

Ambarella gulli oʻsimliklarning eng ibtidoiy zamonaviy vakillaridan biri boʻlgan Yangi Kaledoniyadagi oʻsimlik - Amborella bilan aralashmaslik kerak. Ambarella Shri-Lanka, Hindiston, Malayziya, Indoneziya, Yamayka, Barbadosning tropik joylarida mashhur hisoblanadi.

Ambarella — balandligi 18 m gacha boʻlgan bargli daraxt. Barglarining uzunligi 20-60 sm. Gullar oq yoki krem rangida bo'lib, uzunligi 35 sm gacha boʻlgan panikulalarda toʻplangan. Mevalar ovalsimon, uzunligi 6 dan 9 sm gacha, yupqa qattiq po'sloqga ega va toʻplam holida o'sadi. Ichkarida shirali suvli xushboʻy oltin-sariq eti va 1-5 yassi urugʻli katta qattiq danagi mavjud. Danak koʻp sonli ingichka, egri tikanlar bilan qoplangan boʻlib, baʼzan ularning uzunligi bir santimetrdan oshadi. thumb|234x234px Ambarellaning vatani — Jamiyat orollari.

Turkum:Mevali daraxtlar Turkum:Mevalar Turkum:Meva