Mika Väyrynen (; 1981-yil 28-dekabrda tugʻilgan) — sobiq futbolchi. Finlandiya terma jamoasini himoya qilgan.

Klublardagi faoliyati

Ilk faoliyati Väyrynen oʻz faoliyatini Lahti klubida boshlagan va 2001-yilgi mavsumda Jokerit klubiga qoʻshilgan.

Heerenveen Oʻsha yilning oʻrtalarida SC Heerenveen Väyrynen sotib oldi. Avvaliga jarohatlari tufayli koʻp oʻyinlarda maydonga tushfa olmadi.

2003—2004-yillarda yarim himoyadagi asosiy oʻyinchiga aylandi va Erediviziyaning 100 oʻyinida 17 ta gol urdi.

PSV 2005-yilning yozida Väyrynen PSVga qoʻshildi. Väyrynen 2005—2006-yilgi mavsum boshida toʻpigʻidan olib, jamoa safidan chiqdi. 2005-yil 17-dekabrda Villem IIga qarshi o‘yinda zaxiradan maydonga tushdi va shu zahotiyoq PSV safidagi ilk golini urdi.

Heerenveen 2008-yil 31-avgustda, transfer oynasi yopilishiga ikki kun qolganda, Väyrynen sobiq klubi Heerenveen bilan 3 yillik shartnoma imzoladi. 2009-yil yanvar oyida Ajaxga qarshi oʻyinda tizzasidan jarohat olib, mavsum oxirigacha maydonga tusha olmadi. Heerenveendagi soʻnggi mavsumida klub safida 30 oʻyinda 9 ta gol urdi.

Leeds United Erkin agent boʻlgan Väyrynen 2011-yil 13-sentyabrda Angliya chempionatining Leeds United jamoasi bilan bir yillik shartnoma imzoladi.

Väyrynen 20-sentyabr kuni „Leeds“ safida Manchester Unitedga qarshi oʻyinda 52-daqiqada ilk bor maydonga tushdi.

HJK Helsinki „Leeds“ni tark etganidan keyin Väyrynen jismoniy holatini saqlab qolish uchun HJK Helsinki bilan shugʻullangan. 10-iyul kuni HJK Väyrynen klub bilan uch oylik shartnoma imzolaganini eʼlon qildi. UEFA Chempionlar Ligasi saralashida KR Reykjavikka qarshi oʻyinda (7:0) penaltidan gol urdi. Ligada jami 12 oʻyin oʻtkazib, uchta gol urdi. Klubi esa ketma-ket toʻrtinchi mavsumda liga chempioni boʻldi.

LA Galaxy 2015-yil fevral oyida Väyrynen LA Galaxy Major League Soccer bilan sinovdan oʻtdi va klub bilan 2015-yil 6-martda shartnoma imzoladi. 2015-yilning 15-martida Portlend Timbersga qarshi o‘yinda 62-daqiqada zaxiradan maydonga tushib debyut qildi, oʻyin 2:2 hisobida durang bilan yakunlandi.

Xalqaro faoliyati Väyrynen Finlandiya terma jamoasining asosiy oʻyinchisi boʻlgan. 2002-yilning 20-martida Janubiy Koreyaga qarshi oʻyinda debyut qilgan. 2001-yilgi FIFA yoshlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida Finlandiya terma jamoasi sharafini himoya qilgan.

Faoliyat statistikasi

Klub KlubLigaKubokQitʼaJamiMavsumKlubLigaIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollar1999FC LahtiVeikkausliiga1511512000211021102001Jokerit3043042001—2002HeerenveenEredivisie1801802002—20032242242003—20043253252004—20052982982005—2006PSV11220101422006—200717040812912007—2008100020302008—2009000000002008—2009Heerenveen17130622612009—201010110311422010—2011309110030102011—2012Leeds UnitedChampionship10010001102012HJK HelsinkiVeikkausliiga1130041154201330000030201425231101384JamiFinlandiya105203114212223Niderlandiya1873011120420531Angliya1000000100Jami faoliyati2754811124531054

Xalqaro

Finlandiya terma jamoasi Yil Ishtirok Gollar 2002-yil 1 0 2003-yil 7 0 2004-yil 8 0 2005-yil 2 0 2006-yil 8 2 2007-yil 6 0 2008-yil 9 1 2009-yil 0 0 2010-yil 7 2 2011-yil 8 0 2012-yil 1 0 2013-yil 2 0 2014-yil 2 0 2015-yil 2 0 Jami 64 5

Xalqaro gollar # Sana Manzil Raqib Hisob Natija Musobaqa 1. 2006-yil 16-avgust Helsinki, Finlandiya 1-2 Magʻlubiyat Doʻstona 2. 2006-yil 2-sentyabr Bydgoshcz, Polsha 3-1 Gʻalaba UEFA Yevro-2008 saralashi 3. 2008-yil 10-sentyabr Helsinki, Finlandiya 3-3 Durang 2010-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi 4. 2010-yil 3-mart TaʼQali, Malta 2-1 Gʻalaba Doʻstona 5. 2010-yil 17-noyabr Helsinki, Finlandiya 8-0 Gʻalaba UEFA Yevro-2012 saralashi

Yutuqlari

PSV

Eredivizion: 2005—2006, 2006—2007

ScHeerenveen

KNVB kubogi: 2009-yil

HJK

Veikkausliiga: 2012, 2013, 2014 Finlandiya kubogi: 2014-yil

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Shvetsiyalik erkak futbolchilar Turkum:Finlandiyalik erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari