Talabaga yoʻnalitirilgan taʼlim ( yoki ) — talabaning fikrlash va harakat strategiyasini inobatga olgan holda uning shaxsi, oʻziga xos xususiyatlari, qobiliyatini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan taʼlim. Dastlabki qoʻllanishida, oʻrganuvchiga yoʻnaltirilgan taʼlim va mustaqilligini rivojlantirishni maqsad qilganJones, Leo. (2007). The Student-Centered Classroom. Cambridge University Press.. Bu oʻquv jarayoni uchun mas’uliyatni oʻrganuvchilar zimmasiga yuklash, ularga maʼlum bir fanni oʻrganish usullarini oʻrgatish hamda muayyan talablarga javob berish uchun zarur boʻlgan koʻnikmalar va sxemalarni shakllantirishni nazarda tutadiRogers, C. R. (1983). Freedom to Learn for the 80’s. New York: Charles E. Merrill Publishing Company, A Bell & Howell Company.Pedersen, S., & Liu, M. (2003). Teachers' beliefs about issues in the implementation of a student-centered learning environment. Educational Technology Research and Development, 51(2), 57-76.. oʻrganuvchiga yoʻnaltirilgan taʼlim va mustaqil ravishda muammolarni hal qilish imkonini beradigan koʻnikmalar va amaliyotlarga eʼtibor qaratadi. oʻrganuvchiga yoʻnaltirilgan taʼlim nazariyasi va amaliyoti konstruktivistik taʼlim nazariyasiga asoslanadi. Bu nazariya yangi maʼlumotlar va oldingi tajribadan maʼno yaratishda oʻrganuvchining hal qiluvchi rolini taʼkidlaydi.

Oʻrganuvchiga yoʻnaltirilgan taʼlim oʻrganuvchilarning manfaatlarini birinchi oʻringa qoʻyadi va taʼlim jarayonining markaziy qismi sifatida tan olinadi. Oʻrganuvchiga yoʻnaltirilgan da oʻrganuvchilar nimani oʻrganishni, oʻz taʼlimini qanday sur’atda olib borishni va sinfning yordamchisi rolini oʻynab, oʻz bilimlarini qanday baholashni oʻzlari tanlaydilar. Bu anʼanaviy taʼlimdan, yaʼni „oʻqituvchiga yoʻnaltirilgan taʼlim“dan () farq qiladi. Anʼanaviy taʼlimda oʻqituvchi asosan „faol“ rolida, oʻrganuvchilar esa koʻproq „passiv“, qabul qiluvchi rolida boʻladi. Oʻqituvchiga yoʻnaltirilgan sinfda oʻqituvchilar oʻrganuvchilar nimani oʻrganishini, qanday oʻrganishini va ularning bilimlarini qanday baholashni belgilaydi. Buning aksi oʻlaroq, oʻrganuvchiga yoʻnaltirilgan taʼlim oʻrganuvchilardan oʻz taʼlimida faol, mas’uliyatli ishtirokchi boʻlishni va oʻz oʻrganish sur’atini belgilashni talab etadi.

„Oʻrganuvchiga yoʻnaltirilgan taʼlim“ atamasidan foydalanish, shunchaki oʻrganuvchilardagi individual farqlarni tan oladigan taʼlim tafakkuri yoki oʻqitish usullariga ishora qilishi mumkinStudent-Centered Learning. (2014). Education Reform Glossary. http://edglossary.org/student-centered-learning/. Bu maʼnoda, oʻrganuvchiga yoʻnaltirilgan taʼlim har bir oʻrganuvchining qiziqishlari, qobiliyatlari va ga eʼtibor qaratadi. Bunda oʻqituvchi butun sinf uchun emas, balki alohida shaxslar uchun oʻrganish jarayonini osonlashtiruvchi vazifasini bajaradi.

Manbalar

Havolalar

Turkum:Oʻquv dasturlari Turkum:Taʼlim falsafasi Turkum:Pedagogika Turkum:Taʼlim islohoti Turkum:Progressiv taʼlim Turkum:Tanqidiy pedagogika