Mustafo Muhammad Ahmad Abdulloh (1997-yil 28-noyabrda tugʻilgan; ) — misrlik professional futbolchi. Fransiyaning Liga 1 klubi Nantes klubi va Misr terma jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi.
Klubdagi faoliyati
Zamalek 2020-yilning 2-yanvarida Muhammad Misr ligasining 11-turida Zamalek safida oʻynab, Aswanga qarshi uchrashuvning 42-daqiqasida gol urdi. 2020-yilning 28-yanvarida u 15-daqiqada Wadi Deglaga qarshi o‘yinda uzoq masofadan gol urdi va bu uchrashuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.
Galatasaroy 2021-yilning 1-fevralida Turkiya oliy ligasining Galatasaroy klubi Muhammadni 2 million dollarga, 4 million dollarga sotib olish imkoniyati bilan bir yarim yillik ijaraga oldi. U Istanbul klubi bilan shartnoma imzolagan birinchi misrlik boʻldi.
Muhammad 2-fevral kuni Turkiya oliy ligasida İstanbul Başakşehirga qarshi kechgan uchrashuvda 46-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan debyut o‘yinida gol urdi. U bu uchrashuvda penaltidan jamoasining uchinchi golini kiritgan. Galatasaroy safidagi ikkinchi oʻyinida Muhammad 6-fevral kuni 54-daqiqada Fenerbahchega qarshi safardagi uchrashuvida 1:0 hisobida gʻalaba qozongan holda yagona golni kiritdi.
2021-yil 27-dekabrda Galatasaroy futbolchini sotib olish bandini faollashtirdi va Muhammad klub bilan 2025-yilgacha shartnoma imzoladi.
Nantes (ijara) Galatasaroy tomonidan 2022-yil 21-iyulda berilgan ma’lumotnomada Muhammadning Fransiyaning Nantes klubiga bir yilga ijaraga olingani maʼlum qilingan edi. 2022-yilning 28-avgustida u klub safida Liga 1dagi birinchi golini Toulousega qarshi o‘yinda (3:1) kiritdi. 2022-yil 8-sentyabrda Muhammad Yevropa ligasida Olympiacos ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozongan o‘yinda Yevropa chempionatidagi ilk golini kiritdi.
Xalqaro faoliyati
Yoshlar terma jamoasi Muhammad 20 yoshgacha va 23 yoshgacha boʻlganlar darajalarida Misr terma jamoasida o‘ynagan. U 2019-yilgi Afrika 23 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Millatlar kubogida Misr sharafini himoya qilgan va Misrning guruh bosqichida Mali ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozongan oʻyinida yagona golga mualliflik qilgan. Muhammad keyingi ikkita o‘yinda: Gana ustidan 3:2 hisobidagi g‘alaba qozongan oʻyinda 1 ta gol va Kamerun ustidan 2:1 hisobidagi g‘alaba qozongan oʻyinda 2 ta gol urdi, shundan soʻng, Misr finalda Kot-d’Ivuarni 2:1 hisobida mag‘lub etib, ilk chempionligini qo‘lga kiritdi. Muhammad turnirning oltin butsasini qoʻlga kiritdi.
Kattalar terma jamoasi 2019-yil 23-mart kuni Muhammad Misr terma jamoasi safida Afrika Millatlar kubogi saralash bosqichida Nigerga qarshi safar oʻyinida 1:1 hisobida durang o‘ynadi. 2021-yil 5-sentyabrda u 2022 FIFA Jahon chempionati saralashida Gabonga qarshi o‘yinda (1:1) kattalar terma jamoasidagi birinchi golini kiritdi.
Shaxsiy hayoti 2020-yil 10-iyun kuni Muhammadning Hayat Salama bilan to‘yi bo‘lib o‘tdi.
Faoliyat statistikasi
Klub : +Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollarKlubMavsumLigaMilliy kubokLiga kubogiKontinentalBoshqaJamiDivizionIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarZamalek2016—2017Misr Premyer-ligasi00000020—202017—2018Misr Premyer-ligasi00001000—102019—2020Misr Premyer-ligasi29112010119—43202020—2021Misr Premyer-ligasi4200—00—42Jami33132020139005022El Dakhleya (ijara)2016—2017Misr Premyer-ligasi16300———163Tanta (ijara)2017—2018Misr Premyer-ligasi23600———236Talaʼea El Gaish (ijara)2018—2019Misr Premyer-ligasi291200———2912Galatasaroy (ijara)2020—2021Turkiya oliy ligasi16811—00—1792021—2022Turkiya oliy ligasi27711—130—418Jami43152200130005817Nantes (ijara)2022—2023Liga 115400—6210226Faoliyati jami15953422032111019866
Xalqaro
+Terma jamoa va yil boʻyicha ishtirok va gollar Milliy terma jamoa Yil Ishtirok Gollar Misr 2019-yil 2 0 2020-yil 2 0 2021-yil 5 2 2022-yil 14 4 Jami 23 6 Gollar va natijalar birinchi boʻlib Misrning gollari roʻyxatini koʻrsatadi. +Mustafo Muhammad tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati No. Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1 2021-yil 5-sentyabr Stade de Franceville, Franceville, Gabon 1-1 1-1 2022 FIFA Jahon kubogi saralashi 2 2021-yil 11-oktyabr Martyrs of February stadioni, Bingʻozi, Liviya 2-0 3-0 2022 FIFA Jahon kubogi saralashi 3 2022-yil 5-iyun Qohira xalqaro stadioni, Qohira, Misr 1-0 1-0 2023 Afrika Millatlar kubogi saralashi 4 2022-yil 14-iyun Seoul World Cup stadioni, Seul, Janubiy Koreya 1-2 1-4 Oʻrtoqlik uchrashuvi 5 2022-yil 23-sentyabr Borg El Arab stadioni, Qohira, Misr 2-0 3-0 Oʻrtoqlik uchrashuvi 6 2022-yil 18-noyabr Jaber Al-Ahmad xalqaro stadioni, Al-Quvayt, Quvayt 1-0 2-1 Oʻrtoqlik uchrashuvi
Yutuqlari Zamalek
Misr Premyer-ligasi: 2020—2021 Misr kubogi: 2018—2019 Misr Superkubogi: 2019—2020 CAF Superkubogi: 2020
Misr
Afrika Millatlar kubogi 2-oʻrin: 2021
Misr 23 yoshgacha
Afrika 23 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Millatlar kubogi: 2019
Individual
Afrika 23 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Millatlar kubogi „Oltin butsa“si: 2019
Manbalar
Havolalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Misrlik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Zamalek SC futbolchilari Turkum:Tanta SC futbolchilari Turkum:Galatasaray S.K. futbolchilari Turkum:FC Nantes futbolchilari Turkum:Misr Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Turkiya Super Ligasi futbolchilari Turkum:Liga 1 futbolchilari Turkum:Misrlik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Fransiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Turkiyadagi muhojir erkak futbolchilar