Lim Soo-hyang (koreyscha: 임수향; 1990-yil 19-aprelda tugʻilgan) — Janubiy Koreyalik aktrisa. Soo-hyang „New Tales of Gisaeng“ (2011) va „Inspiring Generation“ (2014) teleseriallarida bosh rollarni ijro etib shuhrat qozongan. Bir qator ikkinchi darajali rollardan so‘ng u „My ID is Gangnam Beauty“ (2018) romantikasi va „Graceful Family“ (2019) nomli sirli dramadagi ijrosi bilan keng eʼtirofga sazovor bo‘lgan. Soo-hyang „When I Was the Most Beautiful“ (2020), „Woori the Virgin“ (2022) va „Doctor Lawyer“ (2022) filmlarida ham suratga tushgan.
Faoliyati Soo-hyang 2009-yilda Chung-Ang universitetida oʻqib yurganida „4th Period Mystery“ filmida bir oz rol ijro etganidan so‘ng, 2011-yili suratga olingan „New Tales of Gisaeng“ nomli mashhur teleserialda mag‘rur raqqosa Den Sa-ran obrazi rolini o‘ynashga kirishgan. Im oʻzining ijrosi uchun bir nechta mukofotlarga nomzod boʻlgan va SBS Drama Awards mukofotining „Best New Star“ (Eng zoʻr yulduz) va Korea Drama Award mukofotining „Best New Actress“ (Eng zoʻr yangi aktrisa) nominatsiyasida gʻolib boʻlgan. Oʻsha yili u Paradise Ranch filmida ikkinchi darajali rolni oʻynagan va „Salamander Guru“ filmlarida qisqa rol ijro etgan.
Im „I do, I Do“ (2012) filmida raisning qizi obrazi, "ris II: New Generation" (2013) filmida ajoyib qotil obrazi kabi turli-tuman bosh rollar bilan o‘z faoliyatini yaxshilagan. „Inspiring Generation“ (2014) filmida oʻgay qiz, „Five Enough“ (2015) filmida kollejni tashlab ketgan talaba va „Blow Breeze“ (2015) filmidagi antagonist ayol rollari bilan shuxrat qozongan.
Im 2017-yilda „Lovers in Bloom“ filmida beva qolgan politsiyachining bosh rolini ijro etgan, buning uchun u KBS Drama Awards mukofotida „Best Actress in a Daily Drama“ nominatsiyasida gʻolib boʻlgan. Shuningdek, Im oʻsha yili tvN telekanalida efirga uzatiluvchi shu nomdagi Amerika serialiga asoslangan „Criminal Minds“ nomli dramada oʻzini qurbon boʻlib koʻrsatuvchi qotil obrazida rol ijro etgan.
Filmografiyasi
Filmlari Yil Nomi Rol Izohlar 2009 4th Period Mystery Im Soo-hyangning birinchi muxlisiKichik rol2013Iris 2: The MovieKim Yeon-hwa 2014 Love of the Sea (海洋之戀) Xitoy filmi 2016 Eun-ha Eun-ha
Teleserial Yil Nomi Rol Izohlar 2011 New Tales of Gisaeng Dan Sa-ran Paradise Ranch Lee Da-eun 2012 Salamander Guru and The Shadows Im Soo-min (Epizod 8) I Do, I Do Yeom Na-ri / Jang Na-ri 2013 Iris II: New Generation Kim Yeon-hwa 2014 Inspiring Generation Teguchi Gaya 2015 Great Stories: The Golden Days of Young-ja Oh Young-ja 2016 Five Enough Jang Jin-joo Blow Breeze Park Shin-ae / Kang Mi-jung 2017 Lovers in Bloom Moo Goong-hwa Criminal Minds Song Yoo-kyung 2018 Gangnam Beauty Kang Mi-rae Top Star U-back Herself (Epizod 3) 2019 Graceful Family Mo Seok-hee2020When I Was the Most BeautifulOh Ye-ji2022 Woori the Virgin Oh Woo-ri Doctor Lawyer Geum Seok-yeong 2023 Season of Kkokdu Han Gye-jeol
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1990-yilda tugʻilganlar Turkum:Janubiy Koreyalik aktrisalar Turkum:Alifbo boʻyicha aktrisalar