Olivier Schoenfelder (talaffuzi: Oliviye Shoinfelder; 1977 yil 30-noyabrda tugʻilgan) — muz ustida raqs boʻyicha musobaqalarda ishtirok etgan fransuz sobiq muz raqqosi va murabbiy. sherigi Isabelle Delobel bilan birga 2008-yilgi Jahon chempionatining gʻolibi, 2007-yilgi yevropa chempioni va 2008-yilgi Gran-pri finali chempioni boʻlgan.

Delobel va Schoenfelder juftligi yigirma yil davomida birga konkida uchib, 2010-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlaridan soʻng figurali uchishdan isteʼfoga chiqqan. Shaxsiy hayoti Schoenfelder onasi balet boʻyicha oʻqituvchi boʻlgani sabab konkida uchishdan oldin baletni oʻrgangan.

Schoenfelder 2005-yil may oyida Isabelle Pecheur bilan oila qurgan. Ularning 2006-yil 26-oktabrda dunyoga kelgan Gabriel ismli o‘g‘li bor. Faoliyati left|thumb| Isabelle Delobel va Olivier Schoenfelder 2008 — 2009-yilgi Gran-pri finalida Schoenfelder va Delobel 1990-yilda Irina Moiseyeva va Andrey Minenkov taklifiga koʻra murabbiy Lidi Bontemps tomonidan birlashtirilgan. Juftlik 1996 — 1997-yilgi mavsum oldidan kattalar darajasiga oʻtishdan oldin 1996-yilgi oʻsmirlar Jahon chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritgan. Ular 1999 Skate Canada musobaqasida birinchi bor Gran-pri bosqichi medalini qoʻlga kiritdilar. Faoliyatining boshida juftlikka Fransiyaning Lion shahrida Muriel Boucher-Zazui murabbiylik qilgan. Tatyana Tarasova va Nikolay Morozov 1998 — 2002-yillarda ularning xoreograflari boʻlgan va juftlik 2000 — 2002-yillarda Konnektikut shtatining Newington shahrida mashgʻulotlar oʻtkazgan.

Juftlik 2002 — 2003-yilgi mavsumda oʻzlarining ilk milliy chempionligini qoʻlga kiritgan. Delobel va Schoenfelder 2005 — 2006-yilgi mavsumda xoreograf Pasquale Camerlengo bilan ishlagan.

Schoenfelder va Delobel juftligi 2006-yilgi Olimpiadada ishtirok etgan va 4-oʻrinni egallab, bronza medali sohiblaridan ikki ochko ortda qolgan.

Schoenfelder va Delobel jufligi 2007-yilgi Yevropa chempionatida ikkinchi oʻrinni egallagan. Keyinchalik ular 2008-yilgi Jahon chempionatida gʻolib chiqishgan. Juftlik musobaqaning original va majburiy raqs namoyishlarida birinchi oʻrinni egallab, erkin raqsda ikkinchidan joy olishgan.

Dasturlari (Isabelle Delobel bilan) MavsumOriginal raqsErkin raqs2009 — 2010 French waltz: La Complainte de la butte French cancan: Jacques Offenbach La quête (Jacques Brel and Karl Hugo)2008 — 2009 Boogie Woogie Bugle Boy (The Andrews Sisters) The Great Gig in the Sky (Pink Floyd)2007 — 2008 Breton Gavotte:Replique (Djal) The Piano (Michael Nyman)2006 — 2007 Tango Volver (Maxime Rodriguez) The Untouchables (film) (Ennio Morricone)1994 — 1995 Quiero Saber Amor Amor

Natijalari (Isabelle Delobel bilan) NatijaXalqaroMavsum1994 — 951995 — 961996 — 971997 — 981998 — 991999 — 002000 — 012001 — 022002 — 032003 — 042004 — 052005 — 062006 — 072007 — 082008 — 092009 — 10Olimpiada1646Jahon chempionatlari1814111312964541Yevropa chempionati1512910743412Gran-pri finali566431GP Cup of China3GP Cup of Russia3GP Lalique/Bompard6777552332211GP NHK Trophy7431GP Skate America321GP Skate Canada7354GP Sparkassen5Bofrost Cup2Nebelhorn3Ondrej Nepela1Lysianne Lauret4Xalqaro: OʻsmirlarOʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chemp.42Odessa Trophy2Autumn Trophy14Ukraine Trophy2EYOF1MilliyFansiya Chemp.3 J.1 J.44322111111 GP = Gran-Pri; J. = Oʻsmirlar darajasi

Manbalar

Turkum:Asli Irlandiyalik amerikaliklar Turkum:Yashayotgan insonlar