Roman Vyacheslavovich Zozulya (1989-yil 17 noyabrda tugʻilgan) — ukrainalik professional futbolchi, Ispaniyaning Fuenlabrada klubida hujumchi sifatida oʻynaydi.

Ukraina Premyer-ligasida Kyivning „Dynamo“ va Dnipro klublarida oʻynagan. 2016-yilda Ispaniyaga kelib va „Real Betis“ shartnoma imzoladi. Klubda oltita La Liga oʻyinlarida ishtirok etdi. Albacete va Fuenlabrada jamoalarida 150 dan ortiq oʻyinlarida ishtirok etdi.

Zozulya 2010-yilda Ukraina terma jamoasi safida debyut qilgan. UEFA Yevro-2016da terma jamoasi sharafini himoya qilgan

Klublardagi faoliyati

Dynamo Kyiv Kiyevda tugʻilgan Zozulya dastlab „Dynamo-3“ va „Dynamo-2“ da oʻynagan. 2007—2008-yilgi mavsumdan soʻng asosiy jamoa — Dynamo Kyivga oʻtgan.

Dnipro Dniproopetrovsk 2011-yilda Zozulya Dnipro jamoasiga qoʻshilgan. 2014-yilning 27-fevralida Yevropa ligasi doirasida Tottenhamga qarshi o‘yinda Zozulya Jan Vertongenga bosh bilan zarba bergani uchun maydondan chetlatildi. „Tottenham“ oʻyinda 3 — 1 hisobida gʻalaba qozondi

Betis 2016-yilning 27 iyulida Zozulya La Liga vakili Real Betis bilan 3 yillik shartnoma imzoladi. 11-sentyabr kuni Valensiya qarshi oʻyinning 80-daqiqasida Álex Alegríaning oʻrniga maydonga tushdi, klub 3:2 hisobida gʻalaba qozondi. Klubda umumiy oltita oʻyin oʻtkazgan.

Rayo Vallecano Zozulya 2017-yilning qishidan mavsum oxirigacha ijara asosida Rayo Vallecanoda oʻynadi. Uning kelishi klub muxlislari tomonidan norozilik bilan kutib olindiUkrainians cry foul over accusations of neo-Nazi links against striker Zozulia, UNIAN (1 February 2017). 2017-yilning 1-fevralida Zozulya „Rayo“ muxlislarining salbiy munosabati tufayli shartnomasini bekor qildi va „Betis“ga qaytdiRoman Zozulya: Player’s Rayo Vallecano loan spell ends as fans call him Nazi, BBC News (1 February 2017).

Albacete 2017-yil 8-sentyabr kuni erkin agent Zozulya Albacete Balompié bilan bir yillik shartnoma imzoladi.

Fuenlabrada 2021-yilning 31-iyulida, Alba ligaga tushib ketganidan so‘ng, Zozulya ikkinchi diviziondagi CF Fuenlabra klub bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.

Xalqaro faoliyati Zozulya 2010-yilning 2-iyunida Oslodagi Ullevaal stadionida Norvegiyaga qarshi Ukraina terma jamoasi safida debyut qilgan. Zozulya oʻyinda gol urib 81-daqiqada almashtirildi. Yevro-2016 uchun Ukrainaning 23 kishilik terma jamoasiga chaqirilgan.

Faoliyat statistikasi

Klub

KlubMavsumLigaKubokYevropaSuper kubokJamiDiviziyaIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarDynamo Kyiv2007—2008Ukraina Premyer-ligasi10000000102008—20091113010001512009—20101121100101332010—2011120318100232Jami353729110526Dnipro Dnipropetrovsk2011—2012Ukraina Premyer-ligasi1532110001842012—201323820930034112013—2014247101040035112014—20151312091002422015—2016103421000155Jami85221133080012633Betis2016—2017La Liga6000000060Albacete2017—2018Segunda División3090000003092018—2019371100000037112019—20203840000003842020—2021242000000242Jami1352600000013526Jami faoliyati255511853991031365

Xalqaro

Ukraina Yil Ishtirok Gollar 2010-yil 1 1 2011-yil 0 0 2012-yil 4 0 2013-yil 9 2 2014-yil 7 0 2015-yil 1 0 2016-yil 11 1 Jami 33 4

Xalqaro Gollar Manba: # Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1. 2010-yil 2-iyun Ullevaal stadioni, Oslo, Norvegiya 0—1 0—1 Doʻstona 2. 2013-yil 22-mart Milliy stadion, Varshava, Polsha 1—3 1—3 JCh 2014 saralash 3. 2013-yil 15-noyabr Olimpiyskiy milliy sport majmuasi, Kiyev, Ukraina 1—0 2—0 JCh 2014 saralash 4. 2016-yil 29-may Stadio Olimpico Grande Torino, Turin, Italiya 1—1 3—4 Doʻstona

Yutuqlari Dynamo Kyiv

Ukraina Premyer-ligasi: 2008—2009 Ukraina Superkubogi: 2009, 2011

FK Dnipro Dnipropetrovsk

UEFA Yevropa Ligasi : 2014—2015-yilgi mavsum (ikkinchi oʻrin)

Manbalar

Turkum:Ispaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 2016 oʻyinchilari Turkum:Ukrainalik erkak futbolchilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Futbol assotsiatsiyasi hujumchilari Turkum:1989-yilda tugʻilganlar