Nina Ulanova (; 1978-yil 31-mayda tugʻilgan) — muz ustida figurali uchish boʻyicha rossiyalik raqqosa. Sobiq sherigi Mixail Stifunin bilan birga 1997-yildagi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempioni va 1998 Nebelhorn Trophy turniri chempioni boʻlgan.

Shaxsiy hayoti Nina Ulanova 1978-yilda Moskvada tugʻilgan. U Aleksey Ulanovning jiyani.

Faoliyati Nina Ulanova toʻrt yoshida konkida uchishni boshlagan va 11 yoshigacha murabbiy Rafael Arutyunyan qoʻl ostida konkida yakka holda uchish boʻyicha mashq qilgan, keyin esa Andrey Filippov guruhida muz ustida konki uchish raqslarini boshlagan.

Ulanova va uning sherigi Mixail Stifunin 1996-yilda Avstraliyaning Brisben shahrida oʻtkazilgan oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida beshinchi oʻrinni egallagan. 1996 — 1997-yilgi mavsumda ular 1997-yilda Janubiy Koreyaning Seul shahrida boʻlib oʻtgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritdilar. Musobaqadan soʻng Filippov Avstraliyaga koʻchib oʻtgan va Ulanova / Stifunin juftligi Alla Belyaeva guruhiga qoʻshilgan. Juftlik 1999-yilgacha birga konkida uchib, kattalar oʻrtasidagi Rossiya chempionatida beshinchi oʻrinni egallagan.

1999 — 2000-yilgi mavsumda Ulanova Aleksandr Pavlov bilan birgalikda musobaqalarda qatnashgan. Ular 2000-yilgi Rossiya chempionatida toʻrtinchi oʻrinni egallagan. Ularning hamkorligi taxminan 2001-yilda tugagan.

Professional faoliyati Muz ustida raqs guruhi „Holiday“ ga qoʻshilganidan soʻng, Ulanova yetti yil Martin Shimechek bilan, keyin uch yil davomida Mixal Zich bilan chiqishlar qilgan. 2011-yilda Ulanova Stiven Arnold bilan juftlikda ITV telekanalining "Dancing on Ice" koʻrsatuvining 6-mavsumida ishtirok etgan.

Musobaqalari

Pavlov bilan Xalqaro Musobaqa 2000 — 2001 Skate America 11 Nebelhorn Trophy 10 Tallin Trophy 2 Milliy Rossiya chempionati 4

Stifunin bilan Xalqaro Musobaqa 1995 — 96 1996 — 97 1997 — 98 1998 — 99 Nebelhorn 2 1 Skate Israel 3 2 Saint-Jervais 1Qishki Universiada 2 2 Xalqaro: Oʻsmirlar Jahon chempionati 5 1"Moviy qilichlar" musobaqasi 1Milliy Rossiya chemp. 5 6 Oʻsmirlar oʻrtasidagi Rossiya chemp. 2 1

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Rossiyalik figurali uchuvchilar