Tyler Graovac () (1993-yil 27-aprelda tugʻilgan) — kanadalik professional xokkeychi. Hozirda Tyler Graovac Kontinental xokkey ligasi (KHL) vakili „HC Vityaz“ xokkey jamoasi safida oʻynamoqda. Tyler Graovac „Minnesota Wild“ xokkey jamoasi safiga 2011-yilgi NHL kirish loyihasining 7-turida umumiy 191-oʻrindagi tanlov asosida qabul qilingan edi.
Oʻyin faoliyati Tyler Graovac Ontario xokkey ligasida (OHL) „Ottawa 67’s“ va „Belleville Bulls“ xokkey jamoalarida toʻrt mavsum davomida oʻynadi. Tyler Graovac OHLdagi 228 oʻyinida jami 58 gol, 72 golli uzatma va 76 penalti qayd etdi. Tyler Graovac OHLning eng yaxshi oʻyinchisi sifatida William Hanley kubogi bilan taqdirlangan edi.
2013-yil 2-aprelda „Minnesota Wild“ xokkey jamoasi Tyler Graovac bilan 750 000 dollarlik uch yillik ikki tomonlama boshlangʻich darajadagi shartnoma imzoladi.
2014—2015 mavsumida Tyler Graovac NHLdagi ilk oʻyinini 2014-yil 29-dekabrda „Winnipeg Jets“ xokkey klubiga qarshi „Minnesota Wild“ xokkey jamoasi safida oʻtkazdi.
2016-yil 5-oktyabrda Tyler Graovac „Minnesota Wild“ xokkey klubini tark etdi.
2017-yil 14-iyun kuni Tyler Graovac „Washington Capitals“ xokkey klubi safiga qoʻshildi. Tyler Graovac 2017—2018-yilgi mavsumni klubning asosiy jamoasi safida boshladi, ammo u, keyinchalik, klubning AHL filiali „Hershey Bears“ xokkey klubi safiga yuborildi.
2018-yilning 1-iyulida klubni erkin agent sifatida tark etgan Tyler Graovac „Calgary Flames“ xokkey klubi bilan bir yillik ikki tomonlama shartnoma imzoladi. 2018—2019-yilgi mavsumda Tyler Graovac „Calagary Flames“ xokkey klubining AHLdagi filiali „Stockton Heat“ xokkey klubi bilan oʻynadi.
2019-yil 1-iyulda Tyler Graovac Kanadaning boshqa klubi „Vancouver Canucks“ xokkey jamoasi bilan bir yillik ikki tomonlama shartnomaga rozi boʻldi. 'Vancouver Canucks" klubining oʻquv-mashgʻulot yigʻinidan soʻng, Tyler Graovac klubning AHL filiali „Utica Comets“ xokkey klubi safiga yuborildi.
2021-yil 26-iyulda Tyler Graovac Belarussiyaning Kontinental xokkey ligasi (KHL) klubi "Dinamo Minsk" xokkey klubi bilan bir yillik shartnomaga rozilik berib, xorijdagi birinchi shartnomasini imzoladi.
„Dinamo Minsk“ klubi bilan shartnomasini tugatgandan soʻng, Graovac 2022-yil 27-iyulda bir yillik shartnoma asosida Rossiyaning „HC Vityaz“ xokkey klubiga oʻtdi.
Faoliyat statistikasi Muntazam mavsumPley-off oʻyinlariMavsumKlubLigaOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenaltiOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenalti2009—2010Ottawa 67’sOHL52279171200022010—2011Ottawa 67’sOHL6610112110—————2011—2012Ottawa 67’sOHL508192731184610122012—2013Ottawa 67’sOHL302114358—————2012—2013Belleville BullsOHL30172138101561622172013—2014Iowa WildAHL6413122529—————2014—2015Iowa WildAHL7321254626—————2014—2015Minnesota WildNHL30000—————2015—2016Minnesota WildNHL20000—————2015—2016Iowa WildAHL395111620—————2016—2017Iowa WildAHL261051515—————2016—2017Minnesota WildNHL5272910—————2017—2018Washington CapitalsNHL50002—————2017—2018Hershey BearsAHL5312172912—————2018—2019Stockton HeatAHL6524265037—————2019—2020Utica CometsAHL112132—————2019—2020Vancouver CanucksNHL82022—————2020—2021Manitoba MooseAHL92790—————2020—2021Vancouver CanucksNHL143146—————2021—2022Dinamo MinskKHL441115262440114NHL jami841231520—————KHL jami441115262440114
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1993-yilda tugʻilganlar Turkum:Kanada xokkeychilari