Eron oshpazlik madaniyati tarixan qoʻshni xalqlar oshxonasiga, jumladan kavkaz, turk, levant, yunon, oʻrta osiyo va rus oshxonalariga kabi taʼsir koʻrsatgan. Vaqtlar mobaynida, Eron oshxonasining ayrim odat va xususiyatlari forslashgan musulmon sultonliklari va Oʻrta Osiyoda shakllangan Moʻgʻullar sulolasi orqali Hindiston va Pokiston oshxonalari tomonidan ham oʻzlashtirildi.

Taniqli Eron mahalliy taomlari – guruch,goʻsht, sabzavot va yongʻoq bilan kombinatsiyalashgan holda tayyorlanadi. Mahalliy barra koʻkatlar Eron taomnomasining ajralmas qismi boʻlib, doimiy bezak mahsulotlari hisoblanadi. Shuningdek, olxoʻri, anor, behi, oʻrik, oʻrik va mayiz kabilar fors oshxonasining asrlar mobaynidagi oʻzgarmas mevalaridir. Zaʼfaron, quritilgan limon va boshqa nordon taʼm manbalari, shu bilan bir qatorda doljin, zerdeçal va maydanoz kabi ajoyib xarakterli eron xushboʻylatuvchilari oʻzaro aralashtirlib, taomlarning asl siri deb ishoniladi.

Eronning har bir mintaqasining oʻziga xos taomlari bor. Ularning aksariyati milliy taomlar hisoblanib, mamlakatning hamma yerida tayyorlanadi va isteʼmol qilinadi. Eronning mashhur va mazali taomlaridan biri guruch va qoʻy yoki mol goʻshti bilan tayyorlanadigan Chelu kabobdir. Chelu joʻje, chelu xuresh va chelu moʻrgʻ keng tarqalgan Eron taomlaridandir. Aksariyat eronliklar anʼanaviy va mazali Eron shoʻrvasini ham yaxshi koʻradilar. Eron xalqining mol goʻshti, qoʻy, tovuq va baliq goʻshtiga boʻlgan muhabbati tufayli Eron oshxonasida turli xil va mazali taomlar mavjud. Eron taomlarining asosini guruchli taomlar, bodom, pista, qaynatilgan sabzi yoki apelsin qobigʻi va mayiz, bundan tashqari esa sabzavot va ziravorlar hamda vaqti-vaqti bilan goʻsht tashkil etadihttps://www.cultureofiran.com. Bundan tashqari Eron taomlari orasida ikra va qisqichbaqalar ham mavjud. Non va guruch eronliklarning asosiy taomidir. Eron noni juda xilma-xildir. Eron aholisining aksariyati ovqatlarini non bilan isteʼmol qiladilar. Ayron sovuq ichimlik, choy esa Eronda keng tarqalgan issiq ichimlik hisoblanadi. Eronliklar koʻpincha choyni boshqa ichimliklar, jumladan, qahvadan afzal koʻradilar.

Eron taomlari xorijda, ayniqsa London, San-Fransisko, Toronto, Xyuston va Los-Anjeles atrofidagi Eron diasporalarida tez-tez uchraydi.

Eron nonlari center|165x165px Lavash:yupqa, mayda va yumaloq shakldagi Eron va Kavkazda eng keng tarqalgan non.center|140x140px Sangak:toʻgʻri, toʻrtburchak yoki uchburchak shaklidagi xamirturushli yassi non.center|170x170px Taftun:yupqa, yumshoq va yumaloq shakldagi, lavashdan qalinroq xamirturushli yassi non.border|center|frameless|250x250px Tanur noni: tanur deb ataladigan tandirda pishirilgan xamirturushli non.center|185x185px Qandi non:shirin non, baʼzan brioshga oʻxshash.border|center|frameless|172x172px Barbari:qalin va oval yassi non.Tabriziy nomi bilan ham dongʻi ketgan.center|180x180px Baget:odatda kolbasa va sabzavotlar bilan toʻldirilgan uzun, tor fransuzcha non.center|165x165px Sheermal sut bilan toʻldirilgan shirin non.center|180x180px Komaj —zirali shirin xurmo non.

Guruch tayyorlash turlari Usul Tavsif Palov va chelov Chelov oddiy guruch boʻlib, shovla yoki kabobga qoʻshimcha sifatida ovqat tayyorlash jarayonida foydalaniladi. Guruch tuzlangan suvga solinib, soʻng qaynatiladi..Qaynatilgan guruch (chelov) quritiladi va bugʻda pishirish uchun qozonga solinadi. Bu usul guruch donalari ajratilgan va yopishib qolmagan juda yumshoq holga olib keladi. Non yoki kartoshka boʻlaklarining yupqa qatlami qozonning pastki qismida tadig deb ataladigan sariq choʻkma hosil qiladi. Goʻsht, sabzavot, yongʻoq va mevalar baʼzan qatlamlarga qoʻshiladi yoki chelov bilan aralashtirilib, keyin bugʻlanadi. Chelov qozondaligi payti, olov pasaytiriladi va ortiqcha bugʻ hosil boʻlmasligi uchun qozon qopqogʻi ostiga qalin mato yoki sochiq qoʻyiladi. Kateh Suvi toʻliq soʻrilmay pishiriladigan guruch. Bu Gilon viloyatining anʼanaviy taomidir. Dami Kate bilan deyarli bir xil usulda tayyorlanadigan guruch, lekin boshlangʻich usulda taom tarkibiga don va loviya kabi guruch bilan bir vaqtda pishiriladigan dukkakli mahsulotlar qoʻshiladi. Kateni tayyorlashda guruch va boshqa ingredientlar maromida pishguncha olov minimal darajada ushlab turiladi. Agar pechda uzoq vaqt mobaynida kuydirilmay, haddan ziyod pishirilmasa, dami va kate ham tadig hosil qilishi mumkin. Damining maxsus shakli tachin boʻlib, u yogurt, tovuq (yoki qoʻzichoq goʻshti) guruch, zaʼfaron shuningdek tuxum sarigʻining oʻzaro unutilmas kombinatsiyasidir. center|150x150px Sabzi palov—toʻgʻralgan oʻtlar, guruch, baliqdan tayyorlanadigan palov.center|150x150px Loviya palov—yashil loviya va qiyma goʻshtli guruch. Albalu palov—gilos va tovuq yoki qizil goʻsht boʻlaklari bilan guruch.center|150x150px Morasa palov—zirk, pista, mayiz, sabzi, apelsin qobigʻi va bodom bilan guruch.center|160x160px Shirin palov—shirin sabzi, mayiz va bodom bilan guruch.center|150x150px Adas palov—yasmiq, mayiz va xurmo bilan guruch.center|170x170px Baqqoli palov—fava loviya va arpabodiyon oʻti bilan guruch.center|160x160px Dampoxta—laym va loviya bilan guruch.center|160x160px Tachin—guruch, yogurt, tuxum, tovuq filesi va guruch.center|160x160px Kobuli palov—mayiz, sabzi, mol yoki qoʻzichoq goʻshti bilan guruch.center|160x160px Kalam palov—turli oʻtlar bilan bezaklangan guruch.center|160x160px Zereshk palov—barbaris va zaʼfaron bilan guruch.

Manbalar

Havolalar

10 ta ENG ZOʻR FORS TAOMLARI Turkum:Taomlar Turkum:Eron oshxonasi Turkum:Urf odat