Jori Jonatan Lehterä () (1987-yil 23-dekabrda tugʻilgan) — finlandiyalik professional xokkeychi. Jori Lehterä hozirda Liiga vakili „Tappara“ xokkey jamoasida oʻynaydi. Jori Lehterä 2014-yilgi qishki Olimpiada oʻyinlarida Finlandiya milliy xokkey terma jamoasi bilan bronza medalini qoʻlga kiritdi.

Oʻyin faoliyati Jori Lehterä „Jokerit“ xokkey klubining oʻsmirlar jamoasida tarbiyalangan. U 2006-yilning kuzida jamoaning SM-liiga roʻyxatidan joy olgan. Jori Lehterä 2006-yilda Shvetsiyada boʻlib oʻtgan 20 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida Finlandiya milliy xokkey terma jamoasi vakili sifatida tanlandi. Ammo Jori Lehterä ushbu musobaqada jarohati tufayli oʻynay olmadi. Shundan soʻ[ng, Jori Lehterä 2007-yilning aprel oyida „Tappara“ xokkey klubi bilan uch yillik shartnoma imzoladi.

Jori Lehterä „St. Louis Blues“ xokkey klubi safiga 2008-yilgi NHL kirish loyihasida uchinchi raundda, umumiy 65-oʻrindagi tanlov asosida qabul qilindi. Jori Lehterä 2008—2009-yilgi mavsumda „St. Louis Blues“ xokkey klubining Amerika xokkey ligasi (AHL) boʻlimi boʻlgan „Peoria Rivermen“ xokkey jamoasida oʻynash uchun Shimoliy Amerikaga koʻchib oʻtdi. Biroq, Jori Lehterä „Peoria Riverman“ xokkey klubi tarkibida atigi yettita o‘yin o‘tkazib, Finlandiyadagi „Tappara“ xokkey klubi safiga qaytib keldi. Oʻsha mavsumda Jori Lehterä SM-liiganing eng qimmat o‘yinchisi (MVP) deb topildiJori Lehterä lainasopimuksella rapakon taakse | Jääkiekko | Iltalehti.fi.

Shundan soʻng, Jori Lehterä Kontinental xokkey ligasi vakili (KHL) Yaroslavlning „Lokomotiv Yaroslavl“ xokkey jamoasida bir mavsum oʻynadi. Keyin, Jori Lehterä 2011-2014 -yillar oraligʻida KHL jamoasi "HC Sibir Novosibirsk" xokkey klubida oʻzining faoliyatini davom ettirdi. 2014-yil Rossiyaning Sochi shahrida boʻlib oʻtgan qishki Olimpiada oʻyinlarida Finlandiya milliy xokkey terma jamoasi safida oʻynadi. Musobaqada jamoa bronza medali sohibi boʻldi.

2014-yilning 1-iyulida Jori Lehterä „St. Louis Blues“ xokkey klubi bilan ikki yillik 5,5 million dollarlik shartnoma imzoladi.

Shaxsiy hayoti Jori Lehteräning amakisi Tero Lehterä Finlandiya milliy xokkey terma jamoasi safida 1995 -yilgi xokkey boʻyicha jahon chempionati oltin medali sohibi boʻlgan.

2018-yil sentyabrida Finlandiya politsiyasi Jori Lehteräning uyida reyd o‘tkazdi va uning uyidan kokain musodara qilindi. Jori Lehterä oʻsha paytda uyda boʻlmagan, ammo politsiya uni kokain tarqatuvchi shaxs deb gumon qiladi. 2019-yil 1-yanvarda politsiya Jori Lehterä koakainni faqat sotib olganligi va uni tarqatishga aloqasi yoʻqligi haqida bayonot berdi.

Faoliyat statistikasi

Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari Muntazam mavsumPley-off oʻyinlariMavsumKlubLigaOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenaltiOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenalti2003—2004JokeritFIN U18190662531402004—2005JokeritFIN U1830133750247651122005—2006JokeritFIN U203914334716414502006—2007JokeritFIN U202418486620517822006—2007JokeritSM-l28661214—————2007—2008TapparaSM-l54132942321142682008—2009TapparaSM-l589384734—————2008—2009Peoria RivermenAHL701127112102009—2010TapparaSM-l57195069589191082010—2011Lokomotiv YaroslavlKHL531621373818033142011—2012Sibir NovosibirskKHL2510162610—————2012—2013Sibir NovosibirskKHL5217294646302202013—2014Sibir NovosibirskKHL48123244221006622014—2015St. Louis BluesNHL7514304448502202015—2016St. Louis BluesNHL79925343820369102016—2017St. Louis BluesNHL647152234813442017—2018Philadelphia FlyersNHL6235814602202018—2019Philadelphia FlyersNHL2712333—————2018—2019Lehigh Valley PhantomsAHL51234—————2019—2020SKA Saint PetersburgKHL5115153026—————2020—2021Spartak MoscowKHL419354417402262021—2022Spartak MoscowKHL451029392151120Liiga jami19747123170138205111616KHL jami31589177266180401141522NHL jami3073477111167394131714

Xalqaro Yil Jamoa Tadbir Natija Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti 2010-yil Finlandiya WC 6 5 0 0 0 0 2014-yil Finlandiya OG 6 1 3 4 0 2014-yil Finlandiya WC 10 3 9 12 10 2016-yil Finlandiya WCH 8 3 0 0 0 2 Jami 24 4 12 16 12

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1987-yilda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha xokkeychilar‎ Turkum:Finlandiya xokkeychilari