Hugh S. Jessiman () (1984-yil 28-martda tugʻilgan) – amerikalik sobiq professional xokkeychi.
Oʻyin faoliyati Hugh Jessiman Connecticut shtatining Darien shahrida oʻsgan va Greenwichdagi Brunswick maktabida taxsil olgan. Yoshligida Hugh Jessiman 1998-yilda Quebecdagi Xalqaro Pee-Wee xokkey turnirida "New Jersey Devils' kichik xokkey jamoasi bilan oʻynagan. Hugh Jessiman 2003-yilda NHLga kirish loyihasida „New York Rangers“ xokkey klubi safiga 12-oʻrindagi tanlov asosida qabul qilindi.
2008-yil 30-oktyabrda Hugh Jessiman „Nashville Predators“ xokkey klubi safiga qoʻshildi.
2010-yil 4-avgustda Hugh Jessiman 2010—2011-yilgi mavsum uchun „Chicago Blackhawks“ xokkey klubi bilan bir yillik shartnoma imzoladi. 2010-yil 27-sentyabrda „Blackhawks“ klubining oʻquv-mashgʻulot yigʻinida qatnashganidan soʻng, Hugh Jessiman klubning Amerika Xokkey Ligasi (AHL) filiali „Rockford IceHogs“ xokkey jamoasiga tayinlandi.
Hugh Jessiman 2011-yil 9-fevralda Michael Frolik va Alexandr Salak evaziga „Florida Panthers“ xokkey klubiga (Jack Skille va David Pacan bilan birga) almashtirildi. 2011-yil 27-fevralda Hugh Jessiman uzoq kutilgan NHLdagi debyut oʻyinini „Florida Phanters“ xokkey klubi safida „New Jersey Devils“ xokkey klubiga qarshi uchrashuvda (2-1 hisobida gʻalaba) oʻtkazdi.
Keyingi mavsumda Hugh Jessiman klub bilan NHL shartnomasini tuza olmadi. Keyin Hugh Jessiman 2011—2012-yilgi mavsumni boshlash uchun AHL vakili „Lake Erie Monsters“ xokkey klubi bilan professional sinov shartnomasini imzoladi. Hugh Jessiman „Monsters“ xokkey klubi bilan 43 ta oʻyinda maydonga tushib, AHL karyerasidagi eng yuqori koʻrsatkichiga – 20 ta golga erishdi.
2012-yil 3-iyulda Hugh Jessiman „Ottava Senators“ xokkey klubi bilan bir yillik ikki tomonlama shartnoma imzoladi. Biroq, 2012—2013-yilgi NHL lokavti tufayli Hugh Jessiman toʻgʻridan-toʻgʻri „Ottawa“ klubining AHL filialiga, „Binghamton Senators“ xokkey klubiga tayinlandi.
2013-yil 23-may kuni Hugh Jessiman Xorvatiyaning „KHL Medveščak Zagreb“ xokkey jamoasi bilan bir yillik shartnoma imzoladi. 2013—2014-yilgi mavsumda Hugh Jessiman hujumkor oʻyin koʻrsata olmadi.
Faoliyat statistikasi Muntazam mavsumPley-off oʻyinlariMavsumKlubLigaOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenaltiOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenalti2001—2002Brunswick SchoolHS-Prep1825275240—————2002—2003Dartmouth CollegeECAC3423244748—————2003—2004Dartmouth CollegeECAC3416173371—————2004—2005Dartmouth CollegeECAC1211218—————2005—2006Charlotte CheckersECHL2513102356—————2005—2006Hartford Wolf PackAHL467111866200002006—2007Charlotte CheckersECHL2012102252—————2006—2007Hartford Wolf PackAHL49761379710192007—2008Hartford Wolf PackAHL711824421545011212008—2009Hartford Wolf PackAHL60002—————2008—2009Milwaukee AdmiralsAHL632072710010202102009—2010Milwaukee AdmiralsAHL78202242111—————2010—2011Rockford IceHogsAHL2532527—————2010—2011Florida PanthersNHL20005—————2010—2011Rochester AmericansAHL2553847—————2011—2012Lake Erie MonstersAHL432052575—————2011—2012Abbotsford HeatAHL247121933823562012—2013Binghamton SenatorsAHL68101929155300082013—2014KHL Medveščak ZagrebKHL37831172400022014—2015Vienna CapitalsEBEL72244—————AHL jami4981171112288493554954NHL jami20005—————
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1984-yilda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha xokkeychilar Turkum:AQSh xokkeychilari