Ida Cogswell Bailey Allen (1885-yil 30-yanvar — 1973-yil 16-iyulU. S., Social Security Death Index, 1935-2014) amerikalik oshpaz va yozuvchi boʻlib, bir vaqtlar xalq orasida „Millatning uy bekasi“ nomi bilan tanilgan. 50 dan ortiq oshxona mavzusida kitoblar yozgan. Allenning antiqa ovqat kitoblarini mutaxassislar Patricia Edwards va Peter Peckham „haqiqiy boylik“ deb taʼriflagan.

Tarjimai holi Allen 1885-yilda AQSHning Konnektikut shtati Danielson shahrida tugʻilganMassachusetts, Marriage Records, 1840-1915DeLong, Thomas A. (1996). Radio Stars: An Illustrated Biographical Dictionary of 953 Performers, 1920 through 1960. McFarland & Company, Inc. . P. 9..

Faoliyati 1924-yildan boshlab Allen Sunday New York American gazetasining oziq-ovqat sahifasi muharriri boʻlib ishladi. 1928-yilga kelib Allen ikki soatgacha kengaygan muntazam kunduzgi radio shousini olib bordi. U nafaqat shouda ishtirok etdi, balki oʻz mahsulotlarini tayyorladi va sotdi. Allen bitta kompaniya shouga homiylik qilishdan koʻra reklama orqali mahsulot sotishni afzal koʻrgan. Radiodagi faoliyati 1932-yilda tugadi. Soʻng Columbia Broadcasting Systemda yana bir pazandachilik shousini boshladi. Allen televideniyaning birinchi ayol oshpazi boʻldi.

Bailey Allen Good Housekeeping jurnalining muharriri boʻlib, „Three Meals a Day“ maqolasini yozgan. Shuningdek, Pictory Review va Womanʼs World jurnallarining iqtisodiyot boʻlimi muharriri boʻlgan. Allen Milliy radio klubining prezidenti va asoschisi boʻlgan.

Bir paytlar Allen New York shahridagi Madison Avenue uyida yashagan. U yerga tashrif buyuruvchilar yaʼni Allenning xodimlari ovqat pishirish uchun yangi retseptlar ishlab chiqishlari va sinab ko‘rishlari mumkin edi. 1932-yilda Allen Coca-Cola uchun yozgan "When You Entertain" nomli reklama kitobi shu qadar mashhur boʻlganki, olti oy ichida 375 000 nusxa sotilgan.

Oʻlimi Allen 1973-yil 16-iyulda Konnektikut shtatining Norvalk shahrida vafot etgan.

Nashr etilgan asarlari right|thumb|200x200px| Allen xonimning oshxona kitobi, 1917, Allen tomonidan yozilgan koʻplab oshxona kitoblaridan biri. Bu Allenning nashr etilgan asarlarining qisman roʻyxati.

For The Bride — Helpful Hints Practical Suggestions and Valuable Records. Reuben Donnelley Corp., Chicago 1922 & 1923. Home Partners, or, Seeing the Family Through, Privately Printed, 1924

Your Foods and You, PF Collier & Son, 1929

Gastronomique: A Cookbook for Gourmets, 1962 Best Loved Recipes of the American People, 1973

Manbalar

Turkum:1973-yilda vafot etganlar Turkum:1885-yilda tugʻilganlar