Yevgeniya Borisovna Kosigina (; 1995-yil 20-martda tugʻilgan) — muz ustida raqs boʻyicha musobaqalarda qatnashgan rossiyalik sobiq figurali uchuvchi. Sherigi Nikolay Moroshkin bilan bilan birga Xalqaro konkida uchishn ittifoqi tominidan oʻtkazilgan Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri turnirida oltita medalni qoʻlga kiritgan va uch marta oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida kuchli oʻntalikka kirgan.

Faoliyati Yevgeniya Kosigina Moroshkin bilan 2010-yil iyun oyida juftlikda konkida uchishni boshlagan.

2010—2011-yilgi mavsumda Kosigina / Moroshkin juftligi Fransiyaning Kurchevel shahrida bo‘lib o‘tgan oʻzlarining birinchi oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri musobaqasida bronza medalini qo‘lga kiritgan. Germaniyaning Drezden shahrida oʻtkazilgan ikkinchi musobaqada ular oltin medalni qoʻlga kiritgan. Ushbu medallar juftlikka oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri finaliga yoʻllanma bergan va juftlik musobaqada qatnashib oltinchi oʻrinni egallagan. 2011-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi Rossiya chempionatida Kosigina / Moroshkin juftligi bronza medalini qoʻlga kiritgan, keyin esa 2011-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida oltinchi oʻrinni egallagan.

Kosigina / Moroshkin 2011 — 2012-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri turnirida qatnashib, Latviyada oʻtkazilgan guruhda kumush, Estoniyada esa bronza medalini qoʻlga kiritgan. Juftlik2012-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi Rossiya chempionatida beshinchi oʻrinni egallagan va oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatiga yoʻllanmani qoʻlga kirita olmagan.

Kosigina / Moroshkin juftligi 2012 — 2013-yilgi mavsumga tayyorgarlik jarayonida murabbiy Igor Shpilbanddan qoʻshimcha darslar olgan. Juftlik Nyu-Yorkning Lake Plasid va Xorvatiyaning Zagreb shaharlarida o‘tkazilgan musobaqalarda bir juft kumush medalni qo‘lga kiritgan va Rossiyaning Sochi shahrida bo‘lib o‘tgan oʻsmirlar oʻrtasidagi finalda oltinchi o‘rinni egallagan. Keyin ular 2013-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi Rossiya chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritgan va 2013-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida oltinchi oʻrinni egallaganlar.

Dasturlari (Moroshkin bilan) MavsumQisqa raqsErkin raqs2014 — 2015 Malagueña Connie Francis España cañí Vai vedrai Balade Au Bout D’une Échelle 2013 — 2014 Bei mir bist du schoen Puppini Sisters Juke Box Dimie Cat Bei mir bist du schoen Puppini Sisters Flamenco Oblivion Astor Piazzolla2012 — 2013 Blues and swing:

Capone Ronan Hardiman Liberian Girl Michael Jackson2011 — 2012 Chilly Cha Cha ? Walpurgisnight2010 — 2011 Shar Goluboy () Waltz No. 7 Frédéric Chopin

Natijalari CS: Challenger seriyasi ; JGP: oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri

Kosigina bilan Xalqaro Musobaqa 10/11 11/12 12/13 13/14 14/15 Qishki Universiada 4 Golden Spin of Zagreb (Zagrebning oltin konkisi) 5 Warsaw Cup 4 Muz yulduzi 2 Xalqaro: oʻsmirlar Jahon chemp. 6 6 9 finali 6 6 Xorvatiya 2 Estoniya 3 Fransiya 3 Germaniya 1 Latviya 2 Polsha 4 Amerika Qoʻshma Shtatlari 2 Istanbul kubogi 2-J Milliy Rossiya chemp. 6 Rossiya oʻrtasidagi oʻsmirlar chemp. 3 5 2 4 J = oʻsmirlar darajasi Manbalar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Rossiyalik figurali uchuvchilar