Barot sulton — mangʻitlar sulolasidan, Buxoro xoni Muhammad Rahimning ukasi. 1756—1758-yillarda Buxoro xonligida Samarqand bekligi hokimi. Tarixi Barot sulton mangʻit urugʻidan boʻlgan Muhammad Hakimbiy xonadonida tugʻilgan. Mangʻitlar sulolasining asoschisi Muhammad Rahimxon Samarqand va Oʻratepaani bosib olgach, ukasi Barot sultonni Samarqandga hokim etib tayinlaydiAlexander Burnes, Travels into Bokhara being the account of a journey from India to Cabool, Tartary and Persia. Volume II. New Delhi, Madras, Asian educational services, 1992, s.358Istoriya Kazaxstana v persidskix istochnikax. T.2. Almati: Dayk-press, 2005, s.282.. 1758-yilda Muhammad Rahimxon vafotidan keyin Buxorodan bir qancha viloyatlar ajralib chiqdi. Oʻratepa va Xoʻjand hokimi, yuz urugʻidan boʻlgan Fozilbiy Samarqand, Kattaqoʻrgʻon, Xatirchi va Jizzaxni egallaydi, natija Barot sultonning Samarqanddagi hukmronligi oʻz nihoyasiga yetadi. Manbalar

Turkum:Mangʻitlar sulolasi Turkum:Tarixiy shaxslar Turkum:Samarqand beklari