thumb|Eylatdagi neft punkti thumb|Trans-Isroil quvur liniyasi xaritasi Trans-Isroil quvuri (), shuningdek, Tipline, Eylat-Ashkelon quvur liniyasi yoki Yevropa-Osiyo quvur liniyasi deb ataladi. Qizil dengizdagi Aqaba koʻrfazidan Oʻrta yer dengizigacha choʻzilgan Isroildagi neft quvur hisoblanadi. U dastlab Erondan olinadigan neftni Isroil va Yevropaga tashish uchun qurilgan.
254 km, Ashkelondagi maxsus pristandan Qizil dengizdagi Eylat portigacha boʻlgan 42 dyuymli quvur quvvati etadi va kuniga va teskari yoʻnalishda yetkazish imkoniyatiga ega hisoblanadi. Quvur Eilat Ashkelon quvur liniyasi kompaniyasiga (EAPC) tegishli va boshqariladi u Isroildagi boshqa bir qancha neft quvurlarini ham boshqaradi.
Tarix Quvur 1968-yilda Isroil va Eron oʻrtasida 50/50 % qoʻshma korxona sifatida qurilgan. Biroq 1979-yilgi Eron Islom inqilobida Shoh Muhammad Rizo Pahlaviy hokimiyatdan ag‘darilgach, ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar uzilganidan keyin Eron quvurdan foydalanishni to‘xtatadi.
2003-yilda Isroil va Rossiya oʻrtasida Novorossiyskdan Ashkelonga tankerlar orqali yetkazilgan, qolaversa Osiyoga joʻnatish uchun Eylatdagi tankerlarga qayta yuklangan rus neftini Osiyo bozorlariga yetkazib berish toʻgʻrisida kelishuv imzolandi. Shunday qilib, neft dastlab moʻljallanganiga teskari yoʻnalishda oqadi. Evropadan Osiyoga boradigan bu yoʻl Afrika boʻylab anʼanaviy yoʻlga qaraganda qisqaroq va Suvaysh kanali orqali yoʻlga qaraganda arzonroqqa tushadi.
2014-yil dekabr oyida quvurning janubiy uchi yaqinidagi buzilish Evrona qoʻriqxonasiga yirik neftning toʻkilishiga olib keldi.
2020-yil sentabr oyida esa Amirlik neftini quvur orqali Qizil dengizdan O‘rtayer dengiziga tashish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishiladi.
2021-yil may oyida 2021-yilgi Isroil-Falastin inqirozida G‘azodan otilgan raketa tufayli quvurning Ashkelon omboridagi saqlash tanki talofat koʻradi.
Eronning qonuniy daʼvosi 1979-yilda neft quvur olib qo‘yilgandan so‘ng, Eron Isroilga qarshi tovon puli talab qildi. 2016-yil 27-iyun kuni Shveysariya Federal tribunali ishni Eron foydasiga hal qilib 1,1 milliard dollar undirdi.
Manba