left|thumb|250x250px|Kitagata Jinʼya manzilgohi Yaponiyadagi Gifu prefekturasining Motosu tumanida joylashgan shaharchadir. 2018-yil 1-noyabr holatiga koʻra, shaharchada 7449 ta xonadonda 18410 nafar aholi istiqomat qilgan va aholi zichligi 1 km2 ga 3600 kishidan toʻgʻri kelganKitagata town official statistics . Shaharning umumiy maydoni 5,18 kvadrat kilometrni (2,00 mi²) tashkil etdi. Maydoni boʻyicha Gifu prefekturasidagi eng kichik shaharcha hisoblanadi.
Geografiyasi Kitagata Gifu prefekturasining janubidagi Nobi tekisligida joylashgan.
Iqlimi Shahar iqlimi issiq va nam yoz hamda yumshoq qish bilan tavsiflanadi (Köppen iqlim tasnifi Cfa). Kitagatada oʻrtacha yillik harorat 15,3 °C ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻingarchilik miqdori 1990 mm boʻlib, sentyabr esa eng seryogʻin oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 27,9 °C, eng past harorati esa yanvarda, 3,9 °C atrofida boʻladiKitagata climate data.
Qoʻshni munitsipalitetlar
Gifu prefekturasi Gifu Motosu Mizuho
Demografiyasi Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻraKitagata population statistics, Kitagata aholisi soni oʻnlab yillar davomida kuchli oʻsishdan soʻng yaqinda pasayishni boshlagan.
Tarixi Kitagava atrofidagi hudud anʼanaviy Mino viloyatining bir qismi boʻlgan. Edo davrida u Tokugava syogunatiga qarashli Kano domenining bir qismi edi. Meidzi restavratsiyasidan keyingi kadastr islohotlari davomida hudud Gifu prefekturasining Motosu tumaniga aylantirildi. Kitagata shahri 1889-yilda zamonaviy munitsipalitetlar tizimining oʻrnatilishi bilan tashkil etilgan. Shahar 1891-yilgi Mino-Ovari zilzilasidan jiddiy zarar koʻrgan, natijada 602 uy vayron boʻlgan va 62 kishi halok boʻlgan.
Taʼlim tizimi Kitagatada uchta davlat boshlangʻich maktabi hamda shahar hukumati tomonidan boshqariladigan bitta davlat oʻrta maktabi faoliyat yuritadi. Shaharda Gifu prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan bitta davlat yuqori maktabi ham mavjud.
Transport
Temir yoʻl
Kitagatada yoʻlovchi temir yoʻl xizmati mavjud emas.
Magistral yoʻl
Milliy yoʻnalish 157 Galereya
Manbalar
Havolalar
Kitagata official website
Turkum:Gifu prefekturasidagi shaharchalar Turkum:Kitagata (Gifu)