Feliks Klaus (1992-yil 13-sentyabrda tugʻilgan) — nemis professional futbolchisi, 2. Bundesliga vakili Fortuna Düsseldorf klubida qanot himoyachisi.
Klublardagi faoliyati
Greuther Fürth left|thumb| Klaus Greuther Fürthda, 2012-yil Klaus oʻzining professional faoliyatini SpVgg Greuther Furth bilan boshlagan va 2010—2011-yilgi 2. Bundesliga mavsumida debyut qilgan. Mavsum oxirida muxlislar tomonidan „Mavsumning eng yaxshi oʻyinchisi“ deb topildi, jamoasi Bundesligaga oʻtdi. 2012-yil 31-avgustda Greuther Fürthning Bundesligadagi ilk golini 1. FSV Mainz 05ga qarshi o‘yinda kiritdi.
SC Freiburg 2013-yil 20-may kuni Klaus SC Freiburgga oʻtdi. 3-oktyabr kuni UEFA Yevropa ligasi doirasida „Sevilla“ ga qarshi oʻyinda (2:0) debyut qildi. 2014-yilning 25-yanvarida „Bayer“ga qarshi oʻyinda (3:2) so‘nggi daqiqalarda gol urdi; natijada klub quyi ligaga tushib ketish zonasidan chiqdi.
Hannover 96 2015-yil 30-iyun kuni Klaus „Freiburg“ jamoasidan „Hannover 96“ safiga kelib qo‘shildi va to‘rt yillik shartnoma imzoladi. 9-avgust kuni DFB Pokalda KSV Hessen Kasselga qarshi oʻyinda (2:0) debyut qildi. 24-oktyabr kuni „Eintracht Frankfurt“ga qarshi oʻyinda (2:1) klubdagi birinchi golini kiritdi.
VfL Wolfsburg 2018-yilning 31-yanvarida Klaus yozgi transferlar oynasida VfL Wolfsburgga oʻtishi eʼlon qilindi. Biroq mavsum oldidan, avgust oyida operatsiya qilinishi aytildi. 12-avgust kuni Berlinda operatsiya qilindi va keyin Klaus Instagramda hammasi yaxshi ekanligi haqida yozdi.
Fortuna Düsseldorfga ijara 2021-yilning 14-yanvarida Klaus Fortuna Düsseldorfda mavsum oxirigacha ijara asosida oʻynadi.
Xalqaro faoliyati Klaus 2015 yilgi UEFA U-21 Yevropa chempionatida Germaniyaning 21 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi safida oʻynagan.
Shaxsiy hayoti Klaus Osnabryukda tugʻilgan boʻlsa-da, 5 yoshida Frankoniyaga koʻchib oʻtdi. Otasi Fred Klaus sobiq futbolchi va hozirda murabbiy.
Faoliyat statistikasi
Klub
+Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollarKlubMavsumLigaKubokQitʼaJamiDiviziyaIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarGreuther Fürth II2009—2010Regionalliga41——412010—2011Regionalliga143——1432011—2012Regionalliga51——512012—2013Regionalliga54——54Jami289——289Greuther Fürth2010—20112. Bundesliga18200—1822011—20122. Bundesliga20220—2222012—2013Bundesliga24200—242Jami62620—646SC Freiburg2013—2014Bundesliga21500102252014—2015Bundesliga31230—342Jami5273010567Hannover 962015—2016Bundesliga18120—2012016—2017Bundesliga30633—3392017—2018Bundesliga28410—294Jami761163—8214VfL Wolfsburg2018—2019Bundesliga15110—1612019—2020Bundesliga1801040230Jami3312040391Jami faoliyati251341335026937
Eslatmalar
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Germaniyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari