Mirko Hrgović (; 1979-yil 5-fevralda tugʻilgan) — bosniyalik futbol murabbiyi va sobiq futbolchi. Hozirda HNK Šibenikda yordamchi murabbiy boʻlib ishlaydi. Hrgović faoliyatining asosiy qismini Xorvatiya vakili Hajduk Split va Dynamo Zagreb hamda Germaniya Bundesligasining VfL Wolfsburg klublarida oʻtkazgan

Klublardagi faoliyati

NK Široki Brijeg Hrgović Xorvatiyada oʻyinlari eʼtiborga olinmaganidan keyin Bosniya va Gersegovina terma jamoasida oʻynashga qaror qilgan. Bosniya-Gersegovinaning NK Shiroki Brijeg klubida oʻynab, Bosniya va Gersegovina fuqaroligini oldi va Blaž Sliškovićning taklifini qabul qildi. Bosniya va Gersegovina Premyer-ligasida Posušje va NK Široki Brijeg, J1 ligasida Gamba Osaka va JEF United Chiba, Germaniya Bundesligasida VfL Wolfsburg, 1.NHLda Hajduk Split, Zagrebning Dinamo klublarida oʻynagan

NK Dynamo Zagreb 2008-yilning 18-iyulida Hrgović Dynamo Zagreb bilan 3 yillik shartnoma imzolandi. „Hajduk“dan „Dynamo“ga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tmagan bo‘lsa-da, „Hajduk“ va „Dinamo“ muxlislari o‘rtasida ancha bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi. Hrgovićga nisbatan oʻlim bilan tahdid qilish (shu jumladan, uning qoʻgʻirchogʻi „Dynamo“ stadioni panjarasiga osib qoʻyilgani) qayd etilgan.

Greuther Fürth 2009-yil 17-iyulda SpVgg Greuther Fürth bilan ikki yillik shartnoma imzoladi va 2009-yil 25-noyabrda klubni tark etdi.

NK Široki Brijeg Hrgović 2010-yil mart oyida oʻzining sobiq klubi NK Široki Brijeg bilan shartnoma imzoladi.

Xalqaro faoliyati thumb|300x300px| Bosniya-Gersegovinaning UEFA Yevro-2004 saralash bosqichidagi tarkibi. Hrgović Bosniya va Gersegovina terma jamoasi safida 2003-yil fevralida Uelsga qarshi safarda o‘tkazilgan o‘rtoqlik o‘yinida debyut qilgan. Terma jamoa safida jami 29ta o‘yin o‘tkazib, 2ta gol urgan. 2006-yilda Blaž Slišković isteʼfoga chiqqanidan soʻng yangi murabbiy Fuad Muzurović qoʻl ostida, keyin esa Meho Kodro boshchiligida bir qancha uchrashuvlarda oʻynadi. Miroslav Blaževich murabbiy boʻlganida va Hrgović oʻz klubida yaxshi oʻynamagani uchun bir necha oʻyinga chaqirilmadi. Lekin Estoniya va Ispaniyaga qarshi soʻnggi JCh-2010 saralashida Bosniya jamoasiga chaqirildi. Soʻnggi terma jamoadagi oʻyini 2009-yil oktyabr oyida FIFA Jahon chempionati saralashida Ispaniyaga qarshi boʻldi.

Faoliyat statistikasi

Klub Klub faoliyati Liga Mavsum Klub Liga Ishtirok Gollar Xorvatiya Liga 1999—2000 Hajduk Split Prva HNL 0 0 2000—2001 2 0 Yaponiya Liga 2001 Gamba Osaka J1 ligasi 4 0 Bosniya va Gersegovina Liga 2001—2002 Široki Brijeg Premyer-liga 0 0 2002—2003 35 15 Germaniya Liga 2003—2004 Wolfsburg Bundesliga 16 0 2004—2005 7 0 Xorvatiya Liga 2005—2006 Hajduk Split Prva HNL 13 4 2006—2007 30 0 2007—2008 19 2 Yaponiya Liga 2008 JEF United Chiba J1 ligasi 7 0 Xorvatiya Liga 2008—2009 Dynamo Zagreb Prva HNL 25 2 Germaniya Liga 2009—2010 Greuther Fürth 2. Bundesliga 7 0 Bosniya va Gersegovina Liga 2009—2010 Shiroki Brijeg Premer-liga 12 0 Mamlakat Xorvatiya 89 8 Yaponiya 11 0 Bosniya va Gersegovina 47 15 Germaniya 30 0 Jami 177 23

Milliy terma jamoa Bosniya va Gersegovina terma jamoasi Yil Ishtirok Gollar 2003-yil 7 0 2004-yil 4 0 2005-yil 2 0 2006-yil 8 2 2007-yil 6 1 2008-yil 1 0 2009-yil 1 0 Jami 29 3

Xalqaro gollar

Bosniya va Gersegovinaning gollari hisobi va natijalari birinchi boʻlib:

+ # Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1. 2006-yil 2-sentyabr Taʼ Qali stadioni, Taʼ Qali 2 — 1 5 — 2 Yevro-2008 saralashi 2. 2007-yil 13-oktyabr Olimpiya stadioni (Afina), Afina 1 — 1 2 — 3 Yevro-2008 saralashi

Manbalar

Havolalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Bosniya va Gersegovinalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari