Demetrio Albertini (1971-yil 23-avgustda tugʻilgan) — italiyalik sobiq professional yarim himoyachi, Parma klubining sport direktori hamda Italiya Futbol Federatsiyasi (IFF) vitse-prezidenti. Futbolchi 90-yillarda Milan futbol klubi afsonalaridan biri boʻlib, oʻsha davr Italiya terma jamoasining asosiy oʻyinchilaridan biridir. Oʻz faoliyatining katta qismini Italiya A seriyasining Milan jamoasida oʻtkazgan va koʻplab sovrinlarni, jumladan, besh karra A seriya va ikki marta UEFA Chempionlar ligasini qoʻlga kiritgan. U, shuningdek, oʻzining soʻnggi mavsumini Barselona klubida oʻtkazgan va oʻsha yili, faoliyati tugashidan avval, Ispaniya La ligasida jamoasi bilan gʻolib chiqqan.

Italiya terma jamoasining muhim aʼzosi boʻlgan Albertini 1994 va 1998-yilgi jahon chempionatlarida, shuningdek, 1996- va 2000-yilgi Yevropa chempionatlarida jamoasi bilan ishtirok etgan. 1994-yilgi jahon chempionati va 2000-yilgi Yevro chempionati finaliga qadar yetib borgan right|thumb|287x287px| Yosh Albertini (Padovada harakat qilgan paytlari)][Fayl:Maglia_di_demetrio_albertini_indossata_nel_2000,_02.JPG|right|thumb|229x229px| Albertinining Yevro 2000 Italiya libosi Florensiyadagi Futbol muzeyidan oʻrin olgan Parma FC oʻzini bankrot deya eʼlon qilganidan soʻng, Albertini klub boshqaruviga klub maʼmurlari uchun futbol maslahatchisi etib tayinlangan. Albertini Football Manager nomli harakat simulyatori oʻyin franshizasining tadqiqotchilaridan biri hisoblanadi.

Albertini Italiya terma jamoasi tarkibida 1991—2002-yillar davomida 79 marotaba maydonga tushib, 3 ta gol kiritgan. U 1991-yil 21-dekabrda Kipr futbol terma jamaosiga qarshi oʻyinda (2:0) debyut qilgan. 1992-yilda Barselona shahrida boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiya oʻyinlarida milliy terma jamoa harakat qilgan. Xuddi shu yili Italiyaning 21 yoshgacha boʻlgan futbolchilari bilan 21 yoshgacha boʻlgan terma jamoalar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida gʻolib chiqqan. Futbolchi oʻz mamlakati uchun 1994- va 1998-yilgi jahon chempionatlarida, Yevro 1996 va Yvro 2000 turnirlarida toʻp tepgan.

Shaxsiy hayoti Albertini xristian-katolik diniga eʼtiqod qiladi.

Faoliyat statistikasi

Klublarda +Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha uchrashuvlar va gollarKlubMavsumLigadaKubokdaYevropadaBoshqaUmumiyDivizionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarAC Milan1988–89Serie A1000——101989–901000——101990–910020——201991–9228350——3331992–932926071104331993–9426300131204141994–9530240110204721995–963003050—3801996–972982051103791997–9828092——3721998–9929230——3221999–20002611050103312000–0112020112—2522001–022404080—360Total293214126557040628Padova (loan)1990–91Serie B285———285Atlético Madrid2002–03La Liga28221——303Lazio2003–04Serie A2324080—352Atalanta2004–05Serie A14121——162Barcelona2004–05La Liga50—10—60Career total391314947457052140

Manbalar

Havolalar

Statistics at FIGC official site Biografia di Demetrio Albertini

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Italiyalik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:FC Barcelona futbolchilari Turkum:Atlético Madrid futbolchilari Turkum:AC Milan futbolchilari Turkum:Calcio Padova futbolchilari Turkum:SS Lazio futbolchilari Turkum:Atalanta BC futbolchilari Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:Serie A futbolchilari turkum:Italiyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Ispaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:UEFA Chempionlar ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar Turkum:UEFA Yevro 1996 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 2000 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 1994 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 1998 oʻyinchilari