Kenny Ryan () (1991-yil 10-iyulda tugʻilgan) —amerikalik professional xokkeychi. Kenny Ryan hozirda erkin agent hisoblanadi. U yaqinda Shveysariya ligasida (SL) „HC Thurgau“ xokkey klubi bilan oʻynadi. Kenny Ryan „Toronto Maple Leafs“ xokkey klubi safiga 2009-yilgi NHL kirish loyihasida 50-oʻrindagi tanlov asosida qoʻshilgan edi.

Oʻyin faoliyati Kenny Ryan 2007-yildan boshlab ikki mavsum davomida AQSh milliy xokkey jamoasini rivojlantirish dasturi doirasida yoshlar xokkeyi oʻynadi. Kenny Ryan „Honeybaked AAA“ rivojlanish dasturidan jamoaga qoʻshildi. Kenny Ryan 2009—2010-yilgi mavsumda „Spitfires“ xokkey klubi safida debyut qildi. 2010—2011-yilgi mavsumda Kenny Ryan 60 ta oʻyinda 58 ochko toʻplagan edi.

Kenny Ryan „Toronto Maple Leafs“ xokkey klubi safiga 2009-yilgi NHL kirish loyihasida 50-oʻrindagi tanlov asosida qoʻshildi.

2011-yil 26-mayda Kenny Ryan „Maple Leafs“ xokkey klubi bilan uch yillik boshlangʻich darajadagi shartnoma imzoladi. „Leafs“ klubidagi birinchi mavsumida Ryan oʻz vaqtini jamoaning AHL filiali „Toronto Marlies“ xokkey klubi va ularning ECHL filiali „Reading Royals“ xokkey klublari oʻrtasida taqsimladi. 2013—2014-yilgi mavsum yakunlangach, „Leafs“ klubi Ryanga yangi shartnoma taklifini bildirmadi va natijada u 2014-yilning 1-iyulida erkin agentga aylandi.

Kenny Ryan 2014-yil 18-sentabrda professional sinov shartnomasi asosida „Colorado Avalanche“ xokkey klubining 2014 oʻquv-mashgʻulot yigʻinida qatnashish taklifini qabul qildi. Keyinchalik Kenny Ryan AHL filialiga, „Lake Erie Monsters“ oʻquv-mashgʻulot lageriga tayinlandi.

Mavsumdan keyin erkin agent sifatida qolgan Ryan „Anaheim Ducks“ xokkey klubining 2015-yilgi oʻquv-mashgʻulot yigʻinida qatnashish uchun sinovdan oʻtishga rozi boʻldi. Yigʻin yakunida Ryan klub safiga qabul qiulinadi va 2015-yil 28-sentyabrda AHL filiali „San Diego Gulls“ klubi bilan shartnoma tuzishga kelishib oldi.

Kenny Ryan 2017-yilning 28-avgustida ECHLning „Wheeling Nailers“ klubi bilan bir yillik shartnomaga rozilik berdi.

Shimoliy Amerikada oʻzining dastlabki 7 professional mavsumini oʻtkazganidan soʻng, Ryan 2018-yil 6-iyulda Shveysariya Ikkinchi ligasining vakili „HC Thurgau“ xokkey klubi bilan bir yillik shartnoma imzoladi.

Shaxsiy hayoti Ryan Michigan shtatining Franklin qishlogʻida tugʻilib oʻsgan va u yerda „Colorado Avalanche“ xokkey klubi himoyachisi Jack Johnson bilan qoʻshni boʻlgan.

Faoliyat statistikasi

Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari   Muntazam mavsum Pley-off oʻyinlariMavsumKlubLigaIshtirokGolGolli uzatmaOchkoPenaltiIshtirokGolGolli uzatmaOchkoPenalti2007—2008AQSHning 18 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar milliy xokkey terma jamoasiNAHL361081853—————2008—2009AQSHning 18 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar milliy xokkey terma jamoasiNAHL16491312—————2008—2009AQSHning 18 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar milliy xokkey terma jamoasiInd6227224950—————2009—2010Windsor SpitfiresOHL521421353319325142010—2011Windsor SpitfiresOHL6021375842184812252011—2012Toronto MarliesAHL161019—————2011—2012Reading RoyalsECHL32131023185325272012—2013Toronto MarliesAHL5991221389000132013—2014Toronto MarliesAHL5051116601414522014—2015Lake Erie MonstersAHL7312172934—————2015—2016San Diego GullsAHL41641010200002015—2016Utah GrizzliesECHL22130—————2016—2017Cincinnati CyclonesECHL18671318—————2016—2017San Diego GullsAHL82132—————2016—2017Indy FuelECHL267132010—————2017—2018Wheeling NailersECHL973100—————2018—2019HC ThurgauSL3821728121034727AHL (jami)2473545801532514515

Xalqaro Yil Jamoa Tadbir Natija Ishtirok Gol Golli uzatma Ochko Penalti 2008-yil Qoʻshma Shtatlar WHC17 6 1 2 3 6 2009-yil Qoʻshma Shtatlar WJC18 7 4 1 5 6 Jami 13 5 3 8 12

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1991-yilda tugʻilganlar