Marin Aničić () (1989-yil 17-avgustda tugʻilgan) — Bosniyalik professional futbolchi, Bosniya Premyer-ligasining „Sarayevo“ klubida markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi.

Aničić professional faoliyatini „Zrinjski Mostar“ jamoasida boshlagan, 2014-yilda „Astana“ klubiga oʻtgan. Besh yil oʻtgach, u Konyaspor jamoasiga koʻchib oʻtgan. 2022-yilda u Sarayevo jamoasi bilan shartnoma imzolagan.

Bosniya va Gersegovina terma jamoasining sobiq yoshlar terma jamoasida Aničić 2016-yilda oʻzining xalqaro miqyosdagi debyutini oʻtkazgan.

Klubdagi faoliyati

Ilk faoliyat yillari Aničić oʻzining tugʻilgan shahri „Zrinjski Mostar“ klubining yoshlar akademiyasida ilk futbol bilimlarini olgan. U 2007-yilning 28-noyabrida 18 yoshida „Slaviya“ga qarshi professional debyut oʻyinini oʻtkazgan. 2008-yil 2-aprelda u Orasje ustidan jamoasi bilan gʻalaba qozonib, oʻyinda oʻzining birinchi professional golini kiritgan.

Astana 2014-yil fevralida Aničić Qozogʻistonning „Astana“ klubiga nomaʼlum toʻlov evaziga transfer qilingan. 15-mart kuni u jamoadagi rasmiy debyutini „Jetisu“ga qarshi oʻyinda oʻtkazgan, U klub bilan oʻzining birinchi kubogini 9-noyabr kuni qoʻlga kiritpft, oʻshanda ular oʻz tarixida birinchi marta liga chempioni boʻlishgan edi.

Aničić 2015/2016-yilgi mavsumda „Astana“ga UEFA Chempionlar Ligasidagi ilk tarixiy uchrashuvini oʻtkazishda yordam bergan. 2015-yil 15-sentyabrda u „Benfika“ ga qarshi bahsda debyut qilgan. Ikki oy oʻtgach, u turnirdagi birinchi golini xuddi shu raqib darvozasiga kiritgan va bu uning jamoadagi birinchi goli boʻlgan.

Aničić 2016-yilning 20-martida „Ordabasi“ga qarshi oʻyinda ligadagi ilk golini kiritgan. Avgust oyida u shartnomasini 2019-yil iyunigacha uzaytirgan. 2-oktyabr kuni u jamoa safidagi 100-oʻyinini oʻtkazgan.

U 2019-yilning 14-aprelida klub safidagi 200-uchrashuvida maydonga tushgan.

Konyaspor Avgust oyida Aničić Turkiyaning „Konyaspor“ jamoasi bilan ikki yillik shartnoma imzolagan. U klubdagi debyutini 18-avgust kuni Ankaragücüga qarshi oʻtkazgan. 2020-yil 25-iyul kuni u Konyaspor safidagi ilk golini Alanyaspor darvozasiga kiritgan.

2021-yil yanvar oyida u tizzasidan ogʻir jarohat olgan, unga oldingi xoch bogʻlami uzilishi tashxisi qoʻyilgan va kamida olti oyga safdan chiqgan. U 28-noyabr kuni jarohatdan oʻn oy oʻtib maydonga qaytgan.

Faoliyatining keyingi bosqichi 2022-yil iyun oyida Aničić Sarayevo jamosiga koʻchib oʻtgan.

Xalqaro faoliyati Aničić bir necha yil davomida Bosniya va Gersegovinaning 21 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi aʼzosi boʻlgan.

2015-yil avgust oyida u Belgiya va Andorraga qarshi UEFA Yevro-2016 saralash bosqichi uchun terma jamoadan birinchi chaqiruvni olgan. Ammo uLyuksemburg terma jmoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida debyut qilgan. Bu oʻyin 2016-yilning 25-martida oʻtkazilgan.

Faoliyat statistikasi

Klub +KlubMavsumLigaMamlakat KubogiQitʼaBoshqaJamiDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolZrinjski Mostar2007—2008Bosniya Premyer Ligasi4110--512008—2009Bosniya Premyer Ligasi2307040-3402009—2010Bosniya Premyer Ligasi2416020-3212010—2011Bosniya Premyer Ligasi2705020-3402011—2012Bosniya Premyer Ligasi24330--2732012—2013Bosniya Premyer Ligasi23171--3022013—2014Bosniya Premyer Ligasi1602040-220Jami1416311120-1847Astana2014Qozogʻiston Premyer Ligasi2702040-3302015Qozogʻiston Premyer Ligasi29030111104422016Qozogʻiston Premyer Ligasi27320103104072017Qozogʻiston Premyer Ligasi24000121103712018Qozogʻiston Premyer Ligasi27000121104012019Qozogʻiston Premyer Ligasi142003010182Jami1485705265021211Konyaspor2019—2020Süper Lig28100--2812020—2021Süper Lig2011--312021—2022Süper Lig1030--40Jami31141--352Sarajevo2022—2023Bosniya Premyer Ligasi1000--10Jami321124226465043220

Xalqaro +Terma jamoada yil boʻyicha oʻyin va gollar Milliy terma jamoa YilOʻyin Gol Bosniya va Gersegovina 2016-yil 1 0 Jami 1 0

Yutuqlari Zrinjski Mostar

Bosniya Premyer-ligasi : 2008—2009 Bosniya kubogi : 2007—2008

Astana

Qozogʻiston Premyer-ligasi : 2014, 2015, 2016, 2017, 2018 Qozogʻiston kubogi : 2016-yil Qozogʻiston Superkubogi : 2015, 2018, 2019

Manbalar

Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Bosniya va Gersegovinalik erkak futbolchilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Sportchilar