left|thumb|270x270px|Minamiaiki qishlogʻi — Yaponiyaning Nagano prefekturasida joylashgan qishloq. 2019-yil 1-aprel holatiga koʻra, qishloqda 430 ta xonadonda 1057 nafar aholi istiqomat qilganMinamiaiki Village official statistics ,, aholi zichligi 1 km² ga 16 kishidan toʻgʻri keladi. Qishloqning umumiy maydoni 66,05 kvadrat kilometr (25,50 mi²) ni tashkil etadi.
Geografiyasi Minamiaiki togʻli sharqiy Nagano prefekturasida joylashgan boʻlib, sharqda Gunma prefekturasi bilan chegaradosh. Qishloq hududining 90 % dan ortigʻini togʻlar va oʻrmonlar tashkil etadi. Qishloq hududi oʻrtacha 1000 dan 1200 metrgacha balandlikda joylashgan. Minamiaiki toʻgʻoni ushbu qishloq ichida bunyod etilgan.
Atrofdagi munitsipalitetlar
Nagano prefekturasi Kitaaiki Kumi Minamimaki Kavakami Gunma prefekturasi Ueno
Iqlimi Qishloqda issiq va nam yoz hamda sovuq qish (Köppen iqlim tasnifi Dfb) bilan ajralib turadigan nam kontinental iqlim mavjud. Minamiaikidagi oʻrtacha yillik harorat 7,4 °C ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1537 mm boʻlib, sentyabr esa eng seryogʻin oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 20,1 °C, eng past harorati esa yanvarda, −4,7 °C atrofida boʻladiMinamiaiki climate data.
Demografiyasi Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻraMinamiaiki population statistics, Minamiaiki aholisi soni 1950-yildagi eng yuqori choʻqqisiga chiqqandan buyon oʻsha sonning yarmidan koʻprogʻiga kamaydi.
Tarixi Hozirgi Minamiaiki hududi qadimgi Shinano viloyatining bir qismi boʻlib, qishloq haqida Muromachi davri yozuvlarida qayd etilgan. Bu hudud Edo davrida Tokugava syogunatining bevosita boshqaruvi ostidagi tenryo hududlari tarkibiga kiritilgan. Hozirgi Minamiaiki qishlogʻi 1889-yil 1-aprelda zamonaviy munitsipalitetlar tizimining oʻrnatilishi bilan tashkil etilgan.
Taʼlim tizimi Minamiaiki qishloq hukumati tomonidan boshqariladigan bitta davlat boshlangʻich maktabiga ega. Qishloqda qoʻshni Kitaaika bilan hamkorlikda ochilgan davlat oʻrta maktabi faoliyat yuritadi. Qishloqda yuqori maktab mavjud emas.
Transport
Temir yoʻl
Qishloqda yoʻlovchi temir yoʻl xizmati mavjud emas.
Magistral yoʻl
Qishloq aholisiga hech qanday milliy avtomagistrallar xizmat koʻrsatmaydi. Galereya
Manbalar
Havolalar
Official Website
Turkum:Nagano prefekturasidagi qishloqlar Turkum:Minamiaiki (Nagano)