Liam James McAlinden () (1993-yil 26-sentyabrda tugʻilgan) — professional futbolchi. Liam McAlinden Milliy liga vakili „Wrexham“ futbol klubida hujumchi sifatida oʻynaydi.

Oʻyin faoliyati

Wolves Liam McAlinden oʻzining birinchi professional shartnomasini 2010-yilda „Wolves“ futbol klubi bilan imzolagan.

Hujumchi Liam McAlindenning bobosi irlandiyalik. Shuning uchun u Shimoliy Irlandiyani yoshlar darajasida himoya qilgan edi. Liam McAlinden Angliyada tugʻilgan edi. Biroq, 2013-yil iyun oyida u Irlandiya Respublikasiga sodiqligini oʻzgartirdi.

2013-yil oktyabr oyida Liam McAlinden Birinchi liga vakili „Shrewsbury Town“ futbol klubiga uch oyga ijaraga berildi. Liam McAlinden „Gillingham“ klubiga qarshi oʻyinda zaxiradan maydonga tushib klub safidagi ilk oʻyinida raqib darvozasiga gol urishga muvaffaq boʻldi.

2014-yil oktyabr oyida Liam McAlinden „Fleetwood Town“ futbol klubiga uch oylik ijara shartnomasi asosida qoʻshildi. Biroq, „Fleetwood“ klubi uchun dastlabki 5 oʻyinida ikki marta gol urganidan soʻng, Liam McAlinden asosiy klubidagi jarohatlar oʻrnini qoplash uchun chaqirildi.

Liam McAlinden 2015-yilning iyulida yarim mavsumlik ijara asosida ikkinchi marta „Shrewsbury Town“ futbol klubiga qayta qoʻshildi. 2016-yilning mart oyida u „Crawley Town“ futbol klubi bilan 2015—2016-yilgi mavsum oxirigacha amal qiladigan ijara shartnomasini imzoladi.

Exeter City 2016-yil 31-may kuni Liam McAlinden Ikkinchi liga klubi „Exeter City“ bilan shartnoma imzoladi. Liam McAlinden 2016-yilning 13-avgustida „Hartlepool United“ futbol klubiga qarshi oʻyinda (2:1) „Exeter“ safidagi ilk golini kiritdi.

Cheltenham Town "Exeter" klubini tark etganidan keyin Liam McAlinden 2018-yil 28-iyulda Ikkinchi liga vakili „Cheltenham Town“ futbol klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. 2018-yil 15-dekabrda McAllinden dastlabki oylik ijara asosida „Brackley Town“ klubiga qoʻshildiCheltenham Townʼs former Wolves and Exeter City striker makes loan switch to Brackley Town, gloucestershirelive.co.uk, 15 December 2018. . Keyin u bir oydan soʻng „Cheltenham“ klubiga qaytib keldi va ikki kundan soʻng Liam McAlinden „Kidderminster Harriers“ klubiga ham bir oyga ijaraga berildiMcAlinden joins Harriers, harriers.co.uk, 18 January 2019. . Klub 2019-yil 21-fevralda hujumchining ijara shartnomasi mavsum oxirigacha uzaytirilganini eʼlon qildiMcAlinden extends stay, harriers.co.uk, 21 February 2019. .

Halifax Town FC 2019—2020-yilgi mavsum boshida Liam McAlinden „Halifax Town“ futbol klubi bilan shartnoma imzoladi.

Stockport County 2020-yil 14-yanvarda Liam McAlinden „Stockport County“ futbol klubi bilan shartnoma imzoladi .

Wrexham 2021-yil 9-iyulda Liam McAlinden Milliy Liga vakili „Wrexham“ futbol klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.

Faoliyat statistikasi

KlubMavsumLigaMilliy kubokLiga kubogiBoshqaJamiDiviziyaIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarWolverhampton Wanderers2012—2013Chempionat100000—102013—2014Birinchi liga710010211022014—2015Chempionat601010—802015—2016Chempionat000000—00Jami141102021192Shrewsbury Town (ijara)2013—2014Birinchi liga93———93Fleetwood Town (ijara)2014—2015Birinchi liga194———194Shrewsbury Town (ijara)2015—2016Birinchi liga80100021111Crawley Town (ijara)2015—2016Ikkinchi liga61———61Exeter City2016—2017Ikkinchi liga3250020323772017—2018Ikkinchi liga292411021364Jami6174130537311Cheltenham Town2018—2019Ikkinchi liga6000101080Brackley Town (ijara)2018—2019Milliy liga51——1061Kidderminster Harriers (ijara)2018—2019Milliy liga150———150FC Halifax Town2019—2020Milliy liga271010—002810Stockport County2019—2020Milliy liga92——0092Morecambe2020—2021Ikkinchi liga282103051373Wrexham2021—2022Milliy liga12030—10160Jami219311119017625638

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Angliyalik erkak futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar