Elias Kachunga () (1992-yil 22-aprelda tugʻilgan) — professional futbolchi. Elias Kachunga „Bolton Wanderers“ futbol klubida hujumchi sifatida oʻynaydi. Germaniyada tugʻilgan Kachunga Kongo DR milliy futbol terma jamoasi safida xalqaro oʻyinlarda qatnashadi.

Shaxsiy hayoti Elias Kachunga Germaniyaning Haan shahrida tugʻilgan. Kachunganing otasi kongolik, onasi esa nemisdir.

Klublardagi oʻyin faoliyati Kachunga dastlabki faoliyatini Germaniyadagi „Borussia Mönchengladbach“, „VfL Osnabrück“, „Herta BSC“ va „SC Paderborn“ futbol klublarida oʻtkazgan. „Paderborn“ futbol klubi quyi ligaga tushib ketganidan soʻng, Elias Kachunga 2015-yil iyun oyida „Ingolshtadt 04“ futbol klubi safiga qoʻshildi. Elias Kachunga 1,7 million yevro evaziga klub safiga qoʻshildi va bu koʻrsatkich klub tarixidagi rekord transferni oʻrnatgan ediThorsten Felske (4 July 2015). . Elias Kachunga 2016-yil iyun oyida Angliya chempionati vakili „Huddersfield Town“ futbol klubi bilan mavsumiy ijara shartnomasini imzoladi. U 2016-yilning 6-avgustida klub safida ilk oʻyinini oʻtkazdi va „Brentford“ futbol klubiga qarshi oʻyinda (2:1) birinchi golini kiritdi. 2017-yilning 22-martida „Huddersfield“ Kachunganing ijara shartnomasini doimiy transferga aylantirish uchun „Ingolshtadt 04“ futbol klubiga 1,1 million funt toʻladi.

2017-yilning dekabr oyida Elias Kachunga jarohati sababli uch oyga safdan chiqqan edi.

Elias Kachunga 2019—2020-yilgi mavsum oxirida „Huddersfield“ futbol klubini tark etdi.

2020-yil 2-sentyabrda Elias Kachunga „Sheffield Wednesday“ futbol klubi bilan bepul transferga imzo chekdi.

2021-yilning 20-mayida shartnoma muddati tugagach, Elias Kachunganing mavsum oxirida „Sheffield Wednesday“ futbol klubini tark etishi eʼlon qilindi.

2021-yilning 6-avgustida Elias Kachunga „Bolton Wanderers“ futbol klubi bilan shartnoma imzoladi. U bir kundan keyin „Milton Keynes Dons“ futbol klubiga qarshi kechgan oʻyinda zaxiradan maydonga tushdiBBC Sport: „Bolton Wanderers 3-3 Milton Keynes Dons“.

Faoliyat statistikasi KlubMavsumLigaMilliy kubokLiga kubogiBoshqaJamiDiviziyaIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarBorussia Mönchengladbach II2009—2010Gʻarbiy liga40———402010—2011Gʻarbiy liga241———2412011—2012Gʻarbiy liga1812———1812Jami47130000004713Borussia Mönchengladbach2010—2011Bundesliga2000——202011—2012Bundesliga0000——002012—2013Bundesliga0000——00Jami2000000020VfL Osnabrück (ijara)2011—2012Uchinchi liga171000——1710Hertha BSC II (ijara)2012—2013Regionalliga Nordost43———43Hertha BSC (ijara)2012—2013Bundesliga2010——30SC Paderborn (ijara)2012—2013Bundesliga13300——133SC Paderborn2013—2014Bundesliga33620——3562014—2015Bundesliga32600——326Jami55122000005712FC Ingolstadt 042015—2016Bundesliga10000——1002016—2017Bundesliga0000——00Jami100000000100Huddersfield Town (ijara)2016—2017Chempionat42122011304813Huddersfield Town20171208Premer liga1910020—2212018—2019Premer liga2001010—2202019—2020Chempionat3630010—373Jami754104000814Sheffield Wednesday2020—2021Chempionat2700021—291Bolton Wanderers2021—2022Birinchi liga3222220504142022—2023Birinchi liga160102120211Jami482324170625Jami35259927310038165

Manbalar

Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Germaniyalik erkak futbolchilar Turkum:Kongo Demokratik Respublikasilik erkak futbolchilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Bundesliga futbolchilari Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar