Olga Dmitriyevna Markova (; 1974-yil 22-yanvarda tugʻilgan) — yakka holda musobaqalarda qatnashgan rossiyalik sobiq figurali uchuvchi, hozir murabbiy, xoreograf va texnik mutaxassis boʻlib faoliyat yuritadi. Olga Yevropa chempionatining ikki karra medal sohibasi (1994-yilda bronza va 1995-yilda kumush) va 1994-yilda Rossiyada oʻtkazilgan milliy chempionatning gʻolibi boʻlgan.

Faoliyati Markova oʻzining xoreografiyasi bilan hakamlar eʼtiborini tortgan. Uning figurali uchish boʻyicha jahon chempionatidagi eng yuqori koʻrsatkichi 1995-yilda beshinchi oʻrinni egallaganida sodir boʻlgan. Oʻsha yili u oltin va kumush medal sohiblari Lu Chen va Surya Bonalini ortda qoldirib, qisqa dastur namoyishidan keyin ikkinchi oʻrinni egallagan. Ammo, erkin dasturdagi kamchiliklari tufayli pastki oʻrinlarga tushib ketgan.

Markova jarohat olganidan soʻng ham 1995—1996-yilgi mavsum musobaqalarida qatnasha boshladi. Milliy terma jamoaga kiritilgan Markova, Rossiya chempionatida qatnashib 3-oʻrinni egalladi, ammo Yevropa chempionatida atigi 11-oʻrindan joy oldi. Olga 1996—1997-yilgi mavsumda boʻlib oʻtgan Rossiya chempionatida Irina Slutskayani magʻlub etib, 2-oʻrinni egallaganiga qaramay, xalqaro musobaqalarda yaxshi natijalarga erisha olmadi. Olga 1997-yil dekabr oyida oʻtkazilgan Rossiya chempionatida 9-oʻrindan joy olganidan soʻng, terma jamoaga kiritilmadi va professional sportchi faoliyatini boshladi.

Markova 1998-yilda professional faoliyatini boshladi va Ispaniyaning Yaka shahrida boʻlib oʻtgan professional figurali uchish boʻyicha jahon chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritdi.

Markova Kristina Oblasovaga murabbiylik qilganBiography va xoreografiya boʻyicha saboqlar bergan. Hozir Adrian Alvaradoga murabbiylik qilmoqda.

Dasturlari MavsumQisqa dasturErkin dastur1994—95 Harlem Nocturne Miss Saigon1993—94 - Space Opera

Natijalari GP: (Gran-pri) Xalqaro Musobaqa90 — 91 91 — 92 92 — 93 93 — 94 94 — 95 95 — 96 96 — 97 97 — 98 Jahon chempionati 10 5 12 Yevropa chempionati 12 3 2 11 8 finali 6 5 Skate Canada 4 6 Rossiya kubogi 3 2 NHK Trophy 3 Millatlar kubogi 4 Inter. de Parij 4 Nebelhorn Trophy 2 NHK Trophy 7 5 Schäfer xotirasi 3 Skate America 7 Skate Kanada 2 Milliy Rossiya chempionati 4 1 2 3 2 9 Sovet chempionati 4

Manbalar

Turkum:1974-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Rossiyalik figurali uchuvchilar