Andrey Olegovich Lazukin (ruscha: Андрей Олегович Лазукин; 1997-yil 19-noyabr, Tolyatti, Samara viloyati, Rossiya) — yakka holda musobaqalarda qatnashadigan rossiyalik figurali uchuvchi. Rossiya kubogi finali (2019) gʻolibi, Lombardia Trophy 2018 turniri va 2019-yilgi jamoalar oʻrtasidagi jahon chempionatining bronza medali sovrindori.

Andrey Lazukin 2019-yil 5-mart holatiga koʻra, Xalqaro konkida uchish ittifoqi (ISU) reytingida 44-oʻrinni egallagan.

Faoliyati Andrey uch yoshligida uni ota-onasi konkida uchish maktabiga olib kelishgan. Andrey 2010—2011-yilgi mavsumgacha 1-sonli sport maktabida (Togliatti) Irina Baranova murabbiyligida shugʻullangan. Andrey 13 yoshligida uni murabbiy Aleksey Nikolayevich Mishin Stariy Oskolda oʻtkazilgan musobaqalarda payqab qolib, Sankt-Peterburgda joylashgan oʻzining guruhiga taklif qildi. Andrey 2010-yilda Sankt-Peterburgga koʻchib oʻtib, bugungi kunga qadar Mishin guruhida mashq qilmoqda.

Andrey 2012-yilda Lintsda boʻlib oʻtgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichida debyut qildi. Musobaqa natijalariga koʻra u yettinchi oʻrindan joy oldi. Rossiyalik figurali uchuvchi oʻzining ilk kattalar oʻrtasidagi Rossiya chempionatida 10 uchinchi oʻrinni egalladi. Oʻsmirlar oʻrtasidagi Rossiya chempionatida Andrey 8inchi oʻrindan joy oldi. 2013—2014-yilgi mavsumda Meksikada oʻtkazilgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichida ishtirok etdi va u yerda kuchli beshlikka kirdi. Lazukin Sochida boʻlib oʻtgan Rossiya chempionatida kuchli 10talikka kira olmadi va 10 toʻrtinchi oʻrindan joy oldi.

Lazukin 2017—2018-yilgi Olimpiya mavsumini ikkita kichik turnirlarda ishtirok etish bilan boshladi. Sentyabr oʻrtalarida boʻlib oʻtgan Lombardia Trophy turnirida 8inchi oʻrinni egalladi. Oktyabr oyi boshida Finlandiyada boʻlib oʻtgan turnirda Andrfey yana 8inchi oʻrindan joy oldi. Ikki hafta oʻtgach, u Gran Pri seriyasining kattalar toifasida debyut qildi. Andrfey dekabr oyi boshida „Golden Spin of Zagreb“ turnirida ishtirok etdi va u yerda oltinchi oʻrinni egalladi. Uning navbatdagi musobaqasi dekabr oyining oʻrtalarida Sankt-Peterburgda boʻlib oʻtgan milliy chempionat boʻldi. Turnir natijalariga koʻra, Lazukin yettinchi oʻrinni egallab, navbatdagi Olimpiya oʻyinlariga kiritilmadi.

Natijalari Musobaqa 11/12 12/13 13/14 14/15 15/16 16/17 17/18 18/19 Xalqaro Jahon chempionatlari 10 Gran-pri bosqichlari: Finlandiya 6 Gran-pri bosqichlari: Rostelecom kubogi 10 7 Finlandia Trophy 8 Lombard kubogi 8 3 Volvo kubogi 5 Bavariya kubogi 1 Nice kubogi 11 Dragon Trophy 2 Triglav Trophy 2 Jamoalar oʻrtasidagi jahon chempionati 3 Qishki Universiada 9 5 Xalqaro: Oʻsmirlar Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari: Avstriya 7 Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari: Xorvatiya8 Yoshlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari: Germaniya 1 Yoshlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari: Meksika 5 Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari: Ispaniya 9 Nice kubogi 1 Milliy Rossiya chempionati 13 14 13 13 4 7 4 Oʻsmirlar oʻrtasida Rossiya chempionati 13 8 8 6 10 Rossiya kubogi finali 7J 5 J 3 3 5 1 J = oʻsmirlar darajasi

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1997-yilda tugʻilganlar Turkum:19-noyabrda tugʻilganlar Turkum:Rossiyalik figurali uchuvchilar