Tyreece Tyson Nesbett Simpson () — angliyalik professional futbolchi. Tyreece Simpson „Huddersfield Town“ futbol klubida hujumchi sifatida oʻynaydi.
Klubdagi faoliyati
Ipswich Town Tyreece Simpson 2018-yilda ikki yillik shartnoma asosida „Ipswich Town“ futbol klubi akademiyasiga qoʻshildi. U klubdagi ilk oʻyinini 2019-yil 3-sentabrda Portman Roadda boʻlib oʻtgan EFL Trophy guruh bosqichidagi oʻyinda „Tottenham Hotspur“ futbol klubining 23 yoshgacha boʻlgan futbolchilari jamoasi ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozonilgan uchrashuvda oʻyinning ikkinchi boʻlimida zaxiradan maydonga tushgan holda oʻtkazgan edi. Tyreece Simpson 2020-yilning 29-fevralida Bloomfield Roadda „Blackpool“ futbol klubiga safarda 1:2 hisobida magʻlub boʻlib, ligadagi ilk oʻyinini oʻtkazdi. Tyreece Simpson klub bilan birinchi professional shartnomasini 2020-yilning 2-martida (yana bir yilga uzaytirish imkoniyati bilan) 2022-yilning yoziga qadar amal qiladigan ikki yillik shartnoma imzoladi.
Swindon Town (ijara) 2021-yil 31-iyulda Simpson „Swindon Town“ futbol klubiga mavsumiy ijara shartnomasi asosida qoʻshildi. 2021-yil 28-avgustda Simpson „Mansfield Town“ futbol klubiga qarshi oʻyinda (1:0) klub uchun birinchi golni urdi. 2022-yil 23-yanvarda Simpson oʻttizta oʻyinda oʻn bir gol urgan holatda asosiy jamoa safiga mavsumiy ijara shartnomasidan chaqirildi .
Huddersfield Town 2022-yil 1-sentabrda Tyreece Simpson EFL chempionati ishtirokchisi „Huddersfield Town“ futbol klubi bilan toʻrt yillik shartnoma imzoladi.
Shaxsiy hayoti Simpson yoshligida regbi bilan shugʻullangan, u Langley maktabi vakili boʻlgan. Shuningdek, Tyreece Simpson Buyuk Yarmouth va tuman atletika klubi vakili sifatida yengil atletika bilan shugʻullangan. 2018-yilning mart oyida Tyreece Simpsonga regbi ittifoqining „Leicester Tigers“ klubi professional shartnoma taklif qilgan, biroq u futboldagi faoliyatini davom ettirishi uchun bu taklifni rad etgan.
Faoliyat statistikasi +Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha oʻyinlar va gollar Klub Mavsum Boʻlim Liga Angliya kubogi EFL kubogi Boshqa Jami Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Ipswich Town 2019—2020 Birinchi liga 3 0 0 0 0 0 1 0 4 0 2020—2021 Birinchi liga 1 0 0 0 0 0 2 0 3 0 2021—2022 Birinchi liga 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0 Jami 4 0 0 0 0 0 3 0 7 0 Swindon Town (ijara) 2021—2022 Ikkinchi liga 25 9 3 2 1 0 1 0 30 11Jami 29 9 3 2 1 0 4 0 37 11
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Angliyalik erkak futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar