right|thumb| Germaniyalik himoyachi Nia Künzer qoʻshimcha vaqtda oltin gol urib, Germaniya 2003-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida gʻalaba qozondi. 2003-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati finali FIFAga aʼzo assotsiatsiyalarning ayollar terma jamoalari oʻrtasida oʻtkazilgan 2003-yilgi ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati gʻolibini aniqlaydigan assotsiatsiya futbol oʻyini boʻldi. 2003-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati finali 2003-yil 12-oktabrda oʻtkazilgan va unda qoʻshimcha vaqtda Shvetsiya ayollar milliy futbol terma jamoasini 2:1 hisobida magʻlub etgan Germaniya ayollar milliy futbol terma jamoasi gʻalaba qozongan.
2003-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati finali haqida umumiy tavsif 2003-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati FIFA tomonidan oʻtkaziladigan futbol boʻyicha ayollar milliy terma jamoalarining toʻrt yillik chempionati boʻlib oʻtgan FIFA ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatining toʻrtinchi mavsumi edi. 2003-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati 2003-yil 20-sentabrdan 12-oktabrgacha Amerika Qoʻshma Shtatlarida mamlakatning olti shahridagi oltita stadionda boʻlib oʻtdi. 2003-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida Germaniya ayollar milliy futbol terma jamoasi gʻolib chiqdii va natijada Germaniya erkaklar oʻrtasidagi FIFA Jahon chempionati va ayollar oʻrtasidagi Jahon kubogini qoʻlga kiritgan birinchi mamlakat boʻldi.
Turnir SARS tarqalishi sababli Xitoyni tark etganidan soʻng, qisqa vaqt ichida Amerika Qoʻshma Shtatlar tomonidan mezbonlik qilindi va final Los-Anjeles yaqinidagi Californiya shtatidagi Carson shahridagi kichik futbol oʻyingohi Home Depot Center stadionida boʻlib oʻtdi. Ikkala finalchi ham Yevropa saralashida oʻz guruhlarida birinchi oʻrinni egallagan va 2001-yilgi UEFA ayollar chempionati finalida toʻqnash kelgan. Unda ham Germaniya gʻalaba qozongan edi. Germaniya „C“ guruhida birinchi oʻrinni egallab, yarim finalda amaldagi chempion Amerika Qoʻshma Shtatlar ustidan yirik hisobdagi (0:3) gʻalabaga erishib, 2003-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati finaliga favorit sifatida kirdi. Shvetsiya Amerika Qoʻshma Shtatlardan keyin ikkinchi oʻrinni egallab, „oʻlim guruhi“dan (2003-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati A Guruhi) chiqdi va oldingi pley-off bosqichlarida Braziliya va Kanadani magʻlub etdi.
Shvetsiya Hanna Lyungberg tomonidan kiritilgan goldan soʻng 1:0 hisobida oldinda boʻlgan holda tanaffusga chiqdi, ammo ikkinchi boʻlim boshida Germaniyaga tenglashtiruvchi golni Maren Maynert kiritdi. Uchrashuv 1:1 hisobi bilan davom etdi va qoʻshimcha boʻlimning sakkizinchi daqiqasida Nia Künzerning boshi bilan kiritgan oltin goli 2003-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati finali taqdirini hal boʻldi. Kunzerning boshi bilan urgan goli rasmiy xalqaro oʻyinda kiritilgan soʻnggi oltin gol boʻldi. Bundan tashqari Germaniya Shvetsiyani magʻlub etib, 2004-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida bronza medalini qoʻlga kiritdi.
2003-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati finalistlari 2003-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati finali Germaniya va Shvetsiya oʻrtasidagi xalqaro ayollar futbolidagi oʻn ikkinchi uchrashuv va uchinchi marta FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati oʻyinida boʻldi. Ikki jamoa 1995-yilgi UEFA ayollar chempionati va 2001-yillarda ayollar oʻrtasidagi UEFA chempionatining finalida toʻqnash kelishgan, ikkalasi ham Germaniya gʻalaba qozongan. Germaniya Shvetsiyaga qarshi oldingi oʻyinlarning oltitasida gʻalaba qozongan va qolgan beshtasida magʻlub boʻlgan, jumladan, 2002-yilgi Algarve kubogidagi soʻnggi uchrashuvida 2:1 hisobida magʻlub boʻlgan. Avvalroq Germaniya 1995-yilgi ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida ikkinchi oʻrinni egallagan boʻlsa, Shvetsiya 1991-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati nemislarni magʻlub etib, uchinchi oʻrinni egallagan edi.
2003-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati final yoʻli GermaniyaBosqichShvetsiyaRaqib terma jamoaHisobGuruh bosqichiRaqib terma jamoaHisob4-11-tur1-33-02-tur1-06-13-tur3-0Guruh C goʻlibiGuruh A ikkinchi oʻrin sohibiRaqib terma jamoaHisobPley-off bosqichiRaqib terma jamoaHisob7-1Quarterfinals2-13-0Semifinals2-1
2003-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati finali oʻtkazilgan joy 2003-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati finali Los-Anjelesning Carson chekkasida (Californiya) joylashgan 27 000 oʻrinli „Home Depot Center“ stadionida boʻlib oʻtdi. Stadion 2003-yil 7-iyunda ochilgan boʻlib, u asosan futbol uchun moʻljallangan birinchi Amerika maydonlaridan biri boʻlib, Los-Anjeles Galaksisi Major League Soccer (MLS)jamoasining uy stadioni boʻlib xizmat qiladi. 2003-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati finali dastlab Xitoyning Shanxay shahridagi „Xongkou“ futbol stadionida boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan edi, biroq Xitoy 2003-yil aprelida SARS pandemiyasi avj olgani sababli musobaqani tark etganidan soʻng, 2003-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati Qoʻshma Shtatlarga koʻchirildi. Home Depot Center stadioni 2003-yil iyun oyida guruh bosqichi, uchinchi oʻrin uchun pley-off va final bosqichida toʻrtta oʻyin oʻtkazish uchun tanlangan. Home Depot Center stadioni 2003 va 2004-yillarda MLS kubogi final oʻyinlariga ham tanlangan.
2003-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati final oʻyini
Darvozabon1Silke RottenbergHimoyachi2Kerstin StegemannHimoyachi17Ariane HingstHimoyachi13Sandra MinnertHimoyachi19Stefanie GottschlichYarim himoyachi18Kerstin GarefrekesYarim himoyachi10Bettina Wiegmann (c)Yarim himoyachi6Renate LingorLM7Pia WunderlichHujumchi14Maren MeinertHujumchi9Birgit PrinzZaxiradan maydonga tushgan futbolchilar:Hujumchi11Martina MüllerHimoyachi4Nia KünzerBosh murabbiy:Tina Theune-Meyer415x415pxDarvozabon1Caroline JönssonHimoyachi4Hanna MarklundHimoyachi2Karolina WestbergHimoyachi3Jane TörnqvistHimoyachi7Sara LarssonYarim himoyachi9Malin AnderssonYarim himoyachi6Malin Moström (c)Yarim himoyachi18Frida ÖstbergYarim himoyachi17Anna SjöströmHujumchi10Hanna LjungbergHujumchi11Victoria SvenssonZaxiradan maydonga tushgan futbolchilar:Yarim himoyachi14Linda FagerströmYarim himoyachi15Therese SjögranHimoyachi5Kristin BengtssonBosh murabbiy:Marika Domanski-Lyfors Oʻyinning eng yaxshi oʻyinchisi: Bettina Wiegmann (Germaniya)
Yordamchi hakamlar:
Irina Mirt
Katarzyna Nadolska
Rasmiy toʻrtinchi hakam:
Sonia Denoncourt (Kanada)
2003-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati finalidan keyin Jahon chempionati arafasida tuzilgan FIFA ayollar reytingida Germaniya birinchi boʻlib AQShni ortda qoldirdi. Germaniya terma jamoasi sardori Bettina Vigmann va hujumchi Maren Maynert 2003-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati finalidan soʻng nafaqaga chiqishdi. Kunzerning boshi bilan urgan goli rasmiy xalqaro oʻyinni hal qilish uchun oxirgi oltin gol boʻldi, chunki keyinchalik FIFA bu qoidani bosqichma-bosqich bekor qildi. Shuningdek, u Sportschau oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrovnomaga koʻra 2003-yilning eng yaxshi goli deb topildi va bu nomga sazovor boʻlgan birinchi ayollar goliga aylandi.
Ikki finalchi yana 2004-yilgi yozgi Olimpiada oʻyinlarining bronza medali uchun oʻyinda uchrashishdi va unda ham Germaniya 1:0 hisobida gʻalaba qozondi. Germaniya 2007-yilda Shanxayda oʻtkazilgan 2007-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati finalida Braziliyani 2:0 hisobida magʻlub etib, ketma-ket ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatlarida gʻolib chiqqan birinchi jamoa boʻldi.
Manbalar