left|thumb|270x270px|Omi qishlogʻidagi Nagano yoʻnalishi 429 Yaponiyaning Nagano prefekturasida joylashgan qishloq. 2019-yil 1-aprel holatiga koʻra, qishloqda 1130 ta xonadonda 2738 nafar aholi istiqomat qilganOmi village official statistics va aholi zichligi har kvadrat kilometrga 80 kishidan toʻgʻri keladi. Qishloqning umumiy maydoni 34,48 kvadrat kilometr (13,31 mi²) ni tashkil etadi.

Geografiyasi Omi Nagano prefekturasining markazida joylashgan. Qishloqda Kitayama toʻgʻoni va Hijiri togʻlari qad rostlagan.

Atrofdagi munitsipalitetlar

Nagano prefekturasi Nagano Chikuma, Nagano Ikusaka Chikuhoku

Iqlimi Qishloq issiq va nam yoz hamda sovuq qish bilan tavsiflangan iqlimga ega (Köppen iqlim tasnifi Cfa). Omi qishlogʻida oʻrtacha yillik harorat 10,3 °C ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1159 mm boʻlib, sentyabr esa eng seryogʻin oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 23,7 °C, eng past harorati esa yanvarda, −2,3 °C atrofida boʻladiOmi climate data.

Demografiyasi Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻraOmi population statistics, Omi qishloq aholisi soni soʻnggi 70 yil ichida kamayib bormoqda.

Tarixi Hozirgi Ikusaka hududi qadimgi Shinano provinsiyasining bir qismi boʻlgan va „Omi“ nomi Kamakura davrida Azuma Kagami tarkibida paydo boʻlgan. Hudud Edo davrida Matsumoto domenining bir qismi edi. Ikusaka qishlogʻi 1889-yil 1-aprelda zamonaviy munitsipalitetlar tizimining oʻrnatilishi bilan tashkil etilgan. 2004-yilda qoʻshni Chikuhoku bilan birlashishga boʻlgan urinish saylovchilar tomonidan rad etilgan.

Iqtisodiyoti Qishloq iqtisodiyoti dehqonchilikka asoslangan.

Taʼlim tizimi Omida bitta davlat boshlangʻich maktabi va qoʻshni Chikuhoku qishlogʻi bilan birga faoliyat yuritadigan bitta davlat oʻrta maktabi mavjud. Qishloqda yuqori maktab mavjud emas.

Transporti

Temir yoʻl

20x20px Sharqiy Yaponiya temir yoʻl kompaniyasi — Shinonoi liniyasi Hijiri-Kōgen

Magistral yoʻl

Milliy yoʻnalish 403

Mahalliy diqqatga sazovor joylar

Hijiri muzeyi麻績村立聖(ひじり)博物館 Retrieved February 10, 2016 Galereya

Manbalar

Havolalar

Rasmiy sayti

Turkum:Nagano prefekturasidagi qishloqlar Turkum:Omi (Nagano)