Isak Hansen-Aarøen (2004-yil 22-avgustda tugʻilgan) — norvegiyalik professional futbolchi, „Manchester United“ning yoshlar jamoalarida yarim himoyachi yoki hujumchi sifatida oʻynaydi.

Hansen-Aarøen 2020-yilda Manchester Unitedning yoshlar jamoasiga qoʻshilishdan oldin Norvegiyaning ikkinchi ligasida 15-yoshida Tromsoning asosiy jamoasida oʻynagan. U Norvegiya safida xalqaro oʻyinlarda qatnashgan boʻlib, U15, U16, U18 va U19 jamoalarida mamlakatini himoya qilgan.

Jamoalardagi faoliyati Hansen-Aarøen oʻz faoliyatini Tromsoning yoshlar jamoasida boshlagan. Oʻn yoshida u Manchester Unitedning mashgʻulotlar oʻtkaziladigan maydonda boʻlib oʻtgan „Manchester United Soccer Schools World Skills“ finalida ishtirok etdi. 2019-yilda Hansen-Aarøen Norvegiya futbol federatsiyasi, TV 2 va Equinor’s Heroes of Tomorrow tashabbusi bilan oʻtkazilgan tanlovda 15 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar uchun yilning eng yaxshi isteʼdodi sovrinini qoʻlga kiritdi.

U Tromso safida 2020-yil 6-iyul kuni Norvegiya 1-divizion uchrashuvida Kongsvingerga qarshi kechgan, yakunda 2:0 hisobidagi gʻalaba bilan tugagan uchrashuvning soʻnggi daqiqalarida Kent-Are Antonsen oʻrniga maydonga tushib debyutini oʻtkazdi. U 15 yoshu 323 kunligida klub tarixidagi eng yosh futbolchiga aylandi.

2020-yilning avgustida u „Manchester United“ga oʻtdi. U avvalroq „Liverpul“ va „Everton“ bilan ham muzokara oʻtkazgan edi. 29-sentyabr kuni u „Yunayted“ning U21 jamoasida „Rochdeyl“ga qarshi EFL Trophy musobaqasida debyut qildi. 2-oktabr kuni u Premer-Liga 2da „Blekbern Rovers U23“ga qarshi uchrshuvda debyut qildi. 2021-yilning 27-avgustida u „Manchester United“ bilan ilk professional shartnomasini imzoladi.

Xalqaro uchrashuvlardagi karyerasi Hansen-Aarøen Norvegiya terma jamoasi safida U15, U16, U18 va U19 jamoalarida oʻynagan. 2020-yilning 20-fevralida u U16 safida Slovakiyaga qarshi oʻyinda xet-trik qayd etdi.

Karyera statistikasi

+Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha koʻrinish va gollar Klub Mavsum Liga Milliy kubok Liga kubogi Yevropa Boshqa Jami Boʻlim oʻyinlar gollar oʻyinlar gollar oʻyinlar gollar oʻyinlargollar oʻyinlargollar oʻyinlargollar Tromso 2020 1. divizion 7 0 — — — — 7 0 Manchester United U21 2020-21 — — — — — 1 0 1 0 2021-22 — — — — — 0 0 0 0 2022-23 — — — — — 2 0 2 0 Jami — — — — 3 0 3 0 Karyera jami 7 0 0 0 0 0 0 0 3 0 10 0

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Norvegiyalik erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Manchester United F.C. oʻyinchilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar