Lars Bender (; 1989-yil 27-aprelda tugʻilgan) — sobiq nemis professional futbolchisi, oʻng qanot himoyachisi va yarim himoyachisi sifatida oʻynagan. Sven Benderning egizak akasi.
Klublardagi faoliyati
Ilk faoliyati Lars Bender 1993-yildan 1999-yilgacha TSV Brannenburg yosh toifasidagi jamoasida oʻynagan, 1999-yildan 2002-yilgacha SpVgg Unterhaching yoshlar jamoalari tarkibida boʻlgan. 2002-yil yozida 1860 Munich yoshlar jamoasiga oʻtdi.
1860 Munich 2006-yil 27-noyabrda 17 yoshida 2. Bundesliga da TuS Koblenzga qarshi uy oʻyinida 1860 Munich safida debyut qildi. Ilk mavsumida 13 ta oʻyin oʻtkazdi, shulardan 9 tasi asosiy tarkibda. Yangi mavsumning birinchi kunidayoq gol urdi. Bender 2008—2009-yilgi mavsumni yana oddiy futbolchi sifatida boshladi. 2008-yil 3-oktyabrda Frankfurtga qarshi ikkinchi liga oʻyinida sardorlikni qabul qilib oldi va 19 yoshida 1860 Munich tarixidagi eng yosh sardor boʻldi. 20-oktyabrda jiddiy jarohat oldi. Oʻsha mavsumda atigi 15 ta oʻyin oʻtkazgan. Uchta mavsumda 1860 Munichda 2.Bundesliga doirasida 58 oʻyin oʻtkazib, 4 ta gol urgan.
Bayer 04 Leverkusen 2009-yilning 18-avgustida Bender Leverkusenning Bayer klubi bilan 3 yillik shartnoma imzoladi. Bundesliga 6-turda zaxiradan maydonga tushib debyut qilgan. Bayer Leverkusendagi birinchi mavsumida 20 ta oʻyinda oʻynagan boʻlsada, koʻpchiligida zaxiradan foydalanilgan. Bundesligadagi ilk golini 16-sentyabr kuni Frankfurtning „Eintracht“ darvozasiga kiritdi va yakunda 4:0 hisobida gʻalaba qozonishdi. Keyingi mavsumda 27 oʻyin oʻtkazdi va uchta gol urdi. 2011—2012-yilgi mavsum davomida aksariyat oʻyinlarda oʻynagan. 2012-yilning bahorida jarohat olgan. 2012-yil 21-martida Bender Leverkusen bilan 2018-yilgacha yangi shartnoma imzoladi. Bundesliganing 2012—2013-yilgi mavsumida 33 ta oʻyin oʻtkazib, 3 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 2013-yilning 31-oktyabrida Leverkusen bilan shartnomasini 2019-yilgacha uzaytirdi. thumb|Bender Leverkusenning „Bayer“ jamoasida oʻynamoqda, 2012-yil
Bender soʻnggi professional oʻyinini 2021-yil 22-mayda, Bundesliganing 2020—2021-yilgi soʻnggi turida oʻtkazdi, unda Leverkusen Dortmundning „Borussia“ siga qarshi oʻynadi.
Xalqaro faoliyati left|thumb| Bender Yevro-2012da Daniyaga urgan golini nishonlamoqda
Bender Yevro-2012 uchun Germaniya terma jamoasining 23 kishilik tarkibiga tanlandi. Daniyaga qarshi guruhdagi soʻnggi oʻyinda 80 daqiqada oʻynadi. 2014-yilgi FIFA Jahon chempionati uchun vaqtinchalik 30 kishilik tarkibiga kiritilgan, biroq 23-may kuni mashgʻulotlarda sonidan jarohat olgani sababli tark etgandi. 2014-yil oxirida Germaniya terma jamoasi safida soʻnggi oʻyinlarini oʻtkazdi. Murabbiylik faoliyati 2022-yilning iyun oyida Germaniya futbol assotsiatsiyasi uni Germaniya U15 terma jamoasiga yangi yordamchi murabbiy etib tayinladi.
Faoliyat statistikasi
Klub
KlubMavsumLigaKubokQitʼaJamiDiviziyaIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollar1860 Munich II2006—2007Regionalliga Süd91——92 1860 Munich2006—20072. Bundesliga13000130 2007—200828130311 2008—200915320173 2009—2010201030 Jami58460—644—Bayer Leverkusen II2009—2010Regionalliga West20—20 2010—20111010 Jamis30—30—Bayer Leverkusen2009—2010Bundesliga20110—211 2010—201127320120413 2011—20122841081375 2012—20133333050413 2013—20142934160394 2014—20152612070351 2015—20161112140172 2016—2017900030120 2017—201821231—243 2018—20192012050271 2019—20201822080282 2020—20211412140202 Jami2562224462134227—Jami faoliyati3132729362141832—
Xalqaro gollar
Gollar va natijalar birinchi navbatda Germaniyaning gollari roʻyxatini koʻrsatadi.
T/r Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1. 2012-yil 17-iyun Arena Lvov, Lvov, Ukraina 2 — 1 2 — 1 UEFA Yevro 2012 2. 2013-yil 29-may FAU stadioni, Boka Raton, AQSH 2 — 0 4 — 2 Doʻstona 3. 3 — 0 4. 2013-yil 14-avgust Fritz-Valter-Stadion, Kayzerslautern, Germaniya 3 — 3 3 — 3
Yutuqlari ; Germaniya yoshlari terma jamoasi
19 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati: 2008-yil Yozgi Olimpiya oʻyinlari: Kumush medal, 2016-yil
Individual
Fritz Walter medali: U17 oltin medali, 2006-yil 19 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatining „Oltin oʻyinchisi“: 2008-yil
Manbalar
Havolalar
Kicker profile Bundesliga profile
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Germaniyalik erkak futbolchilar Turkum:Olimpiyada medalini olgan futbolchilar Turkum:2016-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlari medal sovrindorlari Turkum:UEFA Yevro 2012 oʻyinchilari