Fin Bartels (1987-yil 7-fevralda tugʻilgan) — nemis professional futbolchisi. 2.Bundesliga jamoasi Holstein Kilda yarim himoyachi va hujumchi sifatida oʻynaydi.
Klublardagi faoliyati
Ilk faoliyati Bartels oʻz faoliyatini TSV Russee da boshlagan va keyinroq SpVgg Eidertal Molfsee jamoasida oʻynagan va 2002-yilda Holstein Kielga qoʻshilgan. 2005-yilda Bartels Holstein Kiel II ga oʻtdi. Oʻsha yilning oxirida asosiy jamoa tarkibiga kirdi. 2007-yilda Bundesliganing Hansa Rostock jamoasiga qoʻshildi.
Rostock Bartels Rostockdagi debyutini VfL Wolfsburgga qarshi oʻyinda oʻtazgan. Jamoa 3:1 hisobida gʻalabaga erishgan. Bundesligadagi debyut golini 2008-yilning 1-martida Arminiya Bielefeldga qarshi oʻyinda qayschi usuli bilan urdi.
St. Pauli Bartels „St.Pauli“ klubida debyut mavsumida 31 ta oʻyinda maydonga tushdi. Ilk starti 6-turda Dortmundning „Borussia“siga qarshi kechgandi. Mavsum soʻngida klub oxirgi oʻrinni egallab, Bundesligadan tushib ketdi. 2014-yilning yanvarida u „St-Pauli“ bilan shartnomasini uzaytirmaslikni, balki „Werder“ klubiga qoʻshilishini eʼlon qildi.
Werder Bremen Bartels „Werder“ bilan 3 yillik shartnoma imzoladi. Birinchi mavsumida 29 ta oʻyinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi. Keyingi 2015—2016-yilgi mavsumda 30 ta oʻyin oʻtkazdi va gollari soni sakkiztaga yetdi.
2016-yilning iyul oyida Bartels shartnomani 2019-yilgacha uzaytirishga rozi boʻldi. 2017-yil dekabr oyida Dortmundning „Borussia“ siga qarshi oʻyinda (2:1) Bartels jarohat oldi. 2018-yil mart oyida „Werder“ bilan shartnomasini 2020-yilgacha uzaytirildi. 2019-yilning mart oyida asosiy jamoa safida ikkita marta maydonga tushdi.
Holstein Kiel 2020-yil 5-avgustda Bartels ikkinchi marta 2.Bundesligadagi „Holstein Kiel“ klubiga koʻchib oʻtdi. Ikki yillik shartnoma imzoladi. 2021-yil 13-yanvarda DFB-Pokalda amaldagi chempion „Bayern“ga qarshi oʻyinda gʻalabali gol urdi. Bartels 2022-yilning fevralida Holstein Kil bilan shartnomani 2023-yilgacha uzaytirishga kelishib oldi.
Faoliyat statistikasi
Klubda
+Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollarKlubMavsumLigaKubokQitʼaBoshqaJamiDiviziyaIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarHolstein Kiel II2005—2006Oberliga Nord101———101Holstein Kiel2005—2006Regionalliga Nord17000——1702006—2007335———335Jami505000000505Hansa Rostock II2007—2008Oberliga Nordost84———84Hansa Rostock2007—2008Bundesliga19410——2042008—20092. Bundesliga28620——3062009—201030410—20334Jami77144000208314FC St. Pauli2010—2011Bundesliga31210——3222011—20122. Bundesliga32610——3362012—201327720——2972013—201427710——287Jami1172250000012222Werder Bremen2014—2015Bundesliga29431——3252015—201630841——3492016—201731810——3282017—201814200——1422018—20192000——202019—202014010—20170Jami1202292002013124Werder Bremen II2018—2019Regionalliga Nord21———21Holstein Kiel2020—20212. Bundesliga311152——36132021—202227421——295Jami58157300006518Jami faoliyati44284255004046789
Terma jamoada YilTerma jamoaIshtirok Gollar2008Germaniya U2110
Manbalar
Havolalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Germaniyalik erkak futbolchilar