Adam Jozef Przybek () (2000-yil 2-aprelda tugʻilgan) — uelslik professional futbolchi. U „Walsall“ futbol klubida darvozabon sifatida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati Adam Przybek oʻzining futbolchilik faoliyatini „West Bromwich“ futbol klubida boshlagan. U 2018-yilning mart oyida ijara shartnomasi asosida „Worcester City“ futbol klubi jamoasiga oʻtgan. 2018-yil oktyabr oyida Adam Przybek „Gloucester City“ futbol klubiga ijara asosida qoʻshilgan va klub jamoasi safida beshta oʻyinda maydonga tushgan. Shundan soʻng, u „West Bromwich“ futbol klubi safiga qaytgan.

2019-yilda „West Bromwich“ futbol klubini tark etganidan soʻng, Adam Przybek Birinchi liga vakili „Ipswich Town“ futbol klubi bilan ikki yillik shartnoma imzolagan. U jamoa safidagi ilk oʻyinini 2019-yilning 4-dekabrida „Peterborough United“ futbol klubiga qarshi uchrashuvda oʻtkazgan.

Przybek 2020-yil oktyabr oyida bir oylik ijara shartnomasi asosida „Braintree Town“ futbol klubi safiga qoʻshilgan.

2020-yil 4-dekabrda Adam Przybek 2021-yilning 3-yanvarigacha ijara asosida „Concord Rangers“ futbol klubi safiga qoʻshilgan.

2021-yilning 21-yanvarida Przybek Milliy liga vakili „Chesterfield“ futbol klubiga mavsum oxirigacha ijara asosida qoʻshilishga rozilik bildirgan.

2021-yilning aprel oyida „Ipswich“ futbol klubi Przybekning shartnoma muddati tugaganidan keyin 2020—2021-yilgi mavsum oxirida klubni tark etishini eʼlon qilgan.

U 2021-yilning iyul oyida „Wycombe Wanderers“ futbol klubiga qoʻshilgan, ammo 2022-yilning may oyida klubni tark etgan.

2022-yil 21-iyunda Adam Przybek Ikkinchi liga vakili „Walsall'“ futbol klubi safiga bir yillik shartnoma asosida qoʻshilgan.

2022-yil 2-noyabrda Przybek „Walsall“ futbol klubini oʻzaro kelishuv asosida tark etgan.

Faoliyat statistikasi

+Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha oʻyinlar va gollar Klub Mavsum Boʻlim Liga Milliy kubok Liga kubogi Boshqa Jami Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Ipswich Town 2019—2020 Birinchi liga 0 0 0 0 0 0 1 0 1 0 2020—2021 Birinchi liga 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0 Jami 0 0 0 0 0 0 1 0 1 0 Braintree Town (ijara) 2020—2021 Janubiy milliy liga 1 0 2 0 — 0 0 3 0 Concord Rangers (ijara) 2020—2021 Janubiy milliy liga 4 0 0 0 — 1 0 5 0 Chesterfield (ijara) 2020—2021 Milliy liga 3 0 0 0 — 0 0 3 0 Wycombe Wanderers 2021—2022 Birinchi liga 0 0 1 0 1 0 3 0 5 0 Walsall 2022—2023 Ikkinchi liga 0 0 0 0 0 0 1 0 1 0Jami 8 0 3 0 1 0 6 0 18 0

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Uelslik erkak futbolchilar Turkum:Angliyalik erkak futbolchilari