Andrew Graham () (1983-yil 22-sentyabrda tugʻilgan) — shotlandiyalik professional futbolchi. Andy Graham „Alloa Athletic“ futbol klubi jamoasida himoyachi sifatida oʻynaydi. Graham oʻzining faoliyatini yoshligida „Glasgow Amateurs“ futbol klubining yoshlar jamoasida boshlagan. Shundan soʻng, u „Stirling Albion“, „Hamilton Academical“, „Greenock Morton“, „Dumbarton“ va „Ayr United“ futbol klublarida futbolchilik faoliyatini davom ettirgan.

Faoliyati

Stirling Albion Andy Graham „Glasgow Amateurs“ futbol klubining yoshlar jamoasidan keyin „Stirling Albion“ futbol klubi safiga kelib qoʻshilganRedWeb — Stirling Albions longest running unofficial website, player profile. Uning „Stirling Albion“ futbol klubidagi ilk oʻyini 2005-yilning 30-iyulida „Ayr United“ futbol klubiga qarshi oʻyinda boʻlib oʻtgan. Andy Graham oʻzining klubdagi birinchi golini 2005-yilning 27-avgustida „Alloa Athletic“ futbol klubi darvozasiga kiritgan. Andy Graham oʻz faoliyatini markaziy himoyachi sifatida boshlagan, ammo 2009—2010-yilgi mavsumda Stirling Albion.com saytida oʻng qanot himoyachisi sifatida yilning eng yaxshi futbolchisi sovrinini qoʻlga kiritgan.

Hamilton va Morton "Stirling Albion" futbol klubi bilan shartnomasi tugaganidan soʻng, Graham 2010—2011-yilgi mavsumda „Hamilton Academical“ futbol klubiga bir yillik shartnoma asosida qoʻshilgan.

„Hamilton“ futbol klubidagi yillik shartnomasini tugatgandan soʻng, Andy Graham „Greenock Morton“ futbol klubi shartnoma imzolashga muvaffaq boʻlgan.

Dumbarton "Greenock Morton" futbol klubidagi bir mavsumdan soʻng Graham klubni tark etgan va jamoadoshi Ross Forsyth bilan birga yaqin atrofdagi „Dumbarton“ futbol klubi bilan shartnoma imzolagan. U klub safidagi birinchi golini 2012-yilning noyabrida „East Stirlingshire“ futbol klubiga qarshi oʻyinda kiritgan. 2012—2013-yilgi mavsum oxirida Andy Graham „Dumbarton“ futbol klubi bilan yangi bir yillik shartnoma imzolagan. 2014-yilning may oyida Graham klub bilan yana bir yillik yangi shartnomaga rozi boʻlgan. Andy Graham klubning asosiy jamoasi safida ketma-ket 83 ta oʻyinda maydonga tushgan.

Andy Graham „Raith Rovers“ futbol klubi bilan 2:2 hisobida durang oʻyinda klub safidagi 100-uchrashuvini oʻtkazgan. Graham klubning mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi sovrinini qoʻlga kiritgach, 2015—2016-yilgi mavsum uchun klub bilan imzolagan shartnoma muddatini yangilagan. Andy Graham 2015-yilning avgust oyida oʻzaro kelishuvga koʻra klubni tark etgan.

Ayr United 2015-yilning 27-avgustida Andy Graham „Ayr United“ futbol klubi bilan bir yillik shartnoma imzolagan. Ammo koʻp vaqt oʻtmay, u „Ayr United“ futbol klubini tark etgan.

Alloa Athletic 2016-yil 2-iyun kuni Andy Graham Shotlandiya Birinchi ligasi vakili „Alloa Athletic“ futbol klubi jamoasiga qoʻshilgan. Hozirda u jamoa sardori hisoblanadi.

Faoliyat statistikasi

KlubMavsumLigaMilliy kubokLiga kubogiBoshqaJamiDiviziyaOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarStirling Albion2005—2006Shotlandiya Ikkinchi diviziyasi3023020203722006—20071502010101902007—2008Shotlandiya Birinchi diviziyasi2601020002902008—2009Shotlandiya Ikkinchi diviziyasi2621011102932009—2010366401031447Jami13310110717115812Hamilton Academical2010—2011Shotlandiya Premyer ligasi1502000—170Greenock Morton2011—2012Shotlandiya Birinchi diviziyasi270300010310Dumbarton2012—2013Shotlandiya Birinchi diviziyasi3022120103532013—2014Shotlandiya chempionati3624020104322014—20153421021103832015—20162000101040Jami10267171401208Ayr United2015—2016Shotlandiya Birinchi ligasi252100020282Alloa Athletic2016—2017Shotlandiya Birinchi ligasi3442061604852017—20183332040604532018—2019Shotlandiya chempionati3632040404632019—20201701040202402020—20212511040—301Jami145118022118019312Jami4472932137332154734

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Shotlandiyalik erkak futbolchilar