Samuel Stephen Mantom () (1992-yil 20-fevralda tugʻilgan) — angliyalik futbolchi. Sam Mantom „Rushall Olympic“ futbol klubida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Klublardagi faoliyati

West Bromwich Albion Sam Mantom oʻz faoliyatini „Walsall“ futbol klubining akademiyasida boshlagan va keyinchalik „West Bromwich Albion“ futbol klubi tarkibiga qoʻshilgan.

Sam Mantom klub bilan professional shartnoma imzolaganidan soʻng, 2010-yil 14-mayda Islandiyaning „Haukar“ futbol klubi jamoasiga ijara asosida oʻtdi. Mantom bu jamoa safida yettita oʻyinda maydonga tushib, ikkita gol urdi.

Sam Mantom 2010-yil 24-avgustda Brisben Roadda „Leyton Orient“ futbol klubiga qarshi Futbol Ligasi kubogi oʻyinida „West Bromwich“ futbol klubi safida debyut oʻyinini oʻtkazdi.

2010-yil 23-noyabrda Sam Mantom „Tranmere Rovers“ futbol klubi jamoasiga bir oylik favqulodda ijara asosida qoʻshildi. Sam Mantom oʻsha kuni klub safida „Hartlepool United“ futbol klubiga qarshi oʻyinda (1:0) debyut qildi.

2011-yil 17-fevralda Sam Mantom „Oldham Athletic“ futbol klubi safiga bir oylik favqulodda ijara asosida qoʻshildi.

Walsall 2012-yil 6-martda Sam Mantom „Walsall“ futbol klubi bilan shartnoma imzoladi.

Scunthorpe United 2016-yil iyun oyida Sam Mantom „Walsall“ futbol klubi bilan yangi shartnoma imzolashdan voz kechganidan soʻng, Birinchi liga vakili „Scunthorpe United“ futbol klubi bilan uch yillik shartnoma imzoladi. Sam Mantom „Scunthorpe“ klubi safidagi ilk golini 2016-yil 22-oktyabrda „Chesterfield“ klubiga qarshi oʻyinda kiritishga muvaffaq boʻldi.

Southend United 2018-yil iyun oyida Sam Mantom nomaʼlum toʻlov evaziga „Southend United“ futbol klubi tarkibiga qoʻshilishga rozilik bildirdi.

Rushall Olympic Sam Mantom 2020-yil 16-oktaybrda „Rushall Olympic“ futbol klubi jamoasi bilan shartnoma imzoladi.

Hemel Hempstead Sam Mantom 2020-yil 27-noyabrda Milliy liganing vakili „Hemel Hempstead Town“ futbol klubi bilan shartnoma imzoladi.

Rushall Olympic 2022-yil iyun oyida Sam Mantom „Rushall Olympic“ futbol klubi safiga qayta qoʻshildi.

Xalqaro oʻyinlardagi faoliyati Sam Mantom Angliyaning 17 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasi sobiq futbolchisi hisoblanadi.

Faoliyat statistikasi +Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha oʻyinlar va gollar Klub Mavsum Liga Angliya kubogi Liga kubogi Boshqa Jami Diviziya Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar GollarWest Bromwich Albion2010—2011 Premyer liga000020—202011—2012Premyer liga000010—10Jami000030—30Haukar (ijara)2010Úrvalsdeild72———72Tranmere Rovers (ijara)2010—2011Birinchi liga20——0020Oldham Athletic (ijara)2010—2011Birinchi liga40———40Walsall (ijara)2011—2012Birinchi liga133———1332012—2013Birinchi liga111———111Walsall2012—2013Birinchi liga181———1812013—2014Birinchi liga4352020104852014—2015Birinchi liga1201000201502015—2016Birinchi liga378413030479Jami1341871506015219Scunthorpe United2016—2017Birinchi liga2621010613432017—2018Birinchi liga80002020120Jami342103081413Southend United (ijara)2017—2018Birinchi liga70———70Southend United2018—2019Birinchi liga4353210104872019—2020Birinchi liga222002020262Jami727323030819Rushall Olympic2020—2021Premyer liga31——0031Jami2563011314017129834

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Angliyalik erkak futbolchilari