Ushbu maqolada Afgʻonistondagi urush (2001—2021) tarixi tahlil qilingan.
1978—2001: Muqaddima
2001-yil Afgʻonistonda 20 yildan ortiq davom etgan urush boshlandi. Afgʻoniston Kommunistik Xalq Demokratik partiyasi (AXDP) 1978-yilda hokimiyatni qoʻlga kiritgach yuritgan siyosati xalq qoʻzgʻolonini keltirib chiqardi. AXDP zaifligini sezgan Sovet Ittifoqi 1979-yilda rejimni qoʻllab-quvvatlash uchun harbiy aralashuvni amalga oshirdi. Sovet Ittifoqining Afgʻonistonga kirishi uning Sovuq urush davridagi raqiblarini, ayniqsa AQSh va Saudiya Arabistonini Sovetlar qoʻllab-quvvatlagan AXDPga qarshi kurashayotgan isyonchilarni qoʻllab-quvvatlashga undadi. Dunyoviy va sotsialistik hukumat shaharlarni nazorat qilgan boʻlsa-da, dinga asoslangan mujohidlar qishloqlarning koʻp qismida hukmronlik qilishgan. Mujohidlarning eng muhim qoʻmondoni Ahmadshoh Mas’ud boʻlib, u yaxshi tashkil etilgan tojik qoʻshinlarini boshqargan. Amerika Markaziy razvedka boshqarmasi (CIA) mujohidlarga xorijdan yordam berish uchun Pokistonning Xizmatlararo razvedkasi (ISI) bilan yaqindan hamkorlik qilgan. Urush, shuningdek, „Afgʻon arablari“ deb nomlanuvchi arab koʻngillilarini, jumladan Usoma bin Lodinni ham jalb qildi.
1989-yil fevral oyida Sovet qoʻshinlari Afgʻonistondan olib chiqilgach, 1992-yilda AXDP rejimi quladi. Vujudga kelgan xaos holatida mujohidlar rahbarlari 1992-yildan 1996-yilgacha boʻlgan fuqarolar urushida hukmronlik uchun kurashdilar. Bu vaqtga kelib bin Laden mamlakatni tark etgan edi. Qoʻshma Shtatlarning Afgʻonistonga nisbatan qiziqishi ham pasaydi. 1994-yilda Mulla Umar ismli pushtun mujohidi Qandahorda Tolibon harakatiga asos soldi. Uning izdoshlari diniy talabalar boʻlib, islom qonunlariga qatʼiy rioya qilish orqali qoʻmondonlar boshqaruviga barham berishga harakat qilishgan. 1994-yil oxiriga kelib Tolibon butun Qandahor viloyatini egallab oldi.
Tolibon amirligi vs. Shimoliy ittifoq (1996—2001)
thumb|200-yil holatida Afgʻonistonning Tolibon (qizil) va Shimoliy alyans nazoratidagi qismlari
1996-yilda Pokistonning harbiy va Saudiya Arabistonining moliyaviy koʻmagiga tayangan Tolibon Kobulni egallab, Afgʻoniston Islom Amirligiga asos soldi. Ular oʻz nazorati ostidagi hududlarda islom dinining fundamental talqinini joriy qildilar: ayollarning uydan tashqarida ishlashlari yoki maktabda oʻqishlarini taqiqlovchi farmonlar chiqardilar va ulardan roʻmol oʻrash hamda yolgʻiz qolish boʻyicha qatʼiy qoidalarga rioya qilishni talab qildilar.
Tolibon Kobulni egallab olgandan soʻng Mas’ud shimoldagi oʻzi tugʻilib oʻsgan Panjshir vodiysiga chekindi va Tolibonga qarshi „Birlashgan front“ yoki „Shimoliy ittifoq“ deb nomlangan qarshilik harakatini tuzdi. Birlashgan frontga Masʼudning tojik kuchlaridan tashqari sobiq XDP generali Abdul Rashid Doʻstum va hazora fraksiyalariga oid oʻzbeklar ham bor edi. Shimoliy ittifoq Rossiya, Eron va Hindistondan turli darajada yordam oldi. Tolibon kabi Mas’ud ham giyohvand moddalar savdosi orqali pul yigʻgan. 2001-yilga kelib, Tolibon mamlakatning 80 foizini nazorat ostiga oldi. Shimoliy Alyans esa mamlakatning shimoli-sharqiy qismi bilan cheklanib qoldi.
Al-Qoida
AQSHdagi 11-sentabr komissiyasi Tolibon davrida Al-Qoida Afgʻonistondan jangchilarni oʻrgatish va taʼlim berish, qurol import qilish, boshqa jihodchilar bilan muvofiqlashtirish hamda terroristik harakatlarni rejalashtirish uchun joy sifatida foydalanishi mumkinligini aniqladi. Al-Qoida Afgʻonistonda oʻz lagerlarini saqlab qolgan holda boshqa tashkilotlarning oʻquv lagerlarini ham qoʻllab-quvvatlagan. 11-sentabrdan oldin taxminan 10-20 ming kishi ushbu obʼektlarda tayyorgarlikdan oʻtgan. Ularning aksariyati Tolibon safiga Birlashgan frontga qarshi jang qilish uchun yuborilgan. Al-Qoida safiga kamroq odam qabul qilingan.
1998-yil avgustida AQSh elchixonasidagi portlashlar bin Laden bilan bogʻlanganidan soʻng Prezident Bill Klinton Afgʻonistondagi jangarilar oʻquv lagerlariga raketa zarbalari berishni buyurdi. AQSh rasmiylari Tolibonni bin Lodinni taslim qilishga majburlashdi. 1999-yilda xalqaro hamjamiyat Tolibonga qarshi sanksiyalar kiritib, bin Lodinni taslim boʻlishga chaqirgan. Tolibon bu talablarni qayta-qayta rad etgan. Markaziy razvedka boshqarmasi (CIA) Maxsus faoliyat boʻlimining harbiylashtirilgan guruhlari Afgʻonistonda 1990-yillarda Usama bin Lodinni topish va oʻldirish yoki qoʻlga olish boʻyicha yashirin operatsiyalarda faol ishtirok etgan. Bu guruhlar bir nechta operatsiyalarni rejalashtirgan, ammo prezident Klintondan davom etish haqidagi buyruqni olmagan. Ularning saʼy-harakatlari tufayli 2001-yilgi bosqinda muhim boʻlgan afg'on rahbarlari bilan munosabatlar oʻrnatilgan.
AQShning Afgʻonistonga nisbatan siyosatidagi oʻzgarishlar
Klinton maʼmuriyatining dastlabki yillarida AQShning Afgʻonistonga nisbatan aniq siyosati mavjud emas edi. Biroq 1998-yilda Al-Qoida AQSh elchixonasidagi portlashlarni uyushtirishi prezident Klintonni Afgʻonistondagi jangarilar oʻquv lagerlariga raketa zarbalari uchun buyruq berishga undagan. Bin Lodin portlashlarga aloqadorlikda ayblangan. 1999-yilda AQSh va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashining 1267-sonli rezolyutsiyasida Tolibonga qarshi sanktsiyalar kiritdi. Ushbu rezolyutsiya Tolibondan bin Lodinni AQShda sud qilish uchun taslim boʻlishi va Afgʻonistondagi barcha terrorchilar bazalarini yopishni talab qildi. Oʻsha paytda Markaziy razvedka boshqarmasi bilan birgalikda bin Ladenni qidirish Masʼud va AQSh oʻrtasidagi yagona hamkorlik boʻlgan. AQSh Masʼudning Tolibonga qarshi kurashiga hech qanday yordam bermadi.
2001-yil sentabr oyi boshida AQSh siyosatida oʻzgarishlar amalga oshirildi. Bush maʼmuriyati Masudni qoʻllab-quvvatlashni boshlash rejasiga kelishib oldi. 10-sentabr kuni boʻlib oʻtgan milliy xavfsizlik boʻyicha yuqori amaldorlar yigʻilishida Tolibonga bin Laden va boshqa „Al-Qoida“ faollarini topshirish boʻyicha ultimatum qoʻyilishi kelishib olindi. Agar Tolibon rad javobini bersa, Qoʻshma Shtatlar Tolibonga qarshi guruhlarga Tolibonni agʻdarishga urinish uchun yashirin harbiy yordam beradigan boʻldi.
11-sentyabr hujumlari
2001-yil 11-sentabr kuni ertalab jami 19 nafar arab erkak, shulardan 15 nafari Saudiya Arabistonidan boʻlgan — Qoʻshma Shtatlarda toʻrtta muvofiqlashtirilgan hujum uyushtirdi. Hujumchilar Nyu York shahridagi Jahon savdo markazining egizak minoralariga ikkita samolyotni qasddan urib, bortdagi barchani va binolardagi 2000 dan ortiq odamni oʻldirgan. Ikkala bino ham halokat natijasida koʻrilgan zarar tufayli ikki soat ichida qulab tushdi, yaqin atrofdagi binolarni vayron qilib, boshqalarga zarar yetkazdi. Hujumchilar uchinchi samolyotni Virjiniya shtatining Arlington shahrida, Vashington yaqinidagi Pentagonga yoʻnaltirgan. Toʻrtinchi samolyot Pennsilvaniya tarkibidagi qishloq Shanksville yaqinidagi dalaga qulab tushdi. Samolyot yoʻlovchilari va ekipaj aʼzolari Oq uy yoki AQSh Kapitoliysini nishonga olib, Vashington tomon yoʻnaltirilgan samolyotda nazoratni qayta qoʻlga olishga urinib koʻrgan edilar. Samolyot bortidagi hech kim omon qolmagan. 2009-yilda eʼlon qilingan maʼlumotga koʻra, oʻt oʻchiruvchilar va politsiyachilarni ham oʻz ichiga olgan holda qurbonlar soni 836 kishini tashkil etgan. Umumiy olgandagi jami qurbonlar 19 nafar hujumchini ham oʻz ichiga olgan holda 2,996 kishini tashkil etgan.
Hujumlarni Usama bin Lodin uyushtirgani uchun AQShning uni javobgarlikka tortish istagi bosqinga sabab boʻldi. Tarixchi Karter Malkasianning yozishicha, „tarixda kamdan-kam hollarda bir kishi yolgʻiz oʻzi urushni qoʻzgʻatgan“. Bin Laden muvaffaqiyatli ravishda AQShni Sovetlarga qarshi urushga oʻxshash kengaytirilgan harbiy harakatlarga jalb qila oldi. Tolibon 11-sentyabr xurujlarini ochiqcha qoralab chiqdi. Ular, shuningdek, AQShning urushga kirish imkoniyatini juda past baholadilar. Qoʻshma Shtatlar Tolibon va Al-Qoida deyarli bir-biridan ajralmas, degan fikrda yanglishgan edi. Chunki ularning maqsadlari va yetakchilari bir-biridan farq qilgan.
Diplomatik va siyosiy harakatlar
- President George W. Bushning Kongress palatalarining qoʻshma sessiyasidagi nutqidan. 20-sentabr 2001-yil. link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/1/1e/US_soldiers_on_horseback_2001_Afghanistan.jpg/220px-US_soldiers_on_horseback_2001_Afghanistan.jpg|thumb| AQSh armiyasining maxsus kuchlari va AQSh havo kuchlarining jangovar nazoratchilari Shimoliy alyans askarlari bilan otda 11-sentabr xurujlaridan soʻng darhol Prezident Bush va Amerika Qoʻshma Shtatlari Milliy Xavfsizlik Kengashi Al-Qoida va Afgʻonistonga qarshi harbiy choralar koʻrish kerakligi haqida kelishib oldilar. Biroq, Bush birinchi boʻlib Tolibonga ultimatum qoʻyishga qaror qildi va qarorni 12-sentabrda yakka tartibda eʼlon qildi. Mulla Umar Usama bin Lodinning Qoʻshma Shtatlarga hujum qilish qarori haqida xabardor boʻlmagan edi. Tolibon Afgʻoniston tomonidan bunday hujumlarni taqiqladi va qoraladi. Umar, shuningdek, bin Ladenni uchinchi davlatga topshirishga rozi boʻldi. Ammo Qoʻshma Shtatlar uni toʻgʻridan-toʻgʻri ekstraditsiya qilishni talab qildi.
Markaziy razvedka boshqarmasi Tolibon bilan muzokaralarni 15-sentabrda boshlagan. Bush esa 20-sentabrdagi ultimatumini 2001-yildagi Harbiy kuchlardan foydalanishga ruxsatnoma, Kongress akti asosida eʼlon qilgan edi. Oʻsha kuni Kobulda diniy rahnamolar yigʻilib, agar AQSh bostirib kirsa, ular chekinmagunicha jihod qilish farz degan qarorga keldi. Kengash, shuningdek, bin Ladenni taslim qilish kerak degan qarorga keldi. Ayni paytda Umar „Usamani topshirish biz uchun faqat sharmandalik, islomiy fikr va eʼtiqod uchun esa zaiflik“, degan qarorga kelib, AQSh bin Lodinni taslim qilganidan keyin ham ultimatumni ham, ultimatumni rad etib, talablarini ham qoʻyishda davom etadi deb hisobladi. U bin Ladenning aybsizligini taʼkidlab, u mehmon ekanligi va bay’at qasamyodi tufayli uning himoyasida ekanligini daʼvo qildi. Bu qaror Tolibonning qolgan qismi tomonidan maʼqullandi. Tolibonlar ichida Al-Qoidaga hamdardlik mavjud edi.
Abdul Salam Zaifning taʼkidlashicha, Umar AQShning hujum qilish ehtimolini „10 foizdan kam“ deb hisoblagan. U zudlik bilan bostirib kirish haqidagi ogohlantirishlar tufayli Qandahorda qoldi. Abu Valid al-Masriyning soʻzlariga koʻra, bin Lodin Qoʻshma Shtatlarni Sovet-Afgʻon urushidagi kabi usullar yordamida magʻlub etish mumkin deb oʻylagan. Ultimatumdan tashqari amerikaliklar tomonidan yuqori darajadagi diplomatik muzokara ochilmadi Jamoatchilik fikriga koʻra, amerikaliklarning 67 foizi quruqlikdagi qoʻshinlar bilan harbiy harakatlarni qoʻllab-quvvatlagan. Bush Vazirlar Mahkamasida harbiy harakatlarni ilgari surdi va nihoyat, 5-oktabrda buni amalga oshirishga qaror qilindi. Harbiy harakatlar 7-oktabrda havo hujumlari bilan boshlandi. Buning ortidan Tolibon Umar va bin Lodin uchun yigʻilish oʻtkazdi.
Bosqin rejasi Urushning dasrtlabki rejasi Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Jorj Tenet tomonidan 11-sentabr voqealaridan ikki kun oʻtib, Markaziy razvedka boshqarmasining harbiylashtirilgan kuchlari hamda AQSh armiyasining maxsus kuchlari Shimoliy alyans bilan birgalikda havo hujumlari koʻmagida Tolibon va Al-Qoidaga hujum qilishni nazarda tutgan holda tuzilgan edi. Bush quruqlikdagi qoʻshinlar ham boʻlishini xohladi. Chunki asosan havo kampaniyasi zaiflikdan dalolat berardi. Markaziy qoʻmondonlikning (CENTCOM) oʻsha paytdagi qoʻmondoni general Tommi Franks Prezident Bush va Mudofaa vaziri Donald Ramsfeldga AQSh Afgʻonistonga 60 000 askardan iborat cheklangan kuchlardan foydalangan holda bostirib kirishni taklif qildi. Bunda oldin olti oylik tayyorgarlikdan oʻtgan kuchlar nazarda tutildi.