Nelson Fernando Ramos Betancourt (; 1981-yil 23-noyabr, Popayan, Kolumbiya) — kolumbiyalik futbolchi, „Boca Juniors Cali“ klubi darvozaboni.
Klublardagi faoliyati Nelson Ramos „Deportivo Pasto“ klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanagan. 2006-yilda Mustang kubogida debyut qilgan. Oʻsha yili Nelson Ramos mamlakat chempioni boʻlgan. 2008-yilning 24-sentabrida Nelson Ramos „Deportivo Pasto“ safidagi ilk golini „La Equidad“ darvozasiga kiritgan. 2009-yilning yozida Nelson Ramos „La-Equidad“ ga oʻtgan. 30-avgust kuni „Envigado“ qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qilgan. 2010-yilning yozida Nelson Ramos „America Cali“ bilan shartnoma imzolagan. 18-iyul kuni „Atlético Huila“ ga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qilgan. 11-oktabr kuni „Deportivo Cali“ bilan bahsda Nelson Ramos „Deportiva América“ safida birinchi golini urgan.
2011-yil boshida Nelson Ramos „Millonarios“ klubiga oʻtgan. 5-mart kuni „Boyacá Chicó“ klubiga qarshi oʻyinda u yangi klubida debyut qilgan. 29-avgust kuni „Atlético Huila“ga qarshi duelda Nelson Ramos „Millionarios“ safida ilk golini urgan. Oʻsha yili Nelson Ramos Kolumbiya kubogini qoʻlga kiritgan, bir yildan soʻng esa jamoaga chempion boʻlishiga yordam bergan.
2017-yil boshida Nelson Ramos „Independiente Medellín“ga oʻtgan. 24-aprel kuni „Deportes Tolima“ klubiga qarshi oʻyinda u yangi klubida debyut qilgan. 2018-yil boshida Nelson Ramos „Jaguares de Córdoba“ klubiga koʻchib oʻtgan. 4-fevral kuni " „Once Caldas“ klubiga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qilgan. Oʻsha yilning yozida Nelson Ramos „Atlético Bucaraman“ klubi futbolchisiga aylangan. 28-iyul kuni „Once Caldas“ klubiga qarshi oʻyinda u yangi klubda debyut qilgan.
2019-yilning yozida Nelson Ramos " „Atlético Boca Juniors“ klubiga oʻtgan. 21-iyul kuni „Real San Andres“ klubiga qarshi oʻyinda u yangi jamoa safida debyut qilgan. 24-sentabr kuni „Cortuluá“ga qarshi kechgan bahsda Nelson Ramos „Boca Juniors Cali“ uchun birinchi golini urgan.
Statistikasi JamoaMamlakatMavsumGolDeportivo Pasto2005—20091La Equidad2009—20100América de Cali20101Millonarios2011—20142Deportivo Quito20150Deportivo Pasto2015—20160Fortaleza CEIF20162Independiente Medellín20170Jaguares de Córdoba20180Atlético Bucaramanga2018—20190Boca Juniors de Cali2019—20227Umumiy faoliyatida13
Xalqaro faoliyati 2011-yilda Nelson Ramos Argentinada boʻlib oʻtgan Amerika kubogida ishtirok etgan. Turnirda u zaxiradan maydonga tushmagan.
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Kolumbiyalik erkak futbolchilar